Ruhiy kasalliklarni davolash jismoniy kasalliklarni davolashga o‘xshaydi

98
0
Tele medicine concept,Medical Doctor online communicating the patient on VR medical interface with Internet consultation technology

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash – shaxslarni   davolash chora-tadbirlari

Ruhiy kasalliklarni davolash jismoniy kasalliklarni davolashga o‘xshaydi

  Shar’iy dalillar ruhiy kasalliklarning davosini ham o‘z ichiga oladi. Darhaqiqat, arablar Islomdan oldin ham ruhiy kasalliklar ilmidan xabardor bo‘lganlar. O‘sha paytlarda ham bu sohada muolaja yuritadigan kishilar mavjud bo‘lgan. Islom kelgach, shirkka aralashmagan ayrim muolaja turlariga ijozat bergan. Nafaqat bu, balki, shariat bunday muolaja evaziga haq olishga ham ruxsat bergan. Abu Dovud o‘z “Sunan”ida Xorija ibn as-Solt at-Tamiymiydan, u otasidan rivoyat qiladi;

أنه أتى رسول الله صلى الله عليه وسلم فأسلم، ثم أقبل راجعا من عنده، فمر على قوم عندهم رجل مجنون موثق بالحديد، فقال أهله: إنا حدثنا أن صاحبكم هذا قد جاء بخير، فهل عندك شيء تداويه؟ فرقيته بفاتحة الكتاب، فبرأ، فأعطوني مائة شاة، فأتيت رسول الله صلى الله عليه وسلم فأخبرته، فقال: «هل إلا هذا» وقال مسدد: في موضع آخر «هل قلت غير هذا؟» قلت: لا، قال  «خذها فلعمري لمن أكل برقية باطل لقد أكلت برقية حق»

 U Nabiy sallollohu alayhi va sallam xuzurlariga kelib, Islomga kiradi. So‘ng ortiga qaytadi. Yo‘lda bir qavmning oldidan o‘tadi. Qarasa, bir majnun temir zanjirlar bilan bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. Qavm ahli;

-Eshitishimizcha, sizlarning anavi do‘stingiz yaxshilik olib kelgan ekan. Senda shu majnunni davolaydigan biron narsa bormi, – deydilar. Shunda men “Fotiha” surasi bilan ruqiya qildim, unga dam soldim. Natijada u tuzalib ketdi. Ular menga yuzta qo‘y berdilar. Keyin men Rasululloh sallollohu alayhi va sallam xuzurlariga kelib, bo‘lgan ishni aytib berdim. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

-“Faqat shuginami”, – dedilar. Musaddad boshqa mavzuda qo‘shimcha qiladi, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam;

– “Bundan boshqasini ham aytdingmi, – dedilar. Men esa, yo‘q , – dedim. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam:

– “U qo‘ylarni olaver. Qasamki, kim botil ruqiya bilan yegan bo‘lsa, sen haq ruqiya bilan yeding”. Termiziy o‘z “Sunan”ida rivoyat qilgan va hasan, sahih hadis degan. Abiy Laxmning ozod qilgan quli Umayrdan rivoyat qilinadi, aytadiki;

 شهدت خيبر مع سادتي، فكلموا في رسول الله صلى الله عليه وسلم، وكلموه أني مملوك، قال: فأمر بي، فقلدت السيف، فإذا أنا أجره، فأمر لي بشيء من خرثي المتاع، وعرضت عليه رقية كنت أرقي بها المجانين، فأمرني بطرح بعضها، وحبس بعضها

Men Xaybarni xo‘jayinim bilan birga ko‘rdim. Men xaqimda Rasululloh sallollohu alayhi va sallamga gapirib berdilar. Meni mamluk ekanimni aytib berdilar. Menga buyurdilar, men qilichni belimga taqdim. Men uni kutarib yurar edim. Menga arzimas mollardan bo‘lib berishlariga  buyurdilar. Men aqldan ozgan majnunlarga dam soladigan ruqiyani(tekshirtirib olish uchun) aytib berdim. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam ularning ayrimlarini tark etishga  va ayrimlarini qoldirishga amr etdilar.” Ya’ni, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam uni Qur’on va Sunnatga zid keladigan ruqiya so‘zlarini tark etishga va qolganlarini qoldirishga buyurdilar.

