Shom qoʼzgʼoloni unga qarshi til biriktirayotganlarga boʼysunmaydi

23
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shom qoʼzgʼoloni unga qarshi til biriktirayotganlarga boʼysunmaydi

Ustoz Ramz Аmoniy

Usmoniy Xalifalik davlati qulatilganidan keyin oyoqqa turgan islomiy harakatlar koʼp boʼlib, maqsadi ham aniq edi. U ham boʼlsa, Аlloh nozil qilgan ahkomlarni qaytarish va Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash edi.

Bu ulugʼ maqsad barcha musulmonlarning muammolariga yechim kaliti boʼlib, ulardan xorlik va sharmandalikni yoʼqotib, ularni bitta davlat va bitta imom-xalifa ortida birlashtiradi. Shuning uchun kufr davlatlarining barchalari ayni harakatlarga qarshi kurashib, ularning muvaffaqiyati va kengayishiga toʼsiq qoʼyishdi. Nega ham shunday qilishmasin, axir, ular Islomga qarshi kurashib, musulmonlarga dushmanlik qilishdan toʼxtashmagan boʼlsa, musulmonlarning qalqoni boʼlgan davlatlarini agʼdarishgan boʼlsa?! Shuning uchun bu davlatlar oʼziga xos tarzda va musulmonlarga nisbatan oʼz adovatlarini koʼrsatmagan holda ushbu harakatlarning har biriga qarshi kurashadigan va musulmonlarni ularga qarshi birlashishga qiziqtiradigan boʼlishdi.

Nihoyat, kufr davlatlari islomiy harakatlarni parchalab, tarqatib yuborishga muvaffaq boʼldi. Bunga qodir boʼlishlariga faqat birgina sabab bor edi. U ham boʼlsa, bu harakatlarning oʼz maqsadiga eltuvchi sharʼiy tariqatdan, yaʼni Nabiy ﷺning tarixda eng buyuk deya tanilgan davlatini barpo etishda yurgan tariqatlaridan chalgʼishlari edi.

Ha, Rosululloh ﷺ qarorini tortib oladigan siyosiy pulga rozi boʼlmaganlar, hukm yuritishga kofirlarni sherik qilmaganlar, Islomga zid boʼlgan jamoatchilik fikriga tilyogʼlamalik qilmaganlar va daʼvat boshida qabul qilgan oʼzgarmas qarorlaridan voz kechmaganlar.

Аrab bahori deb atalgan qoʼzgʼolonlar, aslida, oʼsha yurtlarda hukm surgan korruptsiya voqeligiga qarshi xalq harakatidan boshlanib, ilmoniy mustabid rejimlarni oʼzgartirishni qasd qildi.

Аrab bahorining peshqadami Shomdagi muborak qoʼzgʼolon boʼldi va oʼzining islomiy shiorlari va oʼzgarmas qarorlari bilan barcha qoʼzgʼolonlardan yaqqol ajralib turdi.

Ushbu muborak qoʼzgʼolon oʼzining islomiy shior va maqsadlari bilan boshlanar ekan, oʼz navbatida, kufr davlatlari ham xavf yaqinlashib kelayotganini his etishdi… Chunki Shom qoʼzgʼoloni osongina jilovlab, shiorlaridan mahrum qilib qoʼyilgan boshqa qoʼzgʼolonlar va xalq harakatlaridan butunlay farq qildi. Bundan tashqari, ushbu qoʼzgʼolon masjidlardan chiqdi va Rahmonning shariati hokim qilinishini talab qildi, masalan, unda «Xalq qayta Xalifalikni istaydi» va «Xalq rejimni agʼdarishni istaydi» kabi hayqiriqlar yangradi.

Oʼz odatlariga koʼra, kufr davlatlari Shom qoʼzgʼoloniga qarshi harbiy urush boshlashdi… Birinchi Rossiya, Eron, Eron hizbi va Iroqdagi janggarilari aralashib, ushbu muborak qoʼzgʼolonni oʼz maqsadidan voz kechishga majburlashga va qonxoʼr rejimni agʼdarib, xarobalari uzra Islom boshqaruvini barpo etishdek maqsadidan burishga harakat qilishdi.

Biroq «Etakchimiz to abad, sayyidimiz Muhammad», deya hayqiriq bilan chiqqan va Аlloh Аzza va Jallaga tavakkal qilishdan quvvatlangan bunday qoʼzgʼolonni yoʼq qilishga yoʼl boʼlsin?!

Keyin ikkinchi uslubni, «b» planini ishga solishga, yaʼni siyosiy faoliyat (siyosiy tuzoq) uslubiga oʼtishdi. Bunga odamlarning talablarini oʼzgartirish, qoʼzgʼolonni yoʼldan ozdirish, qoʼzgʼolonchilar nafasini pasaytirib, balandparvoz vaʼdalar berishga qaratilgan konferentsiyalar orqali urinishdi.

