Indoneziyada o’tkazilgan ulamolar va etakchilar uchrashuvining yakunlovchi konferentsiyasida Hizb ut-Tahrir-Indoneziyaning qadrli ulamolarga murojaati

484
0

01-112014 yil 6-7 sentyabr shanba-yakshanba kunlari Indoneziyada o’tkazilgan ulamolar va etakchilar uchrashuvining yakunlovchi konferentsiyasida Hizb ut-Tahrir-Indoneziyaning qadrli ulamolarga murojaati

Qadrli aziz ulamo birodarlarga:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Alloh Subhanahu aytadi:

«Albatta Allohdan bandalari orasida ulamolar qo’rqadilar» [Fotir 28]

Rosululloh A bunday marhamat qiladilar:

«الْعُلَمَاءُ وَرَثَةُ الأَنْبِيَاءِ» «Ulamolar anbiyolar merosxo’rlaridir» (Abu Dovud va Termiziy Abu Dardo Gdan rivoyat qilganlar).

Alloh Taolo siz taqvodor pokiza ulamolarga in’om etgan mana shunday yuksak darajangiz tufayli biz sizga murojaat qilishga qaror qildik, shoyad siz ham, biz ham Alloh yo’lida malomatchining malomatidan qo’rqmaydigan haqni baralla aytgan o’sha zotlardan bo’lsak, ajab emas.

Qadrli ulamolar!

Ulamolar ilm, amal, imon va pozitsiyalarida payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Biroq bugungi asr ulamolari qani?! Payg’ambarlarning merosxo’rlari qani?! Payg’ambarlar dirham yo dinorni meros qilib qoldirmagan, balki ular ushbu shar’iy ilmni, amallarni va mustahkam pozitsiyalarini meros qilib qoldirgan. Musulmonlarning kechagi buyuk ulamolari bugungi kunimizgacha faqat ulkan ilmlari va kengqamrovli fiqhlari bilangina nom qoldirib, mashhur bo’lmagan. Chunki ularning davrida ulamolar va fuqaholar juda ko’p edi. Balki kechagi kunning buyuk ulamolari bugungi kungacha o’z zamonasida duch kelgan masalalarga nisbatan tutgan pozitsiyalari va kurashlari bilan ham shuhrat qozonganlar.

Misol uchun, Abdulloh ibn Abbos xavorijlarga qarshi kurashdi, Said ibn Jubayr Hajjojga qarshi kurashdi, Sufyoni Savriy Horunar Roshiddan kelgan maktubni bu maktub zolimdan keldi deb, qo’li bilan ushlamadi, balki do’stlaridan biriga maktubni orqasiga «Horunga, amirul mo’mininga emas, … siz musulmonlar molini o’z nafs-havoingiz asosida tasarruf qilishni o’zingizga ravo ko’rdingiz, shu bois zolimsiz va men sizga qarshi guvohlik beraman», deya javob yozdirdi. Abu Hanifa xalifa Mansur siyosatiga umuman rozi bo’lmadi. Bir kuni Abu Hanifa qamoqdaligida o’z onasi unga «No’mon o’g’lim, senga ilm kaltaklanish va qamalishdan o’zga foyda keltirmadi, bunday ilmdan o’zingni olib qochganing yaxshi», deydi. Shunda Abu Hanifa «Onajon, agar dunyoni istaganimda edi unga etishgan bo’lardim, biroq men Alloh ilmni saqlaganimni va ilm borasida o’zimni halokatga tashlamaganimni bilishini istadim», deya javob qiladi. Ahmad ibn Hanbal Qur’onning maxluqligi masalasiga qarshi kurashdi, Iz Ibn Abdussalom mamluklarni sotib yubordi, Ibn Taymiya tatarlarga qarshi jang qildi… va hokazo.

Bular musulmonlarning kechagi buyuk ulamolarining pozitsiyalaridir. Musulmonlarning bugungi ulamolari qanday pozitsiyada turibsiz?! Bugungi Ummatning hozirgi masalasiga nisbatan nima qilyapsiz?! G’azzoliyning «Fuqaroning buzilishi podshohlarning buzilishi bilan, podshohlarning buzilishi ulamolarning buzilishi bilan bo’ladi», degan so’zlari qaerda qoldi?! Alloh Taoloning

«Albatta uni insonlarga ochiq bayon qilasizlar va yashirmaysizlar» [Oli Imron 187] degan kalomini unutdingizmi?! Nega anavi xoin hukmdorlarning tayyor ulovlari, yordamchilari va qurollari bo’lib qoldingiz?! Haqqa yordam bermasangiz, botilni man qilmasangiz, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarmasangiz, hukmdorlarni muhosaba qilmasangiz, bunday ilmingizdan va borligingizdan nima naf?!