  Agar mutaxassislar dori-darmonlarni ruhiy xastaliklarga munosib deb topsalar, albatta ulardan foydalanish mumkin. Avvalgi musulmonlar ruhiy xastaliklarga yaxshi ahamiyat berganlar. Birinchi asrdan keyin bu sohada tafakkur rivojlanishi ko‘rsatkichiga misol tariqasida 235- hijriy, 849- melodiyda tavallud topgan Abu Zayd ibn Sahl Balxiyning “Badan va ruh foydalari” nomli asarini keltirish mumkin. Bu asar jismoniy va ruhiy sog‘lomlik masalalarini o‘z ichiga olgan. Sarosima va mahzunlik kabi ishlarga ham to‘xtalib o‘tgan.

Ruhiy salomatlikni metodik boshqaruv

  Ruhiy kasallik – a’zo sifatida miyaning o‘z vazifasini to‘g‘ri bajara olmasligidir. Ayrim ruhiy kasalliklar miyaning tabiiy ravishda ishlashi jarayonidagi kasallikdan kelib chiqadi. Ayrimlari ehtimol, kimyoviy asabiyatga – kimyoviy neyrotransmitga bog‘liq bo‘ladi. Ayrimlari esa, xaligacha yaxshi tushinilmagan. Masalan, shizofreniya, bipolyar buzuqliq yoki depretsiyaning ba’zi turlari shular jumlasidandir. Bu muammolarni boshqa har qanday jismoniy sog‘liq muammolari kabi tegishli dori-darmonlar va davolash usullari orqali hal qilish lozim. Bu kasalliklar bir a’zo sifatida miyada disfunksiyani – miyaning o‘z vozifasini yaxshi bajara olmasligini keltirib chiqaradi. Ayrim hollarda esa, bu ko‘rsatkich bugungi kunda butun olamdagi kabi spirtli ichimliklar va giyoxvand moddalar keng tarqalishi sababli yanada yomonlashadi. Bunday kasalliklar bilan kasallik darajasiga qarab, umumiy yoki maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shifokorlar shug‘illanishi mumkin bo‘lsa-da, biroq, ushbu kasallliklar psixatriya ixtisosligini yaxshi tushingan malakali mutaxassis shifokorlar nazorati ostida chora-tadbirlar ko‘rishni talab etadi.

  Jamiyatdagi  ko‘pgina ruhiy kasalliklarni davolash lozim. Ammo, beqaror va o‘zlariga ham, boshqalarga ham ozor yetkazish xavfi ostida bo‘lgan be’morlar shifoxonalarga yotqizilishi zarur. Toki, ular o‘z jonlariga yoki boshqa insonlarga xafv-xatar tug‘dirmasliklari uchun ular ustidan yetarli nazorat o‘rnatilishi lozim. Psixatriya xizmatlari bu boradagi barcha mutaxassisliklardan foydalangani kabi yuqori darajadagi malakali shifokorlar guruhidan ham foydalanadi va ular bilan birgalikda ish olib boradi. Bu guruh tarkibiga psixiatrlar, xamshiralar va kasb-xunar terepevtlari kirishi mumkin. Bemorlar kasalxonada bir muddat davolanib bo‘lganidan keyin ular jamiyatda to‘laqonli hayot kechirishlari uchun uylariga chiqariladi. Shunig uchun kasb-xunar terepevtlari va xamshiralarning ishtiroki bunday bemorlarni jamiyatga qayta kirishga tayyorlashda yordam berishi uchun ularga har tomonlama tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ijtimoiy qadriyatlar va ijtimoiy muammolarga bog‘liq ruhiy salomatlik muammolari