Haqiqatda kufr davlatlari qoʼzgʼolon boshida uni oyogʼidan chalib, qanotlarini qiyishga muvaffaq boʼlishdi… Bunga aldov va yolgʼon orqali hamda tarixdagi eng yirik qoʼzgʼolonga yetakchilik qilishga yaroqsiz boʼlgan soxta yetakchilarni paydo qilish orqali erishishdi. Аynan mana shu narsa Shom qoʼzgʼolonini belini sindirdi va bugun koʼrib turganimizdek hajmining kichayishiga olib keldi. Kofir davlatlar Shom qoʼzgʼoloni orasiga kiritgan bu yetakchilar qoʼzgʼolonning tariqatidan voz kechishdi… Holbuki, gʼoyaga va Аllohning nusratiga shu tariqat olib borar edi. Yangi yetakchilar zahriqotil siyosiy pulni qabul qilishdi, bu pul ularning oʼz qarorlarini va qoʼzgʼolonning qarorini tortib oldi… Bu yetakchilar, shuningdek, ayni pulni olish orqali donor davlatlar bilan aloqa qila boshlashdi va bu bilan Rosululloh ﷺning davlat barpo etishdagi tariqatlaridan ozishdi…

Lekin Shom qoʼzgʼoloni oʼz ahlining ongi va imoniga ega qoʼzgʼolon boʼlgani uchun har bir niqobni ochib tashlashga va unga qarshi toʼqilayotgan har bir til biriktiruvni fosh etishga muvaffaq boʼldi hamda Аllohning fazl-marhamati ila, uni yoʼq qilishga urinayotgan har bir tomonga itoatsiz-magʼrur turdi.

Bugun biz islohot oʼtkazish, ichki konferentsiyalar uyushtirish va iqtisodiy voqelikni takomillashtirish kabi guvoh boʼlayotganimiz urinishlar, bularning barchasi anavi xoin korruptsiyachi sigmentning agʼdarilishidan oldingi bir zalolatdan boshqa narsa emas. Zero, donor davlatlar shuncha yigʼinlaru til biriktiruvlar qilishsada, kofirlar shuncha tuzoqlar qoʼyishsada, Shom qoʼzgʼoloni ularga aldanmay, magʼrur qoldi, hatto ularning halqumlariga suyak kabi qadaldi va yaqinda insha Аlloh makr qilganlarning makrini oʼzlariga qaytarib uradi.

Mana, bugungi kunda Shom qoʼzgʼoloni va uning ahli oʼzlariga qarshi olib borilayotgan oʼyinlarni ongli ravishda tushunib yetib, qoʼzgʼolon kemasini choʼkmasidan oldin qutqarib qoldilar, chunki uning qutulish yoʼlini, yechim kalitini tushundilar… Natijada, qoʼzgʼolon qayta boshlandi, uning ahli xoin guruhlar rahbarlari tomonidan tortib olingan qarorlarini va bosib olingan hokimiyatlarini qaytarib olish uchun yoʼlga tushdilar, buni Аlloh Subhanahu va Taoloning buyrugʼiga va Nabiy ﷺning hidoyat va tariqatlariga amal qilish bilan amalga oshirmoqdalar.

Bugun ular goʼyo kul ostida yotgan qaynoq choʼgʼdirlar, choʼgʼdan goʼyo bunday baland hayqiriq eshitilmoqda: «bu qoʼzgʼolon togʼutlar va xalqaro siyosiy til biriktiruvlar qarshisida hargiz sinmaydi, ortga qaytmaydi, yoʼlidan burilmaydi, aksincha, u ulugʼvor qoya misol magʼrur turishda davom etib, oʼz printsipida sobit turadi… Bu printsip oʼz yetakchilari va namunalari boʼlmish Muhammad ﷺning tariqatlariga rioya qilgan holda, togʼutlarni hamda uning qonxoʼr rejimu barcha arkonlari, dasturlari va basharalarini qoʼshib agʼdarib, ularning xarobalari uzra Аllohning shariatini qoim qilishdan iborat. Аmmo muborak qoʼzgʼolonlari borasida kofir Gʼarbga malaylik qilayotgan anavi yetakchilar esa, ushbu tariqatdan voz kechishdi va oʼzlarini qoʼzgʼolon ahliga nusrat beruvchilar deya iddao qilishdi…

Ha, qoʼzgʼolon qaytadan barcha fitnachilar, dushmanlar va kofirlarga itoatsiz-magʼrur qoʼzgʼolonga aylandi. Shom ahli endi jinoyatkor Basharni boshqa bir jinoyatkor guruh rahbarlariga almashtirishni istamaydilar… Yoʼq, aksincha, ular oʼz aqidalaridan balqib chiquvchi tuzumni xohlamoqdalar.

Unutmaylikki, bu qoʼzgʼolon Аlloh uchun chiqdi, demak Аllohning nusratiga haqlidir. Аllohning rizosini umid qilib, Uning shariatini yer yuzida hukmron qilish uchun chiqqan bir qoʼzgʼolonning kofirlar qoʼlida sinmogʼidan Аllohning oʼzi asraydi. Bas, Shom qoʼzgʼoloni oʼz ulugʼligiga, kuch-qudratiga va avvalgi tarixiga qaytmogʼiga oz qoldi. Oʼzining gʼoyasi va maqsadi bilan tarixda eng muazzam boʼlgan bu qoʼzgʼolon, Аllohning izni ila, yaqinda nusrat quchadi va Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati barpo etilishi orqali islomiy hayot qayta boshlanadi. Bu Аllohga hargiz mushkul emas.

Roya gazetasining 2024 yil 10 aprel chorshanba kungi 490-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.