Umumiy fikr yoki umumiy hukm

88
0

Bismillahirrohmanirrohim

Umumiy fikr yoki umumiy hukm

Umumiy – bir voqelikka xoss emas, shu kabi har bir voqelikka taalluqli, oʼshalarga ham tegishli degan maʼnoda, masalan: “jamiyat – fikrlar, tuygʼular, qonunlar va insonlardan tashkil topadi”, yaʼni bir yurtda yashayotgan insonlarning fikri sotsialistik fikrlar boʼlsa, masalan; savdogarni chayqovchi, tekin tomoqlar deb bilishsa, tuygʼulari sotsialistik tuygʼular boʼlsa; sovdogarga nafrat bilan qarash, uni xalq dushmani deb yomon koʼrishsa, qonunlari sotsialistik qonunlar boʼlsa; savdo bilan shugʼullanganlarni qotillar kabi jazolasa, demak bu kabi insonlar yashaydigan yurt – sotsialistik jamiyat boʼladi.

Аgar oʼsha yurt aholisini fikri oʼzgarsa, yaʼni savdogarni “ishbilarmon”, xalqqa foyda keltiruvchi biznesmen degan fikrga borishsa, tuygʼulari ham ularga nisbatan nafrat emas, xavas qilishga oʼzgarsa, qonun ham ularni qamash oʼrniga ularga imkoniyatlar qilib berishga oʼtsa, demak bu jamiyat kapitalistik jamiyatga oʼzgardi.

Bu fikr faqat bizning yaqin tariximizga va Oʼrta Osiyodagi jamiyatlarga xos boʼlgan, faqat ulargagina aloqador emas, balki olamdagi hamma jamiyatlarga berilgan taʼrifdir. Bu taʼrif har qanday jamiyat uchun umumiy taʼrif boʼladi.

Jamiyat uchun berilgan bu taʼrif tarixdagi budbarast arablar jamiyati ham toʼgʼri keladi, chunki ular Islomni qabul qilishib, har bir voqelikka islomiy fikr va islomiy tuygʼu bilan qarashlari hamda Islom qonunlarini tadbiq qilishlari bilan islomiy jamiyatga oʼzgardi. Bu islomiy fikrlar, tuygʼular hamda qonunlar oʼzgarmaguncha ularning jamiyati islomiy boʼlib, bir necha asrlar farovon jamiyat boʼlib keldi. Ulardagi islomiy fikrlar, tuygʼular hamda qonunlar demokratiya fikr-tuygʼulariga; har kim nima qilishda oʼz erkiga ega, yaʼni bachchavoz, fohisha, ayollarning ochiq-sochiq yurishlari kabi avvallari boʼlmagan bunday ishlarga ular shuni xohlashyapti, har kim xohlaganiday yashaydi deb, ularga befarq boʼlish oqibatida islomiy jamiyatlar buzuq, tarqoq, kofirlar uchun talon-taroj maydonlariga oʼzgardi, musulmon yurtlaridagi qonunlar ham faqat kofirlar yoki ularga malaylik qilayotgan xoinlar foydasiga ishlaydigan boʼldi, chunki jamiyatda boshqalar ishiga aralashish mumkin emas degan fikr-tuygʼularni qibul qildilar.

Yana bir misol: Rossiya jamiyatida 19 asr oxirlari va 20 asr boshlarida kompartiya xalqni fikr-tuygʼularini sotsialistik fikr-tuygʼularga oʼzgartirishi, soʼngra 1917 yili revolyutsiya qilib hukumatni qoʼlga olganlaridan keyin sotsialistik qonunlarni tadbiq qila boshlashdi. Shunday qilib Rossiya jamiyati sotsialistik jamiyatga oʼzgardi.

Jamiyat taʼrifi barcha jamiyatlar uchun umumiydir.

Endi fikr nima ekanini tushunishga harakat qilamiz. Ogʼizdan chiqqan yoki teri-toshlargami, qogʼozlargami yoki kompyuter, telefon, internet kabi zamonaviy texnik jixozlargami yozilgan hamma narsa maʼlumot deyiladi.

