Tahriri Shom hayʼatining Hizb ut-Tahrir aʼzolarini va haq soʼzni aytganlarni qamoqqa olishi sabablari

54
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tahriri Shom hayʼatining Hizb ut-Tahrir aʼzolarini va haq soʼzni aytganlarni qamoqqa olishi sabablari

Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyatidagi matbuot boʼlimi nashr qilgan matbuot izohida quyidagilar taʼkidlandi:
«Tahriri Shom hayʼati razvedkasi tomonidan haq soʼzni aytgan insonlarga qarshi olib borilgan qamoqqa olish kampaniyasi Shom ahliga qarshi ulkan jinoyatga zamin tayyorlash uchun boʼlyapti. Ushbu jinoyatni qonxoʼr Аsad rejimi turkiyalik doʼsti bilan birgalikda amalga oshirishi, xorij bilan aloqa qilayotgan Joʼloniy boshchiligidagi yetakchilar uni tatbiq qilishi rejalashtirilgan. Qamoqqa olish amaliyotlaridan maqsad frontlar ochilishini talab qilayotgan, jinoyatkor rejimni agʼdarishga harakat qilayotgan, uning til biriktiruvlariga qarshi turishga tayyor turish uchun barcha kuchlarni jangchi guruh rahbarlaridan uzoq ravishda birlashtirishga harakat qilayotgan har bir ovozni boʼgʼishdir. Zero, bu jangchi guruh rahbarlari barcha ishlarini donor davlatlarga topshirib qoʼyishdi hamda xoʼjayinlari boʼlmish turk rejimi buyruqlarini bajarishdan boshqa tashvishlari qolmadi».
Matbuot izohida yana bunday deyildi:
«Masala aniq. Bizga ozod etilgan mintaqalardagi nufuzli kishilarning 2019 yildagi oʼgʼirlanishi hodisasi ibrat boʼlishi kerak. Oʼshanda bu insonlar mintaqadan xavf-xatarni bartaraf etish yoʼllarini muhokama qilish uchun hamda qonxoʼr rejimni yengish maqsadida kuchlarni birlashtirish yoʼllarini izlash uchun yigʼilgan edilar. Ularning oʼgʼirlab ketilishi ham xuddi bugungi kungidek amalga oshib, mintaqalar toʼliq rejimga topshirilgan va aksar yigitlar qamoqqa tashlangan edi. Hayʼat bugungi kunda ham aynan oʼsha jinoyatlarni takrorlayapti. Bu esa, aniq ogohlantiruv boʼlib, hayʼatning oʼz xoʼjayini boʼlmish turk rejimiga xizmat qilish uchun ulkan jinoyatni amalga oshirishga hozirlanayotganini koʼrsatmoqda. Shunday ekan, ey Shom ahli, qoʼzgʼoloningizni davom ettiring, nomusingizni saqlang va bolalaringizni qirgʼindan qutqarib qoling. Shuningdek, ushbu korruptsion rejimlarni agʼdarib, bizni oʼldirayotganlarga qarshi haqiqiy javob beradigan qaror sohibiga aylaning. Chunki Joʼloniyning javobi rejimning yahudiylarga qarshi beradigan javobi bilan bir xil boʼlib qoldi.

Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.