Qirg‘izistonda 12 yillik o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi farmon tasdiqlandi

27
0

Qirg‘izistonda 12 yillik o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi farmon tasdiqlandi

Qirg‘izistonda hukumat ta’lim sohasini isloh qilish uchun harakat boshlaganini e’lon qildi. Vazirlar mahkamasi 12 yillik o‘rta ta’limni o‘z ichiga olgan “Umumiy o‘rta ta’lim tuzilmasini modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qarorni tasdiqladi. Hukumat saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, o‘qish muddatini o‘zaytirish orqali o‘quvchilarning savodxonligi va malakasini oshirish hamda maktablarni xalqaro standartlarga moslashtirish maqsad qilingan. Hozircha 12 yillik ta’lim tizimi qachon joriy etilishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Ushbu islohotga ko‘ra, 5-6 yoshli bolalarning maktabda ta’lim olishi 100% majburiy bo‘ladi. Hozirda Qirg‘izistonda 2350ga yaqin maktab mavjud bo‘lib, ularda 1,5 millionga yaqin o‘quvchi tahsil oladi. So‘nggi paytlarda 9 sinfdan keyin o‘qishni davom ettirishni istamaydigan o‘quvchilar ko‘paygani aytilmoqda.

Izoh: Bugungi kunda Islomiy o‘lkalarning barchasida qo‘llanilayotgan ta’lim dasturi to‘g‘ridan to‘g‘ri G‘arbdan olingan yoki g‘arbona yo‘nalishlarga muvofiq tarzda tuzib chiqilgan dasturlardir. Shuning uchun mazkur dasturlarda “Islomiy aqida, Qur’on oyatlari, Tavhid, Rosululloh ﷺning siyratlari, Islom tarixi va Sahobalar hayoti” kabi yoshlarga Islomiy saqofatni o‘rgatadigan darsliklarni uchratish qiyin. Balki buning o‘rniga musulmonlarning farzandlarini demokratlashtirishga qaratilgan darsliklar yoki “salomatchilikni saqlash” bahonasida erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni yorituvchi darsliklar asosiy qo‘llanma sifatida ta’lim dasturlariga kiritilgan. Masalan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun “ikki jins o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, balog‘at yoshiga yetgach masturbatsiya yo‘li bilan o‘zini jinsiy qondirish, o‘smirning qaysi jins bilan jinsiy aloqa qilishni afzal ko‘rishini belgilash, normal munosabat o‘rniga g‘ayritabiiy munosabatlarni alternativa sifatida qabul qilish va homiladorlikdan saqlangan holda jinsiy aloqada bo‘lish” haqida darsliklar kiritilgan bo‘lsa, 15-18 yoshdan boshlab, qizlarning abort qildirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga egaligi, diniy ta’limotlar va urf-odatlarning shaxsiy huquqlarga hech qanday aloqasi yo‘qligi va yalang‘och rasmlar hech qanday jinsiy tuyg‘uni qo‘zg‘amasligi” haqidagi darsliklar asosiy qo‘llanma sifatida o‘quv dasturlariga kiritilgan. Ayniqsa bunday darsliklar turli xil o‘yinchoqlar va suratlar orqali bog‘chalar va boshlang‘ich maktablardagi bolalarning ham ta’lim dasturiga kiritilganligi e’tiborga molik.

Ahvol shunday ekan, o‘quv yilini 12 yillik emas, 15 yillik yoki undan-da ko‘proq qilgan taqdirda ham, o‘quvchilarning savodxonligida hech qanday o‘zgarish kutilmaydi. Chunki ta’lim-tarbiya masalasida o‘quv yilini ko‘pligi emas, balki ta’lim dasturining qanchalik mukammalligi muhim rol o‘ynaydi.

Aslida musulmon avlod uchun ta’lim dasturi Qur’on va Sunnat asosida ishlab chiqilgan va Islomiy ko‘z-qarashdan kelib chiqqan bo‘lishi shartdir. Zero, bunday dastur yoshlarni Islomiy saqofat bilan tarbiya topishiga va ongli ravishda tushungan musulmon avlodning yetishib chiqishiga yo‘l ochadi. Ayni paytda, maktablarda hayot uchun kerakli bo‘lgan ilm-fan, texnologiya bilimlariga rag‘bat ko‘rsatish bilan bir qatorda Islomiy shariatga sadoqatli bo‘lish hamda shariatga zid bo‘lgan mafkura va tuzumlarga aralashmaslik ruhini rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, Maktablarda din bilan ilm-fan o‘rtasida to‘liq uyg‘unlik mavjudligi ta’minlanishi darkor. Chunki maktab jamiyat va Ummatning shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.

Ammo musulmonlar o‘zlarining Islomiy davlatlariga ega bo‘lmas ekan, ta’lim-tarbiya sohasida bunday dasturning qabul qilinishi aslo kutilmaydi. Chunki Islomiy o‘lkalardagi ta’lim tizimi G‘arb bosimi ostida qolgan. Ya’ni Islomiy o‘lkalardagi ta’lim dasturi mustamlakachi G‘arb tomonidan belgilab berilgan asosda olib boriladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan fahsh darsligini ta’lim-tarbiya dasturiga asosiy qo‘llanma sifatida kiritish BMT tarafidan zo‘r berib talab qilingan.

Bu illatni faqat Xalifalik davlatini tiklash bilangina Islomiy o‘lkalardan yo‘q qilish mumkin. Islom bayrog‘ini butun yer yuzi uzra baland ko‘taradigan Xalifalik davlati tiklanishi bilanoq, Ummat farzandlari hozirda ta’lim olayotgan maktab va oliygohlardagi barcha buzuq va buzg‘unchi o‘quv dasturlarini bekor qilib, Ummatning qadr-qimmatini va sha’nini yuksaklarga ko‘taradigan ta’lim dasturini joriy qiladi.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.