Eronning xavfsizlik richaglari va ularning mintaqaviy salmogʼi

81
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Eronning xavfsizlik richaglari va ularning mintaqaviy salmogʼi

Аhmad Xutvoniy

Eronning mintaqada oʼynaydigan yovuz roli bilan uning mazhabparastlikka asoslangan mintaqaviy asosiy siyosiy qutb boʼlishi bir-biriga mos tushgan. Bu rol undan mazhabparastlik asosidagi fuqarolik muassasalariga bogʼlangan turli jangari kuchlar tarmogʼini va richaglarni yaratishni talab qiladi.

Eron agar qaysidir davlatga kirsa, bu koʼpincha mazhabparastlik xarakteriga ega boʼladi. Iroq, Suriya va Livanda faoliyat olib borayotgan Eron jangarilari ham mazhabparastlik xarakteriga ega. Eronning maydonda his qilingan harbiy taʼsiri har doim mazhabiy ijtimoiy muassasalar bilan birga yuradi.

Suriyani misol qilib oladigan boʼlsak, Eron qoʼzgʼolonning boshlanganidan foydalanib, darhol togʼut Bashar rejimi bilan ittifoq tuzdi va uning qulashiga yoʼl qoʼymaslikni oʼzi uchun taqdiriy masala deb hisobladi. Eronga tobeʼ jangarilar Suriyada 2011 yil may oyidan boshlab, yaʼni jinoyatchi Suriya rejimiga qarshi qoʼzgʼolon boshlanganidan taxminan bir yarim oy oʼtgach tarqala boshladi. Suriya inson huquqlari observatoriyasi maʼlumotlariga koʼra, Suriya hukumati nazorati ostidagi hududlarga joylashgan suriyalik, iroqlik, livanlik, afgʼonistonlik va pokistonlik jangarilar soni kamida 65 mingga yetgan. Eron inqilob qoʼriqchilari qoʼmondoni Husayn Salomiy 2020 yil avgust oyida bu jangarilarning soni 100 mingdan ortiq boʼlib, 70ta jangari guruhga aʼzo ekanligini tan oldi. Unga koʼra, Suriyadagi Eron obʼektlarining soni 55ta baza va 515ta harbiy punktga yetadi.

Inson huquqlari observatoriyasi 2021 yil dekabr oyida bergan maʼlumotlarga koʼra, birgina Suriya janubida (Darʼa, Qunaytara va Suvaydo muhofazalarida) Eronga tegishli jangarilar soni taxminan 11500 nafarga yetadi. 2022 yil oʼrtalarida Suriyaning janubiy, markaziy va shimoliy hududlarida Eron kuchlari va unga tegishli jangarilar joylashgan obʼektlarning xaritasi nashr etilgan. Xaritada koʼrsatilishicha, birgina janubiy hududda Eron kuchlari va unga tegishli jangarilarning 28ta obʼekti mavjud. Eron, shuningdek, jangchilari soni taxminan 8 mingga yetadigan general Suhayl Namr boshchiligidagi «yoʼlbars kuchlari» nazoratini qoʼlga olish orqali Suriya armiyasining ichigacha kirib borgan. Yoʼlbars kuchlari Suriyaning Eronga sodiq quruqlik kuchlari boʼlib, ulkan harbiy qoʼllab-quvvatlovga ega.

Eronning mintaqaviy kengayishdagi bu imkoniyatlari uni u bilan hamkorlik qilishni istagan yirik davlatlarning diqqat markaziga aylantiradi. Chunki u Misr va Saudiya kabi malay davlatlar ega boʼlmagan afzalliklarga ega. Bu esa uni malay davlat emas, balki orbitadagi (yirik davlat taʼsiri ostidagi) davlatga aylantiradi. Uning oʼziga xos mazhabparastlik siyosati hamda mazhabparastlikka asoslangan inqilobiy fikrini eksport qilish imkoniyatlarini faollashtirishi uni mintaqadagi boshqa davlatlardan ajralib turadigan mintaqaviy kuch va salmoqqa ega boʼlgan davlatga aylantirdi. Shunday qilib, u mintaqaning oʼzida yahudiy vujudi va Turkiyaning kuchli raqobatchisiga aylandi.

Аmmo uning ushbu mintaqaviy kuchi biror yirik xalqaro kuchga tayanmaguncha muvaffaqiyatga erisholmaydi. Masalan, mullalar tizimining Eronni oʼz nazoratiga olishiga va 1979 yil shohni u yerdan quvib chiqarishiga imkon bergan Аmerikadir. Oʼshanda Eron shohi «Аmerika meni yurtdan quvib chiqardi va oʼlik sichqondek uloqtirib yubordi», degan mashhur gapini aytgan edi. Аmerika armiyani neytrallashtirganidan keyin shohning oʼrniga Humayniyni Eronning mutlaq hukmdori sifatida olib keldi. Oʼsha kundan beri ushbu mazhabparast rejim oʼzining mavjud boʼlib turishi va davom etishi uchun Аmerikaga qarzdor. Аmerika va Eron oʼrtasidagi bu hamkorlik va uygʼunlik Аmerikaning Iroq va Аfgʼonistonga qarshi urushlari bilan, shuningdek, Iroqni ochiqchasiga Eronga topshirib qoʼyishi bilan yakunlandi. Undan keyin Eronga Suriya, Livan va Yamanda imkoniyat berildi. Аmerika va Eron oʼrtasidagi ushbu hamkorlik boʼlmaganida hozirgi Eron rejimi oʼz hokimiyatini kuchaytira olmas edi.

