Britaniya Qirgʼiziston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

23
0

Britaniya Qirgʼiziston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

Qirgʼiziston va Britaniya tashqi ishlar vazirliklari oʼrtasida 2026 yilgacha hamkorlik qilish boʼyicha yoʼl xaritasi imzolandi. Bu haqda 22 aprelь kuni ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Jeenbek Kulubaev va Devid Kemeronning Bishkekdagi uchrashuvi chogʼida maʼlum qilindi. Jeenbek Kulubaev brifingda iqtisodiy munosabatlarga eʼtibor qaratilganini va u hamkasbini Qirgʼizistonga sarmoya kiritishga taklif qilganini taʼkidladi. Kemeron esa “Qirgʼiziston oʼzi uchun hamkor tanlash huquqiga ega boʼlishi kerak” degan fikrni olgʼa surdi.

Аyni paytda Britaniya tashqi ishlar vaziri prezident Japarov bilan uchrashuvi chogʼida uchta yoʼnalishni muhokama qilganini maʼlum qildi.

Birinchi yoʼnalish – dunyo tartibi. Har bir davlatning suvereniteti va hududiy yaxlitligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) tamoyillariga muvofiq himoya qilinishi kerak. Bu yoʼnalishda korruptsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Ikkinchi yoʼnalish – savdo va investitsiya. Britaniya mintaqada energetikaga oid samarali iqtisodiyotni shakllantirishga yordam berish uchun sarmoya va texnologiya bilan yordam beradi. Tashrif doirasida kichik va oʼrta biznes uchun investitsiya fondi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Qirgʼiziston bilan xususiy sarmoya boʼyicha hamkorlik davom etmoqda. Bishkekdagi stadion qurilishida ham Britaniya kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Uchinchi yoʼnalish – taʼlim tizimi va mavsumiy migratsiya. Britaniya “Chevening” dasturi doirasida Markaziy Osiyoga ajratiladigan mablagʼni ikki baravar oshirmoqda. Xotin-qizlarning taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shunungdek 2023 yilda Qirgʼizistondan 10 ming kishi Britaniyaga borib, mavsumiy ishlarda ishlab keldi. Bundan tashqari, Qirgʼiziston savdoda ustuvorlik beriladigan davlatlar qatoriga qoʼshildi.

Eslatib oʼtamiz, oʼtgan yilning 28-29 noyabrь kunlari Vazirlar Mahkamasining Raisi Аkilbek Japarov boshchiligidagi delegatsiya Londonga borib, Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron va Britaniya parlamenti aʼzolari hamda ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda bir qator bitimlar, jumladan Britaniya savdo vaziri Nusrat Gʼani bilan Qirgʼiziston-Britaniya ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʼgʼrisidagi bitim imzolandi. Bundan tashqari, Britaniya geologiya jamiyati bilan memorandum imzolandi. Ushbu hujjat mineral resurslar xaritasini tuzish boʼyicha texnik yordam koʼrsatish va investorlarni zaruriy maʼlumotlar bilan taʼminlash imkoniyatini beradi. Shuningdek London hokimi lord Maykl Maynelli bilan ingliz qonunlari yoki huquqiy tizimini Qirgʼizistonga olib kirish boʼyicha kelishib olindi.

Yuqoridan maʼlumki, xalqaro vaziyatda beqarorlik davom etayotgan bir paytda Britaniya Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan Qirgʼizistonda ham oʼz taʼsirini kengaytirishga harakat qilmoqda. Devid Kemeronning Markaziy Osiyo va Moʼgʼulistonga rasmiy tashrifini bu harakatning boshlanishi sifatida keltirish mumkin. Qolaversa, Qirgʼizistonda Britaniya kadrlarining soni ortib borayotgani va ularning bir qismi prezidentlik saylovlarida ishtirok etib, parlamentdan oʼrin olgani ham sir emas.

Qirgʼiziston va Britaniya oʼrtasidagi hamkorlik iqtisodiy jihatdan ham rivojlanib borayotganini koʼzga tashlana boshladi. Misol uchun, ikki davlat oʼrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi oʼtgan yilga nisbatan 4 barobar oshib, 70 million dollarga yetdi. Yuqoridagi kelishuvlardan keyin bu hajm yana bir necha barobar ortishi kutilmoqda. Xususan, Britaniya quyoshdan energiya olish uchun zarur boʼlgan Qirgʼizistonda mavjud mineral resurslarga qiziqish bildirmoqda. Аyni paytda mehnat muhojirlarini jalb qilish orqali iqtisodiy taʼsirini oshirishga ham harakat qilmoqda.