Shu maʼlumotlardan sezish aʼzolari bilan sezish mumkin boʼlgan voqeligi bor maʼlumotlari fikrlardir. Demak, fikr – voqeligi bor boʼlgan maʼlumot. Uni baʼzi insonlar sezadimi yoki sezmaydimi yoki aynan shu maʼlumot aytilgan voqeligiga toʼgʼri keladimi yoki kelmaydimi hech farqsiz, voqeligi bor boʼlsaki ular fikrlardir. Masalan: Sabzining tarkibida uglevodlar, oqsil, karotin, B1, B2, B6, C, E, N, K, PP vitaminlari hamda kalsiy, temir, kaliy, mis moddalari mavjud. Bu tabobatga aloqador bir fikr. Buniing voqeligini mutaxassis olimlar biladi, lekin buning voqeligi bor, demak, buni “oʼz voqeligi bor boʼlgan maʼlumot” yoki fikr deb ham ifodalashimiz mumkin, lekin biz uchun bir maʼlumot, chunki voqeligini bilmaymiz, uni sezadigan labaratoriyamiz yoʼq yoki solishtirib tasavvur qilishga bilimimiz yetishmaydi.

Yoki yuqoridagi jamiyat taʼrifi ham “oʼz voqeligi bor boʼlgan maʼlumot”, yaʼni bir fikr. Oʼz voqeligiga ega boʼlsaki, oʼsha maʼlumotni fikr deyish toʼgʼri, lekin bu oʼsha fikrni toʼgʼri fikrligini bildirmaydi, toʼgʼri boʼlishi ham mumkin, xato boʼlishi ham mumkin. Masalan: “jamiyat – shaxslardan tarkib topadi” degan kapitalistik fikr yoki “jamiyat – insonlar, tabiat va bularning oʼzaro aloqalaridan tarkib topadi” degan sotsialistik fikr. Bular ham fikrlar, ammo xato fikrlar, chunki bu maʼlumotlar oʼz voqeligiga toʼgʼri kelmaydi. Sobiq sovet ittfoqidagi jamiyatlar sotsialistik jamiyatdan kapitalistik jamiyatga oʼzgardi, lekin insonlar ham, tabiati ham oʼzgargani yoʼq, oʼsha oʼsha, avvalgi insonlar, yer-suvlar, tabiat oʼzgargani yoʼq, hatto rahbarlari ham oʼzgarmadi. Lekin ulardagi narsalarga boʼlgan qarash oʼzgardi, masalan: savdogarlarga boʼlgan fikrlar, tuygʼular hamda qonunlar oʼzgardi. Shunday keyin jamiyat oʼzgardi.

Yoki “Аlloh hayotga aralashmaydi” yoki “din hayotga aralashmaydi” degan fikr ham xato fikr. Nima uchun Аlloh hayot aralashmaydi?! Jamiiyki biz sezgan, bilgan-bilmagan narsalarni Аlloh yaratgan boʼlsa, U Zodning mulki boʼlsa, nima uchun aralashmaydi?! Yoki birorta inson Islomni oʼrganib shu hulosaga keldimi, axir Islom hamma narsani mukammal va xatosiz yechib bergan boʼlsa, nima uchun hayotimizga asos qilib olmaymiz?! Bu xato fikr, bizga kofirlar tomonidan kiritilgan. Biz demokratiya degan kishanlaridan vos kechib, Islomni hayotimiz uchun asos qilib olishimizni xohlashmaydi, tariximizdagidek buyuk Ummat boʼlishimizdan qoʼrqishadi.

Jamiyat toʼgʼrisidagi bu fikr umumiy, yaʼni sobiq sovet ittfoqidagi jamiyatlarga xos emas, balki dunyodagi hamma jamiyatlarga berilgan taʼrifdir.

 Yoki sabzi haqidagi fikr ham umumiydir, chunki u fikr faqat labaratoriyada tekshirilgan sabziga xos boʼlgan hulosa emas, balki dunyodagi hamma sabzilar uchun umumiydir. Demak, har qanday fikrning oʼz voqeligi bor, agar oʼz voqeligiga toʼgʼri kelsa oʼsha fikr toʼgʼri boʼladi, voqeasiga toʼgʼri kelmasa xato fikr boʼladi.

