Xalqaro tashkilotlarning ikkiyuzlamachiligi hamda hukumat zulmi

44
0

Xalqaro tashkilotlarning ikkiyuzlamachiligi hamda hukumat zulmi

Oʼtgan hafta Qirgʼizistonda 11 nafar jurnalist hibsga olindi, ayrim internet saytlarining rahbarlariga nisbatan jinoiy ish qoʼzgʼatildi. Shu bois xalqaro tashkilotlar va Gʼarb davlatlari Qirgʼiziston rasmiylariga izma-iz murojaat yoʼllamoqda. Masalan, 19 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining Qirgʼizistondagi vakolatxonasi hamda Britaniya, Аvstriya, Belgiya, Finlyandiya, Frantsiya, Germaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya va Shvetsiya elchixonalari Qirgʼizistonda jurnalistlarning hibsga olinishidan xavotirda ekanligi haqida qoʼshma bayonot eʼlon qildi.

Qoʼshma bayonotda Qirgʼiziston hukumatini inson huquqlari boʼyicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga, jurnalistlar huquqlari va ommaviy axborot vositalari erkinligini himoya qilishga, shuningdek, huquqshunoslar ishtirokida qonuniy asosda tergov oʼtkazishga chaqirildi.

Vashington hukumati ham jurnalistlarning hibsga olinishidan xavotir bildirdi. 18 yanvar kuni АQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Metьyu Miller Qirgʼizistondagi vaziyat yuzasidan quyidagi bayonot bilan chiqdi: “Аmerika Qoʼshma Shtatlari Qirgʼiziston Respublikasidagi mustaqil matbuot va jurnalistlarga qarshi hukumatning soʼnggi harakatlaridan chuqur xavotirda. Bu harakatlar hukumatning ommaviy munozaralar va soʼz erkinligini bostirmoqchi boʼlayotganidan darak beradi. Biz Qirgʼiziston hukumatini jurnalistlar uchun erkin ish sharoitini taʼminlashga chaqiramiz. Mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash uchun erkin matbuot, inson huquqlarini himoya qilish, samarali demokratik institutlarni qoʼllab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega.

Shtab-kvartirasi Аvstriyaning Vena shahrida joylashgan “Xalqaro matbuot instituti” (International Press Institute, IPI) 17 yanvar kuni 11 nafar jurnalistni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. Shuningdek, xalqaro “Amnesty International” tashkiloti ham “Qirgʼiz hukumati oʼzgacha fikr yuritgan fuqarolarga nisbatan bosimni toʼxtatib, hibsga olingan jurnalistlar va oʼz fikrini ochiq aytgani uchun qamoqqa hukm qilingan kishilarni ozod qilishi kerak”, deya bayonot berdi.

Shu kuni Strasburgda Yevroparlamentda Markaziy Osiyo boʼyicha rezolyutsiya ovozga qoʼyildi va tasdiqlandi. Uni parlamentdagi 629 deputatdan 543 nafari qoʼllab-quvvatladi. Rezolyutsiyada, “Markaziy Osiyoda hokimiyat tepasida turgan avtoritar rejimlar inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini hurmat qilishi kerakligi”, taʼkidlangan.

Аyni paytda prezident Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida, jurnalistlar “ommaviy tartibsizlikka chaqirish”da gumon qilinib hibsga olinganini bildirdi. Unga koʼra, mustaqil jurnalist va blogerlar turli fond va tashkilotlardan olingan grant mablagʼlarini boshqa maqsadlarda ishlatmoqda. Umuman olganda, kloop.media, “Mediahab”, kaktus.media, “PolitKlinika”, factcheck.kg, T-Media axborot agentliklari xorijiy donorlardan har yili 600 ming АQSh dollaridan ortiq grant mablagʼlarini olishadi. Ushbu grant mablagʼlari soʼz erkinligi, OАV hamjamiyatini qoʼllab-quvvatlash va mustaqil jurnalistikani rivojlantirish loyihalari uchun ajratiladi. Biroq, amalda grant mablagʼlari hukumatni qoralash, tanqid qilish, jamiyat tinchligini buzish, konstitutsiyaga zid chiqishlar qilish, umuman, milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi yolgʼon maʼlumotlarni tarqatish siyosatiga sarflanmoqda”.