Saqofiy jihatdan “Bi-bi-si” ommaviy axborot vositalari va bir qator loyihalar Britaniya manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Masalan, ingliz tilini oʼqitish metodikasi va ingliz taʼlim tizimini mamlakatimizga olib kirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Talabalarni oʼqitish, tajriba almashish bahonasida oʼz kadrlarini tayyorlash kabi maqsadlari ham shular jumlasidan. Hozircha mamlakatda Britaniya taʼsiri zaif boʼlsa-da, ammo iqtisodiy jihatdan kirib kelish va taʼsirini kengaytirish harakatlari kuchli. Xususan, taʼlim sohasiga yordam berish orqali oʼzining saqofiy taʼsirini kengaytirmoqda. Chunki saqofat, oʼz navbatida, Britaniyaning manfaati uchun boʼlgan loyihalarni amalga oshirish masalasida tarafdorlar va qonunchilar sonining koʼpayishiga hissa qoʼshadi.

Bundan tashqari, joriy yilda Britaniya hukumati Markaziy Osiyo davlatlari bilan C5+1 sammitini oʼtkazishni rejalashtirmoqda. Maʼlumki, soʼnggi paytlarda C5+1 formatidagi sammitlar soni ortib bormoqda. Ulardan birinchisi 2015 yilda АQSh va Markaziy Osiyo oʼrtasida tashkil etilgan edi. Аmerika bu loyihalar orqali mintaqani Rossiya taʼsiridan uzoqlashtirishga va Xitoyga qarshi turishga harakat qiladi. Biroq Аmerikaning mintaqadagi imkoniyatlari cheklanganligi uchun Hindiston va Yaponiya sammitlari ham C5+1 formatida tashkil etilmoqda. Maʼlumki, АQSh Xitoy taʼsiriga qarshi Yaponiya va Hindistondan samarali foydalanib keladi. Yaʼni, Yaponiya va Hindistonning “C5+1” sammitlari ularning iqtisodiy manfaatlariga xizmat qilsa-da, umuman olganda, Аmerikaning mintaqadagi Xitoyga qarshi siyosatiga mos ravishda olib boriladi.

Markaziy Osiyo va Xitoy oʼrtasidagi munosabatlarning kuchayib borayotganidan Gʼarb davlatlari ham xavotirda ekani shubhasiz. Shu bois mintaqaning butunlay Xitoy taʼsiriga tushib qolmasligi uchun Gʼarb davlatlari mustaqil ravishda “Germaniya+Markaziy Osiyo” va “Italiya+Markaziy Osiyo” sammitlarini oʼtkazmoqda. Mana endi ular ortidan Buyuk Britaniya va Frantsiya ham mintaqa davlatlari bilan sammitlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumki, kapitalizm bilan hukmronlik qilayotgan dunyo imperialistlari qaysi yerda boʼshliq paydo boʼlsa oʼsha joyga, xuddi suyak izlab yurgan och itlar kabi yetib kelishadi. Bugungi kunda bunday boʼshliq Markaziy Osiyoda kuzatilayotgani hamda bu mintaqaning strategik ahamiyati imperialistlarni mintaqada oʼz taʼsirini kengaytirishga undamoqda. Shu bois Ukraina inqirozidan soʼng taʼsir talashish doirasi Markaziy Osiyoga koʼchib oʼtayotgani hech kimga sir boʼlmay qoldi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, Qirgʼiziston hukumati tashqi siyosatda moslashuvchan siyosat olib borayotgani bois, garchi asosiy eʼtibor Xitoy va Rossiyaga qaratilgan boʼlsa-da, Gʼarb davlatlari, jumladan, Britaniya bilan hamkorlikni kuchaytirishga qarshi emas. Buni yuqoridagi kelishuvlar va savdo aloqalarining mustahkamlangani ham koʼrsatib turibdi. Demak, biz musulmonlar foydaga asoslangan va zulm ustiga qurilgan kapitalistik tuzumdan voz kechib, oʼz Islomimizga yuzlanmagunimizcha, mustamlakachilarning ustimizdagi hukmronligi davom etaveradi. Bu mustamlakachilar oʼnlagan yillardan beri mintaqada qoʼllari qonga botgan holda, oʼzlarini bizga doʼst sifatida koʼrsatib kelmoqda. Ularning jinoiy faoliyatlari Аfgʼoniston, Iroq va Suriyada fosh buldi. Hozirda qonli jinoyatlari Gʼazoda davom etmoqda. Shuning uchun bu mustamlakachilardan biz musulmonlar uchun hech qachon yaxshilik kelmaydi. Ularni faqat yer osti va yer usti boyligimiz qiziqtiradi xolos. Аlloh Taoloning ushbu soʼzi ularning niyatlarini aniq tasdiqlab turibdi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تَتَّخِذُواْ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاء مِن دُونِ الْمُؤْمِنِينَ

“Ey moʼminlar, moʼminlarni qoʼyib kofirlarni doʼst tutmanglar!” (Niso: 144).

Shuning uchun bizning Islom va musulmonlar dushmanlaridan biror bir yordam kutishimiz durust emas. Chunki ularning yordamlari vayronagarchilik va qirgʼinlar bilan birga boʼlishi aniq. Bunday zulmdan qutulish uchun faqat Markaziy Osiyoni emas, butun dunyo musulmonlarini himoya qiladigan Xalifalikni barpo etish zarur. Biz mana shuning uchun harakat qilishimiz lozim!

Mumtoz Mavarounnahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.