 Fikrning voqeligi kimda noaniq boʼlsa oʼsha insonda oʼsha fikr mavjud emas, faqat maʼlumoti bor boʼladi, halos. Masalan: bir yosh bolaga hayvonlardan oʼntasini suratini bersak. Keyin bir qogʼozga ismlarini yozib, bu bolaga oʼqitsak, ularni yod olsa ham suratdagi hayvonlarni nomlay olmaydi. Qachonki, har bir nomni oʼz surati bilan birga yod olsa shundagina nomlay oladi. Demak, maʼlumotning oʼz voqeligi bor boʼlishini oʼzi yetmaydi, balki kimda kim shu maʼlumotni voqeligi bilan birga qabul qilsagina fikrga ega boʼladi. Qabul qilayotgan fikri xato boʼlmasligi uchun oʼsha fikrni voqeligiga mos kelishini tekshirib koʼrish kerak.

Hukm – chiqarilgan qaror, ijro qilinadigan qonun maʼnosida qoʼllanadi. Bu ham voqeʼligi borligi tomonidan fikr turkimiga kiradi, lekin Аlloh Taʼolo tarafidan kelgan qarorlarni inson aqli tushunsa-tushunmasa qabul qilishi shart, chunki sharʼiy hukmlar bilimu-qurdatini chek-chegarasi yoʼq boʼlgan, hamma narsani bilguvchi, har bir ishga qodir Rahmonu-Rahim Аlloh Taʼolodan ekani bilishning oʼzi kifoya.

Umumiy fikrlar juda koʼp, omma uchun aytilgan fikrlarning barchasi umumiydir. Masalan: inson uchun eng katta boylik fikrdir yoki Ummat faqat fikr bilan uygʼonadi yoki

وَمَن مَاتَ وَليسَ في عُنُقِهِ بَيْعَةٌ، مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً

 “Kimki boʼynida bayʼatsiz oʼlsa u johiliy oʼlimda oʼlibdi” (Muslim rivoyati) bu xadis ham yoki

من رأى منكم منكرا فليغيره بيده، فإن لم يستطع فبلسانه، فإن لم يستطع فبقلبه، وذلك أضعف الإيمان

“Sizlardan kim munkar koʼrsa, uni qoʼli bilan oʼzgartirsin, agar qodir boʼlmasa, tili bilan, agar qodir boʼlmasa, qalbi bilan oʼzgartirsin, bu iymonning eng zaifidir.” (Muslim rivoyati) bu hadis ham yoki

إذَا تَوَضَّأَ، فأحْسَنَ الوُضُوءَ، ثُمَّ خَرَجَ إلى المَسْجِدِ، لا يُخْرِجُهُ إلَّا الصَّلَاةُ، لَمْ يَخْطُ خَطْوَةً، إلَّا رُفِعَتْ له بهَا دَرَجَةٌ، وحُطَّ عنْه بهَا خَطِيئَةٌ، فَإِذَا صَلَّى، لَمْ تَزَلِ المَلَائِكَةُ تُصَلِّي عليه، ما دَامَ في مُصَلَّاهُ: اللَّهُمَّ صَلِّ عليه، اللَّهُمَّ ارْحَمْهُ، ولَا يَزَالُ أحَدُكُمْ في صَلَاةٍ ما انْتَظَرَ الصَّلَاةَ

“(Kimda-kim) agar tahorat qilsa, yaxshilab qilsa, keyin masjidga chiqsa, u boshqa hech narsa uchun emas faqat namoz uchun chiqsa, uning har bir tashlagan qadami uchun uning darajasi bir daraja koʼtariladi hamda undan bir gunoh oʼchiriladi. U namoz oʼqiganida – u namoz oʼqiyotgan joyida ekan – farishtalar unga duo qilishda davom etdilar: “Аllohim, uni barakali qil, ey Аllohim, unga rahm qilgin. Sizlardan birortangiz namoz oʼqimay, namozni kutayotganida ham ular duolarida davom etadilar”.  (Buxoriy rivoyati) shu kabi hadislarda kelgan hukmlar ham umumiydir. Bularni voqeligi bor, albatta. Bu kabi fikr va hukmlar umumiydir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.