Ko‘pincha xulq-atvor muammolari yoki hissiy buzulishlarga – tushinchalarning aynishiga – ega bo‘lgan boshqa ruhiy kasalliklar ham kuzatiladi. Bu kaslliklar buzuq shaxs va buzuq jamiyat qadriyatlaridan juda qattiq ta’sirlanadi. Bunday turdagi ruhiy kasalliklar jamiyatda Islom nizomlarini to‘la-to‘kis tatbiq etilishi va tushunchalardagi muammolarni yechish orqali umumiy suratda ozayib boradi. Alloh ta’olo marhamat qiladi:

وَلَنَبۡلُوَنَّكُم بِشَیۡءࣲ مِّنَ ٱلۡخَوۡفِ وَٱلۡجُوعِ وَنَقۡصࣲ مِّنَ ٱلۡأَمۡوَ ٰ⁠لِ وَٱلۡأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَ ٰ⁠تِۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّـٰبِرِینَ () ٱلَّذِینَ إِذَاۤ أَصَـٰبَتۡهُم مُّصِیبَةࣱ قَالُوۤا۟ إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّاۤ إِلَیۡهِ رَ ٰ⁠جِعُونَ () أُو۟لَـٰۤىِٕكَ عَلَیۡهِمۡ صَلَوَ ٰ⁠تࣱ مِّن رَّبِّهِمۡ وَرَحۡمَةࣱۖ وَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ هُمُ ٱلۡمُهۡتَدُونَ

Albata, Biz sizlarni bir oz qo‘rqinch va ochlik bilan, mol-mulkga, jonga mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar. Ana o‘shalarga Robbilaridan salovatlar va rahmat bor. Ana o‘shalar hidoyat topganlardir. [2:155-157] .

 Ushbu oyati karimalardan ma’lumki, insonning boshida har doim qiyinchilik va mexnat-mashaqqatlar bo‘ladi. Odatda bunday hodisalar shaxsning iymonini sinash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun inson bunday qiyinchilik va bosimlar qarshisida sabr-bardosh va matonat bilan turishi lozim bo‘ladi. Negaki, musulmon kishining boshiga har-hil sinovlar kelishi tabiiy. Mana shu tushuncha eng sog‘lom ruhiy salomatlikni qo‘lga kiritishi uchun kishiga azob-uqubat va qiyinchiliklarni yengib o‘tishga yordam beradigan eng asosiy omillardandir. Shunday qilib, jamiyatda Islomni qoim qilish ham ruhiy va ham jismoniy kasalliklar yukini yengillatishga yordam beradi.

Jismoniy shaxslarni davolash davlatning burchidir

  Sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam ko‘rsatish davlatning burchidir. Shuning uchun bu soha aholi uchun qulay va mukammal bo‘lishi lozim. Bunga klinika va kasalxonalar hamda davolanish uchun xizmat qiladigan umumiy shifo maskanlari ham kiradi. Zero, tibbiy muolaja davlat boshqarishi lozim bo‘lgan umumiy manfaat va umumiy tarmoqlar sarasiga kiradi. Bu soha Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning:

الإمام رَاعٍ ومسؤول عن رَعِيَّتِهِ

“Imom boshliq va u xalqidan mas’uldir”, degan so‘zlariga ko‘ra davlat gardanidagi vazifadir. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam shaxsning va ummatning asosiy ehtiyojlarini izohlab, mana bunday marhamat qilganlar:

« مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ آمِنًا فِي سِرْبِهِ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا »

  “Sizlardan kim o‘zicha tinch bo‘lsa, tanu-joni sog‘ bo‘lsa va kundalik oziq-ovqati bor bo‘lsa, go‘yo u butun dunyoni qo‘lga kiritibdi”.

Bu sog‘liqni saqlash va tibbiyot raiyyatning asosiy ehtiyoji ekanligiga dalolat qiladi. Kimni bu ehtiyojga kuni tushsa, davlat uni osonlikcha ta’minlab berishi lozim. Go‘yo davlat shaxslarni oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana bilan ta’minlaganidek, u Ummat uchun xavfsizlik, sog‘lik va ta’lim kabi asosiy sohalarni ham ta’minlab berishi va bu sohalarda qulayliklar yaratishi lozimdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.