Vashington Post: Shahzoda Salmon AQSH iqtisodiyotiga zarar yetkazish bilan tahdid qildi

125
0

Vashington Post: Shahzoda Salmon AQSH iqtisodiyotiga zarar yetkazish bilan tahdid qildi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSH iqtisodiyotiga zarar yetkazish bilan AQSH prezidenti Jo Baydenga tahdid qildi. Bu haqida Vashington Post gazetasi “Discord” tezkor xabar almashish ijtimoiy platformasiga sizdirilgan maxfiy hujjatga asoslanib xabar tarqatdi.

Gazetaning yozishicha, bunga Baydenning Saudiya Arabistoniga qaratilgan tahdidli bayonoti sabab bo‘lgan. Bundan avval Saudiya Arabistoni neft qazib olishni 2 million barrelga qisqartirishga qaror qilgani uchun Bayden ma’muriyati o‘z noroziligini aniq ifoda etgan edi. Bayden o‘sha paytda CNN telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Riyoz o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishini bildirib, Saudiya Arabistonining bu harakati “ba’zi yomon oqibatlarga olib kelishi”dan ogohlantirgan edi.

Bunga javoban valiahd shahzoda, agar Bayden “neft qazib olishni keskin qisqartirish” mojarosi uchun Saudiya Arabistonini jazolamoqchi bo‘lsa, AQSH ma’muriyati bilan aloqalarini uzishi va bu Vashington uchun jiddiy iqtisodiy oqibatlarga olib kelishi” bilan tahdid qilgani aytilmoqda. Biroq xabarda qayd etilishicha, valiahd shahzodaning mazkur tahdidi to‘g‘ridan-to‘g‘ri Oq uyga yetkazilganmi yoki bu AQSH razvedkasining josuslik faoliyati orqali o‘rganilganmi, bu aniq emas.

Izoh: Dunyoning eng yirik xom neft eksportchisi bo‘lgan, Saudiya Arabistoni 2022 yil AQSHning istagiga zid ravishda, neft qazib olishni narxlar ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan darajada keskin qisqartirgan edi. Bu holat o‘sha paytdagi AQSH Kongressi oraliq saylovlariga ta’sir ko‘rsatishidan tashvishga tushgan AQSH rasmiylari Saudiya Arabistoni bilan bog‘lanib, neft qazib olishni qisqartirish qarorini atigi bir oyga kechiktirib turishni so‘ragan bo‘lsa-da, biroq AQSH rasmiylarining talabiga Saudiya Arabistonidan rad javobi keldi. Bundan g‘azabga kelgan Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistoni neft qazib olishni qisqartirishda Rossiya tarafida turgani uchun Vashington va Riyoz o‘rtasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni va’da qilib, buning yomon oqibatlaridan ogohlantirgandi edi. Yuqoridagi xabarda Shahzoda Salmon Baydenning ushbu tahdidiga qarshi tahdid bilan javob qaytargani da’vo qilinmoqda. Shu yerda haqli ravishda bir savol tug‘iladi. AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp “biz bo‘lmasak, “Saudiya bir hafta ham oyoqda tura olmaydi” deganda yoki AQSHning Respublikachi senatori Lindsi Grem “Saudiya armiyasi bizning yordamimiz bo‘lmasa, hatto qog‘oz paketlarga qarshi ham jang qila olmaydi” deganda bir og‘iz ham javob qaytara olmagan Shaxzoda endi AQSH hukumatiga tahdid qilish uchun qayerdan jur’at olmoqda? Bu savolga quyidagi link orqali batafsil javob olishingiz mumkin:

Saudiya Аrabistonining neftь qazib olishni keskin qisqartirishi ortida nima bor?

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.