Hijriy 1445 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

38
0

Matbuot bayonoti

Hijriy 1445 yilning muborak ramazon hilolini kuzatish natijasi

E’lon

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Olamlar parvardigori Alloh Taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Olamlarga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ va u kishining ahli oilasi va barcha sahobalariga salotu salomlar yog‘ilsin.

Buxoriy o‘zining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra roziyallohu anhuning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy ﷺ yoki Abu Qosim ﷺ aytdilar:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, sha’bonning sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilinglar».

Bugun 2024 yil 10 mart, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechada muborak ramazon hiloli kuzatilganidan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani ayrim islomiy yurtlarda o‘z isbotini topdi. Shunga ko‘ra, ertaga dushanba kuni bu yilgi muborak ramazon oyining birinchi kuni hisoblanadi.

Shu munosabat bilan men Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi va matbuot bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yo‘llangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga yetkazar ekanman, Allohdan amirimizga yordam berishini, u kishining qo‘llari bilan barchamizga nusrat va g‘oliblikni ato etishini so‘rab qolamiz.

Bu yilgi ramazon kirib kelayotgan ekan, butun olam Islom Ummati irodasi bilan mustamlakachi kofir G‘arb irodasi o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lmoqda. Islom Ummati bu muborak zaminni mahkam ushlab qolishni iroda qilayotgan bo‘lsa, mustamlakachi kofir G‘arb bu zaminga bosqinchi yahudiy vujudini to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘rnatishni iroda qilmoqda. Bu to‘qnashuv butun dunyoni o‘ziga jalb qilgan. Har qanday platformada biron bir siyosiy muloqot o‘tkaziladigan bo‘lsa, bu muloqot mezbonidan uning qaysi tomonda ekanligi so‘ralmoqda. Bu to‘qnashuv bir qancha ishlarni ochib berdiki, biz Islom Ummatining o‘rni qayerda ekanligini anglab yetishimiz uchun bu ishlarga to‘xtalib o‘tmog‘imiz darkor.

Ha, munosabatlarni normallashtirish harakati «tug‘ilgan» paytdan boshlab muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi aniq bo‘lib qoldi… Chunki yollanma axborot vositalarining «musulmon xalqlar yahudiy vujudi to‘g‘risidagi g‘oyani qabul qila boshladi», deya tasvirlashga urinayotgan gaplari hukmdorlarning xalqlarga qarshi to‘qiyotgan yolg‘onidan boshqa narsa emas. Bu hukmdorlar butun insoniyatga balo bo‘lgan bir to‘da pastkash kimsalar bo‘lib, xiyonatni o‘ziga kasb qilib olgan razil-pastkashlarnigina o‘zlariga yaqin tutadilar.

Bugungi kunda Islom Ummati o‘zining muammolarini hal etishda armiyalarning hal qiluvchi rolni o‘ynashiga to‘liq ishonch hosil qildi. U hukmdorlarga qarshi arab bahorini armiyalarning roliga e’tibor bermagan-bilmagan holda boshlagan ekan, bugunga kelib, ularga qarata «ey musulmon armiyalar, qayerdasiz? Nega G‘azoga yordam berish uchun harakatga kelmayapsiz? – deya hayqirmoqda. Bu Allohning izni ila yangi bahordan darakdir. Lekin bu safar insha Alloh «Musulmon armiyalar bahori»ga aylanadi. Armiyalar bu bahorda Ummat va uning diniga nusrat berish uchun kazarmalardan chiqib, Islom Ummati bilan qo‘lni qo‘lga berajak.

Xoin hukmdorlar holatiga kelsak, ayni mavzuda ularga ko‘p to‘xtalmoqchi emasmiz. Chunki ular bu urushda ilgarigidan ham ko‘ra jirkanch ahvolga tushib qolishdiki, Ummat ularning badbo‘yligiga chidolmay, imkon qadar tezroq ulardan qutulishni istamoqda.