Qadrli ulamo birodarlar!

Yer yuzida shariat ahkomlarini tatbiq qilish va Xalifalikni barpo etish dindagi eng katta vojiblardan bo’lib, bu dinda shart deya ma’lum bo’lgan va bu borada barcha ulamolar ixtilof qilmaydilar. Shuning uchun ham G’azzoliy bunday degan: «Podshohlik bilan din egizakdir: din asl bo’lsa, saltanat qo’riqchidir, nimaning asli bo’lmas ekan, vayron bo’lajak, nimaning qo’riqchisi bo’lmas ekan, yo’qolajak». Shuning uchun Xalifalikni barpo etish uchun harakat qilish faqat Hizb ut-Tahrirgagina farz emas, balki butun musulmonlarga, jumladan, ulamolarga ham farz. Kim bunda sustkashlik qilib, o’tirib qolsa, gunohkor bo’ladi.

Qadrli ulamolar, Xalifalik farz bo’lib, Robbingiz va’dasi va Nabiyingiz A bashoratlaridir: Alloh Subhanahu bunday deya va’da qilgan:

 «Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qiladilar va Menga biron narsani sherik qilmaydilar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir» [Nur 55]

Rosululloh A bunday deya bashorat qilganlar:

«تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ».

«Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha payg’ambarlik davom etadi. So’ng Alloh xohlagan paytda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng raiyatiga zulm va adolatsizliklar etadigan podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng zolim va zo’ravon podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So’ng Alloh O’zi xohlaganda uni ko’taradi. So’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi. Keyin Payg’ambar A sukutga cho’mdilar». (Imom Ahmad Huzayfadan rivoyat qildi).

Qadrli ulamolar!

Xullas, biz bu maktubni sizga quyidagi ishlarni ado etishingiz umidida yozdik, xolos:

Birinchi: siz insonlarga yo’l ko’rsatuvchi va nasihat qiluvchi bo’ling. Ularga buzuq va buzg’unchi tuzum bo’lgan ilmoniy kapitalistik tuzumlarga sukut qilish xatarli ekanini ko’rsatib bering, toki, ular Allohning g’azabiga duchor bo’lmasinlar;

Ikkinchi: insonlarga ko’rsatuvchi va nasihat qiluvchi bo’lib, butun olam Robbidan nozil bo’lgan tuzumni, ya’ni Payg’ambarlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik tuzumini ko’rsatib bering, u yurtimiz uchun haqiqiy foydali birdan bir echimdir;

Uchinchi: Imom Buxoriy Nabiy Adan ushbu hadisni ishlab chiqqan:

«لاَ يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يُحِبَّ لِأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ»

«Birortangiz o’zi uchun yaxshi ko’rgan narsasini birodariga ilinmaguncha mo’min bo’lolmaydi».

Biz ham sizga yaxshilikni ilinyapmiz, chunki biz sizning mana shunday buyuk farzni, ya’ni Xalifalik davlatini barpo etish farzini ado etishda bizga sherik bo’lishingizni istaymiz. Chunki bugungi alamli voqelik ana shu davlatning yo’qligi oqibatidir. Bas, shunday ekan, bunday buyuk farzni ado etishga ulamolardan ham avloroq kim bor? Taqvodor pokiza olim bu ishga haqliroq va loyiqroqdir. Uning pozitsiyasi barcha yaxshilik maydonida birinchi safda bo’lmog’i darkor. Shu bois biz siz ulamolarga barcha maydonda Xalifalikni barpo etishga, biz bilan shu umumiy yaxshilikka sherik bo’lishga da’vat qilamiz, chunki Allohning nusrat berishiga va Xalifalik tongi albatta qayta otajagiga ishonamiz.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

 Hizb ut-Tahrir Indoneziya

29 shavvol 1435h

25 avgust 2014m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.