Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati
Bismillahir rohmanir rohiym
Islom davlatida sogʼliqni saqlashning barcha jabhalariga aloqador boʼlgan meʼyor va sharʼiy ahkomlarni qoʼyish uchun mutaxassislar komitalari
Biologiya, inson embriologiyasi va genlari, sitologiya, tibbiy biologiya, genetik muhandislik va klonlash sohasidagi ulkan ilmiy ishlar aqllarni lol qoldiradigan darajada rivojlandi. Olimlar erishgan bu yutuqlar Аlloh taʼolo oʼz maxluqotlarida qoʼygan ayrim qonunlar, nizomlar va xususiyatlarning oddiy kashfiyoti, xolos. Ilm yuksalgan sari Xoliqning buyukligiga, Uning kamoli qudratiga va yetuk hikmatiga boʼlgan dalolat ziyodalashib boraveradi. Аlloh taʼolo marhamat qiladi:
سَنُرِیهِمۡ ءَایَـٰتِنَا فِی ٱلۡـَٔافَاقِ وَفِیۤ أَنفُسِهِمۡ حَتَّىٰ یَتَبَیَّنَ لَهُمۡ أَنَّهُ ٱلۡحَقُّۗ
“Biz ularga oʼz oyatlarimizni ufqlarda va ularning oʼzlarida koʼrsatamiz. Toki, ularga uning haq ekanligi maʼlum boʼlsin”.
Ilm olamiy boʼlib, u muayyan dunyoqarashga xoslanmaydi. Bugungi kundagi olimlar erishgan yutuq va kashfiyotlar ilmiy tajribalar natijalari boʼlsa-da, biroq, bu ilmiy tajribalardan foydalanish va ularni ishlatish hayotdagi dunyoqarashga asoslangan boʼladi. Shu asosda profilaktika, davolash,tibbiy taʼlim va shunga aloqador yangi paydo boʼlayotgan ishlarda mana shu ilmiy yutuqlar, meʼyorlar va koʼrsatmalar boʼyicha ish yuritish lozim. Shuning uchun bor kuch gʼayrat bilan sharʼiy nasslarni oʼrganib chiqish, keyin esa, qaysi narsani olish sharʼan durust va qaysi narsani olish sharʼan harom ekanligini bilish uchun shu mavzuga aloqador sharʼiy hukmni istinbot qilish lozim. Bunga erishish uchun Xalifalik davlatidagi Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasi faqihlar, tibbiyot mutaxassislari, farmatsevtlar, sogʼliqni saqlash boʼyicha mutaxassislar, hamshiralik va boshqa yordamchi tibbiyot kasblari va shunga aloqador kishilardan iborat bir necha komitalar tashkil qiladi. Ushbu komitalar quyidagi asoslarni, meʼyorlarni, sogʼliqni saqlash va tibbiy koʼrsatmalarni hamda sogʼliqni saqlashga aloqador sharʼiy ahkomlarni qoʼyish ishi bilan shugʼillanadilar:
1-Аtrof muhit salomatligi, suv, oziq-ovqat, havo uchun sogʼliq meʼyorlari, mehnat salomatligi, sanitariya va chiqindilarni qayta ishlash, daraxtzor va oʼrmonlarni saqlash, hayvonlar salomatligi, qishloq xoʼjaligi zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish.
2-Davlatning boshqa organlari bilan hamkorlik qilgan holda favqulodda vaziyatlar va inqirozlarni boshqarish bilan bogʼliq meʼyorlarni va koʼrsatmalarni belgilash. Vabo va yuqumli kasalliklarni boshqarishga aloqador boʼlgan koʼrsatmalarni berish.
3-Ona va bolani parvarishlash markazlari, tishlarning sogʼlomligi, maktab hamshiraligi, emlash va skaner tekshiruv markazlari kabi individual profilaktik salomatlikka oid koʼrsatmalar.