Islom Ummati, shuningdek, islomiy yurtlarni bo‘lib tashlash uchun qilingan til biriktiruvlarning naqadar og‘ir ekanini his qildi. Shuning uchun Ummatning yoshlari turli yurtlardan Falastinga hatto piyoda borishga harakat qilishdi… Ammo Sayks-Piko shartnomasi orqali o‘rnatilgan chegaralar ularning muborak zaminga yetib borishlariga to‘sqinlik qildi… Oqibatda ulardan ko‘pchiligi bu chegaralar Islom Ummatining o‘z birodarlariga yordam berishiga to‘sqinlik qiladigan qamoqxona vazifasini o‘tash uchun o‘rnatilganini anglab yetdilar.

G‘azo ahliga kelsak, himoyasiz bolalar, ayollar va keksalar Allohning kalimasini oliy qilish uchun sinovlar oldida sabr va matonat timsoli, kufr kalimasini tuban qilish yo‘lida mardlik va jasorat timsoli bo‘ldilar… G‘azo ahli Islom chizib bergan to‘g‘ri liniya ustidagi chang-g‘uborni shu tariqa tozaladi. Buni Allohning dargohida tayyorlab qo‘yilgan narsalarni bu dunyo matolaridan ustun qo‘yadigan mo‘min musulmon xalq sifatida, shuningdek, dushmandan g‘olib kelish yo‘lida ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydigan mujohid yigitlar sifatida namoyon etdi… Ularning orasida «tank yonib kul bo‘ldi», deya shodlanayotgan yigitlarga, qo‘lida nabiralarining jonsiz tanasini tabassum va rozilik bilan qarshi olayotgan bobolarga guvoh bo‘ldik… Xullas, G‘azo ahli Islomning buyuk ekanligini butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ydi!

Ey musulmonlar!

Sezgilar uyg‘oq, tasavvur aniq va borar manzil ma’lum; bu armiyalarni harakatga keltirish, hukmdorlardan xalos bo‘lish va chegaralarni buzishdan iborat. Bas, G‘azo ahlining qurbonliklari zoye ketishiga yo‘l qo‘ymang. Sayks-Piko fitnalariga yakun yasamasdan va roshid Xalifalikni qayta barpo etmasdan ushbu muqaddas, fazilatli oyning chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Zero, tarix davomida Xalifalik musulmonlar kuch-qudratini birlashtirishning amaliy yo‘li bo‘lib kelgan. Xalifalik siyosiy tuzum bo‘lib, Islom Ummati u orqali o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqaradi va dushmanlari ustidan g‘alaba qiladi. Darhaqiqat, o‘tgan kunlar Xalifalikdan boshqa har qanday siyosiy tuzumning musulmonlarga sharmandalik, mag‘lubiyat va xorlikdan boshqa narsa keltirmasligini isbotladi. Falastinni ozod qilish uchun islomiy yurtlar Sayks-Piko chegaralaridan qutulishi lozim. Buni faqat yurtlarimizdagi real qudrat egalari bo‘lgan musulmon armiyalargina qila oladi. Armiya safidagilar sizning farzandlaringizdir. Shuning uchun ularni rag‘batlantirib, Xalifalikni barpo etishga majburlang.

Alloh Taolo aytadi:

﴿وَحَرِّضِ الْمُؤْمِنِينَ عَسَى اللهُ أَن يَكُفَّ بَأْسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ وَاللهُ أَشَدُّ بَأْساً وَأَشَدُّ تَنكِيلاً﴾

«Bas (ey Muhammad), mo‘minlarni (jang qilishga) targ‘ib qiling! Shoyad Alloh kofir bo‘lgan kimsalarning shiddatini daf qilsa. Alloh quvvati ortiq, azobi qattiq zotdir»                                                                                     [Niso 84]

Dushanbaga o‘tar kecha, hijriy 1445 yilgi ramazon oyining birinchi kuni

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.