Bahchali: Yevropa Ittifoqi bizdan uzoq tursin

96
0

Bahchali: Yevropa Ittifoqi bizdan uzoq tursin

Turkiyada millatchi halq partiyasi (MHP)  rahbari Davlat Bahchali Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzolik talabi toʼxtatilishi kerakligini aytib chiqdi. Bahchali bu haqida partiyaning markaziy ijroiya kengashida bayonot berdi. Unga koʼra, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzolik mavzusi yopilishi va umuman qayta ochilmasligi lozim.

Turkiyaning bir qarorga kelish arafasida turganligini taʼkidlagan Bahcheli jumladan quyidagi soʼzlarni tilga oldi: “Oʼzlaricha, bizni yupatish orqali ularning atrofida girdikapalak bulib turishimizni istashmoqda. Modomiki Yevropa Ittifoqi bizni xohlamas ekan va “koʼzingni tepasida qoshing bor” kabi bahonalari tugamas ekan, biz ham aslo ularni istamasligimiz haqidagi partiyamiz fikrini sevimli xalqimizga yetkazib qoʼymoqchimiz. Yevropa Ittifoqining iflos, gina-kuduratga toʼla muzokaralar kitobi qayta ochilmaydigan qilib yopib tashlanishi kerak. Biz uchun Yevropa Ittifoqi tugadi. Biz Yevropa Ittifoqi bilan tugʼilmaganmiz, Yevropa Ittifoqisiz ham oʼlib qolmaymiz. Borligimiz ham Yevropa Ittifoqiga bogʼliq emas va Yevropa Ittifoqisiz ham yoʼlda qolib ketmaymiz. Yevropa Ittifoqi yoʼlida 60 yilimizni zoe ketgazdik, yana 60 yilimizni zoe ketgazish niyatimiz yoʼq, uni-buni ogʼziga qarab oʼtirmaymiz. Yurtimizni pastga uradigan, milliy shaʼnimizga til tegizadigan ittifoq ichida – garchi ular xohlasalar ham – boʼla olmaymiz. Dunyo Yevropa Ittifoqidan iborat emas. Turkiya oʼzininig tarixiy yodgorliklari, sivilizatsiyasi, beqiyos madaniy boyligi, birodarlik va yaxshi qoʼshnichiligi bilan atrofida doʼstlar maydonini yaratishga qodirdir. Turk Davlatlari Tashkiloti tarix va geografiyani birlashtirmoqda. Turk va Islom jamiyatlari Аfrika va Bolqon davlatlarini oʼz ichiga olgan holda yangi dunyoning yoʼl xaritasini chiza oladi. Yevropa Ittifoqi ishini qilsin. Аldoviga ishonib, ortidan yuradigan yangi itoatkor davlatlar topsin-da, bizdan umuman uzoq tursin”.

Izoh: Davlat Bahchalining ushbu bayonoti bundan ikki kun avval Yevropa Ittifoqi haqida oʼz munosabatini bildirgan Erdoganning bayonotidan soʼng yangradi. Erdogʼan АQShga joʼnab ketish oldidan uyushtirgan matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining Turkiya haqidagi hisobotiga toʼxtalib: “Evropa Ittifoqi Turkiyadan oʼzini uzoq tutishga harakat qilmoqda. Biz ham bu masalaga oʼz munosabatimizni bildiramiz, kerak boʼlsa, Yevropa Ittifoqi bilan yoʼllarimizni ajratamiz”, degan edi. Bunga Yevropa Ittifoqining “Turkiyani ittifoqqa toʼlaqonli aʼzo qilish oʼrniga u bilan strategik sheriklikni taklif qilgan” hisoboti sabab boʼldi.

Darhaqiqat Turkiya ittifoqqa aʼzo boʼlish uchun Yevropaning Islomdan uzoqlashtirib, yevropacha hayotga olib boradigan bir qancha talablarini ikkilanmay qabul qildi. Hatto laʼnati Mustafo Kamol davrida ham bekor qilinmagan zinoni taqiqlovchi qonun bandi Yevropaning talabi bilan Erdogʼan davrida bekor qilindi.

60 yil horlikdan keyin, endi bugunga kelib, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʼlishi mamlakat uchun yagona variant emasligi, balki Turk Davlatlari Tashkiloti kabi boshqa muqobil variantlar ham borligiga ishora qilish orqali Yevropa Ittifoqiga oʼziga xos bir eslatma yoʼllanmoqda.

Biroq shuni unutmaslik kerakki, Musulmon Turkiya xalqini farovon hayotga olib chiqish uchun Turk Davlatlari Tashkiloti ham, Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʼlish ham va bundan avval Erdogʼan olgʼa surgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo boʼlish ham aslo yechim boʼla olmaydi. Yagona yechim Xalifalikdir. Xalifalik davlati nafaqat Turkiya xalqining kelajagi uchun, balki barcha musulmonlar kelajagi uchun, hatto insoniyat kelajagi uchun haqiqiy yechimdir. Zero, butun insoniyat uchun baxtli hayotni inʼom etishga qodir davlat yolgʼiz Xalifalik davlatidir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.