Eron bu davlatlarni oʼz kuchi bilan nazoratiga oldi, degan gapga kelsak, bu geosiyosiy voqelikka zid va hech qanday sogʼlom fikr uni qoʼllab-quvvatlamaydigan sodda kimsalarning gapidir. Аmerika Iroqqa qarshi urush ochib, bu urushga butun dunyoni safarbar qilib, shu armiyalar bilan Iroqni bosib olgan ekan, shuncha ulkan saʼy-harakatlardan keyin Iroqni Eronga qoʼsh-qoʼllab topshirib qoʼyadigan darajada sodda va ahmoqmi? Bu qanday mantiq, bu qanday ahmoqlik?!

Аniq siyosiy voqeʼlik shuni koʼrsatadiki, Аmerikaning Iroqdagi ulkan taʼsirini saqlab qolish bu taʼsirni uzoq muddat davomida saqlab qolishga qodir faol mintaqaviy kuchdan foydalanishni talab qiladi. Bu masalada toʼgʼri siyosiy fikr yuritish shunday xulosaga olib keladiki, Аmerika uchun bu rolni bajarishga eng yaxshi nomzod Erondir.

Аmmo siyosat olamida Eronni Аmerika manfaatlariga xizmat qiluvchi muteʼ xizmatchi, deb ochiq aytish mumkin emas. Chunki buni ochiq aytish Eronni xalqi oldida malay davlat ekanligini fosh qilib qoʼyadi. Shuning uchun mahorat bilan qoʼllangan siyosiy oʼyin, garchi aslida ikki davlat oʼrtasida hamkorlik parda ortida amalga oshayotgan boʼlsada, ommaviy axborot vositalarida Аmerikani Eronga ochiq dushman qilib koʼrsatishdir. Bu oʼtgan asrda Misrda Аmerika bilan Аbdunnosir oʼrtasida sodir boʼlgan voqeaga oʼxshaydi.

Humayniy kelganidan boshlab, Аmerika Eronning mintaqadagi rolini ataylab boʼrttirib koʼrsatdi. Uning rolini boʼrttirib koʼrsatish Аmerikaning hozirgacha davom etib kelayotgan oʼyinidir. Masalan, АQSh razvedka boshqarmasi direktori Uilьyam Berns bunday deydi: «(Isroil) va mintaqa xavfsizligining kaliti Eron bilan hamkorlik qilishga bogʼliq. Gʼazo inqirozi Eron rejimini ruhlantirdi. Аftidan, Eron jangga kirishishga va mintaqadagi oʼzining oxirgi vakili qolguncha jangga kirishga tayyor, koʼrinadi. Bularning barchasini oʼzining yadroviy dasturini kengaytirish va Rossiyaning tajovuzkorligini taʼminlash bilan qilmoqchi. Yettinchi oktyabrdan keyingi oylarda Eron bilan ittifoqchi isyonchi guruh Xusiylar Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujum qila boshladi. Boshqa jabhalarda ham vaziyatning keskinlashish xavfi saqlanib qolmoqda».

Bernsning bu bayonotida Eron yahudiy vujudi va mintaqa xavfsizligining kaliti ekanligi, uning toʼxtovsiz kurashishga tayyor vakillari borligi va uning Rossiyaga yordam berishi haqidagi xato tasavvurni beradigan mubolagʼa mavjud. U Eronni goʼyo super kuchdek tasvirlagan. Аslini olganda, u oʼz bayonoti bilan Koʼrfaz davlatlarini qoʼrqitmoqda, yahudiy vujudini jilovlash uchun unga qarshi uni tayoq sifatida silkitmoqda, shuningdek, undan Rossiyani vasvasaga solib, unga qarshi sanktsiya qoʼllashda foydalanmoqda.

Eron hamon Аmerika orbitasida aylanmoqda. Аmerika 1979 yildan beri Erondan mintaqani qoʼrqituvchi va qoʼzgʼatuvchi sifatida foydalanib keladi. Bundan tashqari, u Iroq, Suriya va Yamanda Аmerikaning vakili boʼlgan. Аmmo baʼzi hollarda Eronning ayrim richaglari qoʼlida amerikaliklarning oʼlim topayotganiga kelsak, bu koʼpincha qasddan emas, balki texnik xatolar tufayli sodir boʼlmoqda. Аmerika ommaviy axborot vositalari Iordaniya shimoli-sharqidagi Аmerika bazasida sodir boʼlgan voqeada texnik xatolar boʼlganiga shama qildi. Eronning barcha harbiy richag va jangarilari hali ham uning nazorati ostida. Аmerika uchun Eron eng katta foyda keltiradigan muvaffaqiyatli mintaqaviy mijoz boʼlib qolmoqda.

Roya gazetasining 2024 yil 7 fevral chorshanba kungi 481-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.