Islomiy uyg‘onish faqat Xalifalik orqali amalga oshadi

459
0

Islomiy uyg‘onish faqat Xalifalik orqali amalga oshadi, shuning uchun quvvat va himoya ahli Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilish uchun Islomga yordam berishi vojib

Pokistondagi elektron aloqa tarmoqlarida dengiz floti qo‘mondonining 2019 yil 7 dekabr kuni yozgan posti haqida bahs munozara bo‘lmoqda. Admiral Zafar Mahmud Abbosiy o‘z postida olamshumul islomiy hukmronlikka da’vat qilgan edi. U yana Pokiston Islomning olamshumul martabasi qayta tiklanishi uchun yoyilish nuqtasi bo‘lishi mumkinligini, musulmonlar olamga Islom orqali hukmronlik qilishganini, ayni paytda evropaliklar dinni inkor qilish orqali hukmronlik o‘rnatishganini yozgan edi. Bugun voqeda Islom hukmronligiga qaytishga da’vat qilish musulmonlarning, shu jumladan qurolli kuch safidagilarning haqiqiy talabiga aylandi. Lekin shu narsadan ehtiyot bo‘lish lozimki, bugungi hukmdorlar islomiy tuyg‘ulardan foydalanib, musulmonlar inkor qiladigan demokratiyani jonlantirishi mumkin. Yoki demokratiyaning turli shakllari: demokratik parlament, demokratik prezidentlik va boshqalarga chaqirishi mumkin. Alloh Taolo bundan ogohlantirar ekan, shunday deydi:

وَلَا تَلْبِسُوا الْحَقَّ بِالْبَاطِلِ وَتَكْتُمُوا الْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ

«Haqni botilga aralashtirmanglar va bilgan holingizda haqni berkitmanglar» [Baqara 42]

Ey Pokiston qurolli kuchlaridagi zobitlar! Sizlar Alloh bergan moddiy quvvat orqali Pokistonni islomiy hayotni qayta boshlash uchun yoyilish nuqtasiga aylantirishingiz mumkin. Sizlar Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo qilish uchun Hizb ut-Tahrirga yordam berish orqali sassiq demokratiyaga chek qo‘yasiz. Shuning uchun barcha moddalari Qur’on va sunnatdan istinbot qilingan dasturni qabul qiladigan davlatni barpo qilish uchun quvvatingizni ishga soling. Sizlar yagona davlat soyasida islomiy yurtlarni birlashtiradigan davlatni barpo qilish uchun quvvatingizni ishga soling. Zaif , parchalangan va Vestfaliya davlati tushunchasi asosidagi davlat barpo qilish uchun harakat qilmang. Shuning uchun turli so‘zlashuvlar o‘tkazish, post qoldirish va muzokaralar o‘tkazish o‘rniga Ummatning harbiy dushmaniga harbiy kuch bilan qarshilik qiladigan islomiy etakchilikni barpo qilishda Hizb ut -Tahrirga yordam bering. Iqtisodiy manbalarni mustamlakachilarga topshirish o‘rniga ularni davlat fuqarolari farovonligi yo‘lida ishlatadigan davlatni barpo qilish uchun qurolingizni ishga soling va shu yo‘lda joningizni bering. Xalifalik ixtiyoriy tanlanadigan narsa emas, balki u shar’iy vojib vazifadir. Oramizdan biror kishi bo‘ynida bay’at bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limini topgan bo‘ladi. Chunki Rosululloh ﷺ shunday deydilar:

«مَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki bo‘ynida bay’at bo‘lmagan holda o‘lsa, johiliyat o‘limini topibdi». Rosululloh ﷺ Xalifalik har bir asrda bizga vojib ekani haqida shunday deydilar:

«وَإِنَّهُ لَا نَبِيَّ بَعْدِي وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فتَكْثُرُ»

«Mendan keyin Payg‘ambar bo‘lmaydi, balki xalifalar bo‘ladi va ular ko‘payib ketadi», shunda sahobalar: Bizni nimaga buyurasiz degan edi, Rosululloh ﷺ:

«فُوا بِبَيْعَةِ الْأَوَّلِ فَالْأَوَّلِ وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»

«Birinchisiga bergan bay’atingizni mahkam tuting, ularning haqqini ado eting. Chunki Alloh Taolo ulardan qanday boshqargani haqida so‘raydi» dedilar. Buxoriy rivoyati. Shuning uchun Islomga yordam berish orqali uni olamga hukmron qiling. Yangi tarix va yangi asrni o‘z qo‘llaringiz bilan yozing. Shu yo‘l bilan Allohning roziligiga etasiz.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.