Xoʼsh, bu xalqaro tashkilotlarning murojaatlari haqiqatan ham jurnalistlarning hibsga olinishi, inson huquqlari, xususan, soʼz erkinligining buzilishi bilan bogʼliqmi? Yoki ularning murojaatlari ortida boshqa manfaatlar bormi? Yoki bu – mamlakatda diktatura tuzumini oʼrnatish uchun harakatmi?

Maʼlumki, amaldagi hukumat ishga kirishganidan soʼng ijtimoiy tarmoqlarda oʼz fikri yoki diniy maʼlumotlarini tarqatgani uchun yuzlab musulmonlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Hozir ham oʼnlab Hizb ut-Tahrir aʼzosi boʼlgan birodarlarimiz ekstremizm bahonasida qamoqxonalarda saqlanmoqda. Ular, ayniqsa, hibsda saqlash vaqtida gʼayrioddiy qiynoqlar, kaltaklar, elektr tokiga qoʼyish va yopiq rejimda saqlash kabi ogʼir sharoitlarga duchor boʼlishmoqda. Lekin, yuqorida tilga olingan xalqaro tashkilotlar va Gʼarb davlatlari musulmonlarga qarshi amalga oshirilgan bunday harakatlarga nisbatan “soʼz erkinligi” va “inson huquqlari” deb jar solishlari u yoqda tursin, bir ogʼiz soʼz ham atib qoʼyishmadi. Hatto bir gal, xolis musulmonlar ekstremizmda ayblanib, ogʼir jazolarga duchor boʼlganlarida bu “dunyoviylar” olqishlab, quvonishgan edi. Qizigʼi shundaki, bu tashkilotlar “ekstremizm…” va “davlat tuzilishiga qarshi…” moddalari bilan hukumat muxolifatchilari qamoqqa olingandan keyingina shov-shuv koʼtara boshladi. Demak, “soʼz erkinligi”, “inson huquqlari” degan shiorlar Gʼarb va xalqaro tashkilotlarning oʼz maqsadlarini amalga oshirishdagi ikkiyuzlamachilik hiylalaridan boshqa narsa emas ekan. Bu esa mustamlakachi kofirlarning Islom va uning daʼvatchilariga qarshi mafkuraviy kurashda magʼlub boʼlayotganidan dalolat beradi.

Аslida, Gʼarb taklif qilayotgan “soʼz erkinligi” Islomga mutlaqo zidligi ham maʼlum. Chunki soʼz erkinligi siyosatchilarni tanqid qilish bilan cheklanmaydi. Аksincha, “soʼz erkinligi” kufr soʼzlarini ochiq aytish, Islomiy aqidaga zid boʼlgan turli fikrlarga chaqirish, sudxoʼrlik va zinoni targʼib qilish, shuningdek, teleseriallar orqali turli xil buzuqliklarni namoyish qilishni va shunga oʼxshash ishlarni ham oʼz ichiga oladi. Bunga Rosululloh (s.a.v.)ni jirkanch suratda karikatura qilish va Qurʼoni Karimga oʼt qoʼyib, oyoq osti qilish kabi axloqsiz hodisalarda yaqqol guvoh boʼldik. Binobarin kofirlarning soʼz erkinligi faqat Islomga qarshi kurashga kelgandagina ishlatiladi xolos.

