Qirg’izistonda G’arb manfaatini himoya qilish maqsadida matbuot hujumi boshlab yuborildi

424
0

Bismillahir Rohmanir Rohim

Qirg’izistonda G’arb manfaatini himoya qilish maqsadida matbuot hujumi boshlab yuborildi

Boshlangan navbatdagi mazkur hujum ham avvalgilari kabi musulmonlarga qarshi qaratilgan bo’lib, Roshod qori Kamolovni hibsga olish amaliyoti bilan boshlandi. Roshod qori Qirg’izistonda deyarli musulmonlarning qalbidan joy egallay olgan yagona imomlardan hisoblanadi. U Allohning roziligi yo’lida malomatchining malomatidan qo’rqmay, g’alamis kuchlarning har tomonlama bosimlariga qaramay Alloxning roziligi yo’lida shar’iy hukmlarni har birini o’z o’rnida bayon qilib keldi. Shar’iy hukmlarning salmoqli qismi saltanat egalariga tegishli ekanligidan uning bayonlari hukumat vakillari ichidagi dindan yiroq bo’lgan g’arbparast kuchlarga yoqmadi. So’nggi oylarda xavfsizlik tizimlarining nazorati ostida bo’lgan muftiyot xodimlari tomonidan Roshod qoriga nisbatan avval bosimlar va qo’rqituv ishlari olib borildi. So’ng uni sotib olish maqsadida, xaj masalalaridagi manfaatli keng imkoniyatlar va’da qilindi. Roshod qori ularning barcha shart va takliflarini inkor qilib, iymonini sotishdan bosh tortganidan so’ng 09.02.2015 yil melodiy sanada uni uyini tintuv qilib, o’zini militsiya mahkamasiga olib ketishdi.

Ertasi 10 fevraldan boshlab ommaviy axborot vositalarining deyarli hammasi bir tomonlama yolg’on ma’lumotlar tarqata boshladi. 5 kanaldan: – “imomning uyini tintuv qilish mobaynida bir qator Hizb ut-Tahrirga tegishli kitoblar chiqdi” desa, NTS kanali, “harbiy qurollar ombori topildi”, deb xabar tarqatdi. Aslida Roshod qorining uyidan birorta ham noqonuniy narsa topilgan emas. “Azattk” radiosi ham tinmay Qirg’izistonda diniy oqimlar xavfi vujudga kelgani haqida asossiz vahimali xabarlar tarqatib, bu orqali oddiy xalq va rasmiy hukumatni qo’rqitib kelayapti. Endi unga qirg’iz matbuoti ham qo’shildi.

Demak Qirg’iziston G’arb matbuot mashinasining navbatdagi qurboniga aylanib borayapti. Matbuot hujumi me’yoriga etti deb bilishlari bilan musulmonlar nomidan pravokatsiya amaliyotlari boshlanadi. Bu O’zbekistonda 16 fevral voqeasi kabi uyushtirilgan iflos stsenariy ko’rinishida bo’ladi.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’iziston viloyati nomidan rasman bayonot qilamiz

Qirg’izistondagi g’arbparast yoki boshqa har qanday quvvatlar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo’lgan har qanday qo’poruvchilik amaliyotlariga qarshimiz. Biz ilgari ham, hozir ham moddiy, ya’ni harbiy amaliyotlar olib borishni o’zimiz uchun shar’an durust, deb hisoblamaymiz. Biz Qirg’iziston xalqini uchunchi kuchlar Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan iflos rejalarini inkor qilishga chaqiramiz. Chunki bu harakatlar bizlarni bir birlarimizga qarshi moddiy yo’naltirish niyatida olib borilmoqda. Islomiy harakatlarni ham bu fitnalardan ogoh bo’lishga, islomiy tuyg’ularimizni aqllarimizdan kelib chiqqan iymonimizga bog’lab, kufr manfaatlariga yo’l ochib beruvchi har qanday amaliyotlardan ehtiyot bo’lishga chaqiramiz.

O’z navbatida saltanat egalariga quyidagilarni eslatib o’tamiz;

Sizlardan AQSh singari uchunchi kuchlar o’z manfaatlari yo’lidagi iflos rejalarini amalga oshirishda foydalanishmoqda. Yuqoridagi loyiha Qirg’izistonning manfaatlariga mutloqo teskari bo’lib, mintaqani Afg’oniston singari bir necha katta kufr davlatlari o’rtasida boradigan urush maydoniga aylantirish xavfi bor. Sizlar qochib qolish bilan qutula olmaysizlar. Balki tarix oldida o’chirib bo’lmas yomon iz qoldirasizlar. Biz sizlarni faqat o’z yurtlaringiz manfaati asosida fikrlashga, taklif qilinayotgan barcha loyiha va amaliyotlarni qabul qilishda ham faqat Qirg’iziston manfaatlarini asosida amal qilishga chaqiramiz.

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi raisi

10.02.2015.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.