Kapitalistik hazorat oqibatlaridan: Kanadada musulmonlarga qarshi nafrat

119
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik hazorat oqibatlaridan: Kanadada musulmonlarga qarshi nafrat

Al-Jazira netning (hijriy 1442 yil 8 zulqa’da, milodiy 2021 yil 19 iyun shanba kuni) nashr qilgan xabarida bunday deyiladi:

«Kanada bo‘ylab norozilik namoyishlari juma kuni qayta alanga oldi. Namoyishchilar yurtdagi musulmonlarga nisbatan nafratli jinoyatlarga chek qo‘yish uchun amaliy choralar ko‘rilishini talab qildilar. Mamlakatning turli shaharlarida to‘plangan minglab namoyishchilar islomofobiya illatini qoraladilar. Bu namoyishlar joriy oyning oltinchi kuni Kanadaning Ontari provintsiyasi London shahrida musulmon oilani mashina bilan qasddan bosib ketish jinoyati ortidan boshlandi.

Kanada musulmonar jamiyati (MAS) tomonidan 100dan ziyod islomiy muassasalar va fuqaroviy jamiyat tashkilotlari hamkorligida uyushtirilgan ushbu norozilik namoyishlari mamlakatning o‘n bitta shahrida o‘tkazildi, jumladan, Ottava, Monrealь, Toronto, Vankuver, Kalgari, Edmonton, Kitchener, London va jinoyat sodir etilgan Ontario kabi.

Ekstremist yigit o‘zining yuk mashinasi bilan musulmon oilani ezib yuborgan ushbu dahshatli jinoyatni qoralash uchun Kanadadagi musulmonlar diasporasi ikki haftadan beri tadbirlar o‘tkazib kelmoqda. Musulmon oilaning to‘rt a’zosi halok bo‘lgan, besh yoshli bola og‘ir jarohatlangan ushbu hodisa ortidan Kanadaning London shahri uzunligi 7 kilometrga cho‘zilgan yirik norozilik namoyishlariga guvoh bo‘ldi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo «Bu oddiy hodisa emas, bu nafratdan kelib chiqqan terroristik hujumdir», dedi.

Monrealь shahridagi Viktoriya maydonida ham kecha juma kuni yomg‘ir ostida yuzlab inson to‘planib, musulmonlarga nisbatan to‘xtamayotgan nafrat jinoyatlarini qattiq qoraladilar. Bir necha faol minbarda nutq so‘zlab, hukumatdan harakat qilishni talab qildilar. Namoyish chog‘ida Monreal Islomiy hazorat instituti rektori Iyod abu Homid Al-Jaziraga intervьyu berib, islomofobiya, degan illatga nisbatan jiddiy qaramoq lozim, ilgari Kanada hukumati ayni illatni qoralab chiqqan, biroq, bu kabi jinoyatlarning takrorlanishi ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rish shartligini ko‘rsatmoqda, dedi.

Abu Homid hukumatning musulmon tashkilotlarini nazoratga olayotganini va ularga shubha bilan munosabatda bo‘layotganini qoraladi hamda musulmon tashkilotlariga ham mamlakatdagi mavjud boshqa tashkilotlar kabi ajratmagan holda muomala qilish shartligini ta’kidladi».

Roya gazetasining 2021 yil 30 iyun chorshanba kungi 345-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.