4- Xavf omillari, davolash usullari va asoratlarni kamaytirish va davolashdan keyingi reabilitatsiya nuqtai nazaridan, yuqumli boʼlmagan, surunkali va kam uchraydigan kasalliklarni davolash standartlarini va koʼrsatmalarini belgilash. Bu yangi paydo boʼlgan ilmiy dalillar va tibbiy tajribalarning kuchli dalillariga binoan belgilanadi. Bu koʼrsatmalar saraton, yurak-qon tomirlari kasalliklari, qantli diabet, insult va shu kabi sababi nomaʼlum boʼlgan, jismoniy va ruhiy salomatlikni buzadigan surunkali kasalliklar uchun beriladi.
5- Sogʼliqni saqlash taʼlimidagi asoslarni hamda eng soʼngi, ishonchli tibbiy maʼlumotlarga koʼra, jamiyatning barcha guruxlari uchun sogʼliqni saqlash boʼyicha xabardorlikda ommaviy axborot vositalarining rolini belgilash. Ishonchli tibbiy maʼlumotlar profilaktika, davolash va sogʼlikni tiklashda ishtirok etish orqali bemorning rolini faollashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga qoʼshimcha, Xalifalik davlatida mavjud boʼlgan tibbiy sogʼliqni saqlash xizmatlariga ham shunday umumiy taʼrif beriladi.
6- Taʼlim dasturlarini va tibbiy taʼlim standartlarini tabiblar uchun va yordamchi tibbiy kasb-xunar egalari uchun eng yangi tibbiy taʼlim asoslariga hamda tabiblarga ruxsatnomalar berish uchun ularni tibbiy sinovlardan oʼtkazish asosiga muvofiq ravishda oʼrnatish. Islom davlatidan tashqarida taxsil olganlarning maqomini belgilash, shuningdek, uzliksiz tibbiy taʼlim programmalarini tuzish hamda eng zamonaviy uslub va vositalar orqali tibbiyot talabalarining bilimlarini oshirish va maʼrifatlarini yuksaltirish.
7-Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash xizmatlarini yuksaltirish va tibbiy ilmiy imtiyoz uchun koʼrsatmalar va meʼyorlar qoʼyish. Bu ish dori-darmonlarni va kasalliklar uchun tashxis qoʼyish vositalarini yaratishda ilmiy bahslarni rivojlantirish hamda uzuliksiz yangi izlanishlarni olib borish natijasida amalga oshadi. Bahs va izlanishlar olib borayotgan imtiyozli shaxslarni mukofotlash, ularni ragʼbatlantirish orqali yuzaga keladi.
8-Olamda kundan kunga paydo boʼlayotgan ilmiy, tibbiy yutuqlarga va yangiliklarga aloqador boʼlgan sharʼiy ahkomlarni va meʼyorlarni qoʼyish. Bu ishlar oldinlari boʼlganidek, barcha ilmiy yutuqlar Xalifalik davlatidagi musulmonlarning qoʼl ostiga oʼtadigan vaqt kelguniga qadar davom etadi.
Аlbatta mana bu meʼyor va koʼrsatmalar tabiblar va boshqa tibbiy xodimlar tomonidan tibbiy xizmatlarni taqdim etishdagi imtiyoz va diqqat-eʼtibor jihatidan Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlashning barcha sohalarini birlashtiradi. Аyniqsa, Islom davlati keng quloch yoygan paytda tibbiy xizmat koʼrsatuvchi kishi xamma joyda shu koʼrsatma va meʼyorlarga amal qiladigan boʼladi. Bu holat beʼmorlarga ham davlatning barcha sogʼliqni saqlash boʼlimlarida terapevtik va sogʼliqni saqlash xizmatlaridan bemalol foydalanishni qulaylashtiradi.
Ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tibbiy taʼlim va koʼrsatmalar berish hamda tushuntirish ishlarni olib borish
Davlat xususiy va tekin kurslarda birinchi yordam va kardiopulmoner reanimatsiyasi kabi asosiy tibbiy koʼnikmalarni oʼrgatishga eʼtibor qaratadi. Bunday kurslar mirshablar, askarlar, madrasa muallimlari va shularga oʼxshaganlarga majburiy boʼladi. Аholining boshqa qatlamiga esa, ixtiyoriy boʼladi. Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi birinchi yordam, nafas olish va yurak reanimatsiyasi hamda choʼkayotganlarni qutqarish ishlari uchun zarur boʼlgan qulayliklarni, jixoz va vositalarni barcha joylarda – olomon joylarda, olis makonlarda va tashqi yoʼllarda shay ahvolga keltirib qoʼyadi.
Sogʼliqni saqlash Boshqarmasiga boʼysunuvchi va ommaviy axborot vositalari Boshqarmasiga bogʼlangan, sogʼliqni saqlashga doir koʼrsatmalar berish bilan shugʼillanuvchi alohida bir jihoz-apparat tashkil etiladi. Bu jihozning vazifasi ommaviy axborot vositalari orqali aholiga sogʼliqni saqlash xaqida umumiy koʼrsatmalar berib borishdan iborat boʼladi. Xususiy sektor uchun esa, oʼzlariga zarur boʼlgan xos koʼrsatmalar beradi. Masalan, konchilar, qurolli kuchlar, xaydovchilar va boshqalar uchun ularning oʼzlariga xos koʼrsatmalar beradi. Shuningdek, ushbu koʼrsatmalar berish jihozi umumiy sogʼliqni saqlashga aloqador boʼlgan tibbiy ogohlantirishlarni berib boradi. Tibbiyotning profilaktika va davolash sohasida chiqqan barcha yangiliklarini davomiy ravishda axoliga tushintirib boradi
Umumxalq Sogʼligʼini saqlash Boshqarmasi Xalifalik davlatida Sogʼliqni saqlash siyosatini boshqarish va uni amalda tatbiq etish bilan shugʼillanadi. Bu Boshqarma jamiyat va jismoniy shaxslar uchun sogʼliqni saqlash, davolanish va reabilitatsiya xizmatlarini taqdim etish orqali omma sogʼligʼini muhofaza etish ishlarini olib boradi. Ushbu Boshqarma oʼziga tobeʼ boʼlgan barcha idora va boʼlimlar ustidan nazorat qiladi. Har bir idora va boʼlim uchun mudir tayinlaydi. Bu mudir bevosta ushbu idoralardan va ularning tarmoq va qismlaridan javobgar boʼladi. Shuningdek, Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi Islom davlatidagi barcha Sogʼliqni saqlash muassasalarini nazorat qiladi. Sogʼliqni saqlashga aloqador boʼlgan boshqa tarmoqlarni muvofiqlashtirishni oʼz qoʼliga oladi. Ushbu boʼlimning masʼuliyati ostiga sogʼliqni saqlash ishlarini tartibga soladigan boshqa idoralar ham kiradi. Masalan, shu sohaga aloqador muassasalar bilan hamkorlik qiluvchi “Inqiroz va tabiiy ofatlar idoralari”, “Аxborot-texnologiyalari Banki”, “ Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi Ogohlantirish va Sogʼliqni saqlash axborot vositalari”, “Sogʼliqni saqlash va davolash standartlari”, “Yoʼriqnomalar boʼyicha ekspert kompaniyalari”, “Tibbiy taʼlim va Sogʼliqni saqlash kasb-xunar taʼlimi metodologiyasi”, “Tibbiy litsenziyalash va sifat nazorati boʼlimi”, “Sogʼliqni saqlash byudjeti Departamenti”, “Moliya va xaridlar, Harbiy boʼlim bilan muvofiqlashtirilgan dori-darmon va farmatseftika sanoati Boshqarmasi”, “Hisba apparati bilan hamkorlikdagi Xalq salomatligi nazorati” shular jumlasidandir. Shuningdek, Sogʼliqni saqlash boʼlimi Jahon Sogʼliqni saqlash Departamentini nazorat qiladi. Ilmiy masalalardagi, tibbiy texnologiyalardagi va Jahon Sogʼliqni saqlash tendentsiyalaridagi oʼzgarishlarni kuzatib boradi.