Joʼloniy razvedka xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini oʼgʼirlab, uning ayoli va bir yarim yoshli oʼgʼilchasini kaltakladi

92
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Joʼloniy razvedka xizmati Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan birini oʼgʼirlab, uning ayoli va bir yarim yoshli oʼgʼilchasini kaltakladi

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot boʼlimi nashr qilgan bayonotda bunday deyiladi:
«Tahriri Shom deya atalayotgan hayʼatning razvedka xizmati 2023 yil 13 iyul payshanba kuni Idlib viloyati Salqin shahrida Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan biri Nuriddin Hivroniyni kaltaklab, oʼgʼirlab ketishdi… Bu bilan ham kifoyalanmay, oʼzlaridan oldin qonxoʼr Basharning xavfsizlik xodimlaridan boshqa hech kim sodir etmagan qilmishlarga qoʼl urib, Nuriddinning ayolini hamda uning bir yarim yoshli oʼgʼilchasini kaltaklashdi. Аyol koʼchada xushidan ketib qoldi. Razvedka xizmati bundan oldin Аrih shahrida ayollarga hujum qilish va Kilili shahrida ayollarning uylariga bostirib kirish kabi qilmishlarni sodir etgan edi. Ular daʼvatni yetkazayotgan Hizb aʼzolari va ularning ahli-oilalariga qarshi olib borishayotgan oʼzlarining navbatdagi iflos-razil ishlarini shu yoʼsinda davom ettirishmoqda. Bu bilan Nuriddinni ikkinchi marta oʼgʼirlab ketishlari. Аvval 2019 yilda ham Sochi kelishuvi ortidan Idlib janubi va janubi-sharqi taslim etilgan paytda, Nuriddin mudofaa xizmatini tugatib, uyiga qaytayotgan paytda oʼgʼirlab ketishgan edi».
Bayonot soʼnggida quyidagilar taʼkidlandi:
«Razvedka xizmatining qasddan sodir etayotgan nopok qilmishlari turk muallimini rozi qilish uchun amalga oshirayotgan oʼzining til biriktiruvlari hajmini aks ettiradi. Daʼvatni koʼtarib chiqayotganlarga nisbatan bugun sodir etgan ishlari Аlloh vaʼda qilgan nusrat soati yaqinlashib, malaylar zamoni tugay boshlaganidan darak bermoqda. Oʼsha kunda zolim kimsalar qanday oqibat sari ketayotganlarini bilib olurlar».
Roya gazetasining 2023 yil 19 iyul chorshanba kungi 452-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.