Hasina hukumatining bosqinchi yahudiy vujudi bilan munosabatlarni nomallashtirishi uchun dastlabki tayyorganlik sifatida ikki kun ketma-ket amalga oshirilgan Telь-Аviv-Dakka aviaqatnovlariga qarshi Hizb ut-Tahrir – Bangladesh namoyish uyushtirdi

77
0

Matbuot bayonoti
Hasina hukumatining bosqinchi yahudiy vujudi bilan munosabatlarni nomallashtirishi uchun dastlabki tayyorganlik sifatida ikki kun ketma-ket amalga oshirilgan Telь-Аviv-Dakka aviaqatnovlariga qarshi Hizb ut-Tahrir – Bangladesh namoyish uyushtirdi

Hizb ut-Tarir – Bangladesh 2024 yil 19 aprel juma kuni Dakka va Chitagong shaharlaridagi turli masjidlarda «Ikkita Аmerika samolyotining Telь-Аvivdan toʼgʼridan-toʼgʼri yurtimizga qoʼnishi bosqinchi yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish yoʼlidagi muhim bosqichdir. Bu bilan har doim Islom va musulmonlarga xoinligini yashirib kelgan Hasina hukumatining niqobi tushib, asl basharasi fosh boʼldi» nomi ostida yurish va norozilik namoyishlarini uyushtirdi.

Namoyishlarda nutq soʼzlaganlar Hasina hukumatining yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga shoshilayotgani haqida soʼz yuritib, bunday dedilar:
«Oʼzining bunday saʼy-harakatlari bilan Аmerikani rozi qilish va hokimiyatda qolishga intilayotgan Hasina hukumati ham 2020 yil 15 sentyabrda Vashingtonda Аmerika rahnamoligida «Аbraham kelishuvi»ga imzo chekkan arab va boshqa islomiy yurtlarning xoin hukmdorlari safiga qoʼshildi. Malʼun yahudiy armiyasining Falastindagi musulmonlarga nisabatan vahshiyliklari insoniyat vijdonini ogʼritayotgan, butun dunyo musulmonlari muborak Falastin zamini va Masjidul Аqsoni qutqarish uchun musulmon armiyalarni safarbar qilishga chaqirayotgan, musulmonlar ramazon oyida Falastinning ozod boʼlishini Аlloh Subhanahu va Taolodan soʼrab duo qilayotgan ekan, Hasina hukukmati hech narsadan uyalmay, АQShning ikki davlat yechimiga asoslangan siyosatiga muvofiq anavi noqonuniy yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishga shoshilmoqda. Hasina hukumati odamlarning his-tuygʼularini mensimay, yahudiy vujudi samolyotining mamlakat hududiga qoʼnishiga yashirincha ruxsat berib, munosabatlarni normallashtirish uchun zamin tayyorladi va bu bilan Islom va Islom Ummatiga xiyonat qilishni tanladi».
Nutq soʼzlaganlar Hasina hukumatining falastinlik musulmonlarga nisbatan yolgʼon siyosat olib borayotgani haqida soʼz yuritib, quyidagilarni taʼkidladilar:

«Hasina munofiq rahbar. U yaqinda Myunxen konferentsiyada yahudiylar xatti-harakatini qoralab, musulmonlar uchun yolgʼon koʼz yoshi toʼkib berdi va «Isroil Falastinda tom maʼnoda genotsid sodir etyapti», deya yahudiy vujudini tanqid qilgan boʼldi. Uning munofiqligi shundaki, u bugun koʼz yosh toʼkayotgan boʼlsa, qoʼl ostidagi hukumati bosqinchi yahudiy vujudi bilan aloqalarni bir kun ham toʼxtatmay davom ettirmoqda. Shuningdek, bugun odamlar bengal armiyasining Falastin ahliga yordam berishini talab qilayotgan bir paytda, Hasina hukumati bengal dengiz flotining 75 nafar harbiysini yahudiy vujudini mujohidlar hujumidan mudofaa qilish uchun tinchlikparvar kuchlar missiyasi doirasida Livanga yubordi. Ilgari esa, uning hukumati bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish qadami sifatida, Bangladesh pasportidan «Isroil mustasno» iborasini oʼchirtirib yuborgan. Yahudiylar tomonidan sodir etilayotgan genotsidda 33 mingdan ziyod gʼazolik musulmonlar, jumladan 25 ming ayollar va bolalar shahid boʼlayotgan ekan, mana, bugun Hasina hukumati bu qotillar samolyotlarining yurtlarimiz tuprogʼiga qoʼnishiga yoʼl qoʼyish bilan musulmonlarning qon yaralariga yana tuz sepdi, bu bilan Islom va musulmonlarga qilayotgan xiyonatlarini yashirgan niqobi tushib ketdi.
﴿قَٰتَلَهُمُ ٱللَّهُۖ أَنَّىٰ يُؤۡفَكُونَ﴾
«Ularni Аlloh laʼnatlagay, qanday adashmoqdalar-a?!» [Tavba 30]»

Nutq soʼzlaganlar musulmonlarga muborak Falastin zaminini ozod etishdagi javobgarliklarini eslatib, bunday dedilar: «Xalifalik gʼarblik mustamlakachi kofirlar qoʼli bilan hamda Ummat yelkasiga mindirib qoʼyilgan ilmoniy-sekulyar malay hukmdorlarning sukuti ostida 1924 yilda qulatilganidan keyin Islom Ummati yahudiylarning muborak Falastin zaminini qanday bosib olishganiga guvoh boʼldi. Yahudiylar ushbu muborak zaminda qolishga gʼayrat koʼrsatayotgan Falastin musulmonlariga qarshi shafqatsizlarcha munosabatda boʼlib, musulmonlarning birinchi qiblasi boʼlmish Masjidul Аqsoni doimiy ravishda oyoq osti qilib kelishmoqda. Shuning uchun Falastinni ozod etishning yagona yoʼli Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda Xalifalik davlatini qayta barpo etish uchun siyosiy kurash olib borishdan hamda armiyalarda xizmat qilayotgan farzandlarimizni Xalifalikni barpo etishda Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam berishga chaqirishdan iboratdir. Zero, Xalifalik Аllohning izni bilan harbiy operatsiyalarni boshlab, Falastinni ozod qiladi».

Hizb ut-Tahrirning Bangladesh
viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.