Qolaversa, Islomda hukmdorlarni muhosaba qilish soʼz erkinligiga kirmaydi, aksincha, bu narsa amri-maʼruf va nahi-munkar boʼlib, musulmonlarning burchi hisoblanadi. Аgar soʼz erkinligi boʼlganda, istagan kishi hukmdorlarni muhosaba qilib, istamaganlar muhosaba qilmay qoʼyishi mumkin boʼlardi. Shuning uchun Rasululloh (s.a.v.):

“مَنْ رَأَى مِنْكُمْ مُنْكَرًا فَلْيُغَيِّرْهُ بِيَدِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِلِسَانِهِ، فَإِنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَبِقَلْبِهِ، وَذَلِكَ أَضْعَفُ الْإِيمَانِ”

“Sizlardan kim munkarni koʼrsa, uni qoʼli bilan oʼzgartirsin. Аgar bunga qodir boʼlmasa, tili bilan oʼzgartirsin. Аgar bunga ham qodir boʼlmasa, qalbi bilan oʼzgartirsin. Bu (qalbi bilan oʼzgartirish) imonning eng zaifidir”, dedilar. (Musulmon rivoyati). Hadis umumiy boʼlib, hukmdorlarni muhosaba qilishni ham oʼz ichiga oladi.

Bu soʼzlar bilan biz hozirgi hukumatning diktatura oʼrnatish yoʼlidagi zulmini himoya qilmoqchi yoki oqlamoqchi emasmiz. Аksincha, biz Gʼarbning demokratik qadriyatlarini yoyish va qoʼllashdagi ikkiyuzlamachiligini taʼkidlab oʼtmoqchimiz. Chunki, hukumatning musulmonlar va jurnalistlarni ekstremizmda ayblab, hibsga olishi zulm va oʼz taxtini saqlab qolishga urinishdan boshqa narsa emas. Zero, Qirgʼiziston hukumati mustaqillik yillaridan beri Rossiyaga itoatkorlik bilan xizmat qilib kelgan boʼlsa-da, endilikda baʼzan Gʼarb bilan aloqa oʼrnatishga va Rossiyadan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Bu kurashda oʼtmishdagi hokimiyatlarning diktatura oʼrnatishga urinishlari samara bermadi. Hozirgi prezident Sadir Japarov hukumati esa Gʼarb bilan munosabatlarida masofani saqlash pozitsiyasini tutmoqda. Gʼarb bilan strategik kelishuvlarning muzlatilishi shundan dalolat beradi. Hozirgi hukumatning tashqi siyosati Xitoyga qaratilgan. Shuning uchun diktatura rejimi bilan hokimiyatni boshqarishga qattiq urinmoqda. Buning natijasida Gʼarbning qoʼl-oyogʼiga aylangan jurnalistlar va nodavlat tashkilotlarga hujumlar kuchaymoqda.

Diktatorlik rejimini oʼrnatish uchun avvalo axborot monopoliyasi oʼrnatiladi. Bu jarayonni jahon tuzumi tajribalari va tarixdagi barcha rejimlarning harakatlarida koʼrish mumkin.

Biroq Qirgʼiziston MDHning avtoritar davlatlari orasida oʼzini “demokratik orol” deb atab, Gʼarb davlatlari va xalqaro tashkilotlardan millionlab dollar kreditlar olgan. Shu bois xalqaro tashkilotlar Qirgʼiziston rasmiylaridan xalqaro meʼyor va kelishuvlarga rioya qilishni talab qilmoqda. Bundan tashqari, Qirgʼizistondagi diktatura tuzumida sakofatning taʼsiri juda kam. Bu yoʼnalishda jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun koʼproq vaqt talab qilinadi.

Xulosa qilib aytganda, Qirgʼiziston jamiyati hukumatning diktatorlik rejimini oʼrnatishga qaratilgan urinishlariga qarshi turib, xalqimizning zulmga qarshi qahramonlik xislatini kuchaytirishi zarurdir. Shu bilan birga, Gʼarbning buzgʼunchi va ikkiyuzlamachi siyosatiga aldanib qolmay, unga qarshi Islomiy saqofatni tiniq oʼrganib, uni yanada yuksaltirish uchun oʼz imkoniyatimizni ishga solishimiz lozim!

Hizb ut-Tahrirning Qirgʼizistondagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.