Gʼazoda ocharchilik hukm surmoqda

36
0

Gʼazoda ocharchilik hukm surmoqda

Isroilning shafqatsiz bombardimonlari tufayli Gʼazo sektorida toza ichimlik suviga erishish juda qiyinlashib bormoqda. Bu haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam koʼrsatish agentligi ogohlantirdi. “Suv ob-hayotdir, Gʼazo esa suvsiz yashamoqda” deya yozadi agentlik oʼzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Shuningdek, Gʼazoda keng koʼlamli ocharchilik yoyilayotgani aytilmoqda. Tinch aholi va tibbiyot xodimlarining aytishicha, ayniqsa bolalar ochlikdan qattiq qiynalmoqda. Guvohlarning aytishicha, shimoliy Gʼazo sektorida musulmonlar oʼt-oʼlan yeyishga va ichishga yaroqsiz iflos suv ichib, hayotlarini saqlab qolishga majbur boʼlishmoqda.

“Аsta-sekin oʼlayapmiz. Menimcha, bombalardan oʼlgan yaxshiroq edi, hech boʼlmaganda shahid boʼlardik. Lekin hozir ochlik va tashnalikdan oʼlyapmiz”, deydi Rafah shahrida yashovchi 7 farzandning onasi Jamora.

Izoh: Gʼazodagi musulmonlar boshidan kechirayotgan ogʼir qirgʼinlar qatoriga, endilikda ochlik balosi ham qoʼshildi. Hozirda Rafah chegarasi yopib qoʼyilganligi tufayli 500 ming musulmon ochliqdan aziyat chekmoqda. Xolis musulmonlar tarafidan yuborilgan oziq-ovqat mahsulotlari chegarada uzoq turib, isteʼmolga yaroqsiz holga kelib qolganligi uchun axlatga toʼkilmoqda. Islomiy oʼlkalarning 57 nafar rahbarlari ochlik hukm surayotgan Gʼazoni yordamsiz tashlab qoʼyishdi. Bu rahbarlar Gʼazodagi Mujohidlarni qoʼllab-quvvatlash uyoqda tursin, ochlik va suvsizlikdan qiynalayotgan goʼdaklarga bir qultum suv yetkazib berishga ojizlik qilmoqda.

Аmmo yahudiy vujudi miriqib ichayotgan toza zilol suv Turkiyaning Manavgat viloyatidan bormoqda. Shuningdek, oziq-ovqat va kerakli mahsulotlar yuklangan 8 ta kema har kuni Turkiyadan (Isroil)ga yoʼlga chiqishni kanda qilmayapti. Bu haqida Turkiya transport vaziri Аbdulqodir Uraloʼgʼli aljazeera.net saytiga bergan intervyusida ochiq aytib oʼtdi. Bu oshkor qilingani xolos. Baʼzi deputatlarning daʼvo qilishicha boshqa tarafga ketayotgandek rasmiylashtirib, (Isroil)ga yoʼl olgan kemalar ham mavjud.

Аlbatta yahudiy vujudini jasoratlantirayotgan narsa hamda qirgʼinlar bilan tiz choʼktira olmagan Gʼazo xalqini ochlik bilan tiz choʼktirishiga imkoniyat yaratib berayotgan narsa – bu Islomiy oʼlkalar rahbarlarining xiyonatlaridir. Gʼazodagi bugungi holat ushbu rahbarlarning Islom Ummatidan naqadar uzoqligini hamda gʼarblik xoʼjayinlariga naqadar sodiqligini, hech qanday shubhaga oʼrin qodirmay, aniq-tiniq qilib ochib tashladi. Shunday ekan, Gʼazodagi och-nahor bolalarning faryodlaridan va hayvonlarning yemishlaridan xamir qoriyotgan onalarning koʼz yoshlaridan hamda farzardlarining jasadlarini har yerdan toʼplab yurgan otalarning nolalaridan qalbi tilka-pora boʼlayotgan har bir musulmon eng avvalo ushbu jirkanch vujudni koʼz qorachigʼiday himoya qilib turgan rejimlarni tag-tomiri bilan qoʼporib tashlab, uning oʼrniga butun Ummatni bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun chin koʼngildan harakat olib borishlari lozimdir. Chunki Falastin muammosini va shu bilan birga Islomiy oʼlkalardagi barcha muammolarni, hatto butun dunyodagi muammolarni adolatli tarzda uzil-kesil hal qilishga faqat Аllohning shariatini tatbiq qiluvchi Xalifalik davlatigina qodirdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.