Davo izlash tibbiyot va muolaja istilohi mos keladigan barcha narsani o‘z ichiga oladi

83
0
Tele medicine concept,Medical Doctor online communicating the patient on VR medical interface with Internet consultation technology

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

 Shaxslarning sog‘lig‘ini saqlash – shaxslarni   davolash chora-tadbirlari

Davo izlash tibbiyot va muolaja istilohi mos keladigan barcha narsani o‘z ichiga oladi

  Shariatda davo izlash faqat Qur’on va Sunnatda qayd etilgan muolajalarga cheklanmaydi. Negaki, islomiy nasslar muolajaning muayyan turlarigagina to‘xtaladi. Bu muolajalarning foyda berishida shubha yo‘q, albatta. Lekin, bu degani muolajada, faqat shulargagina cheklanish lozimligini anglatmaydi. Balki, bular muolajaga misollar tariqasida keltirilgan namunalardir. Zero, muolaja shar’an, davlanishning barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Zamonaviy dori-darmonlar, jarrohlik operatsiyalari, radioterapiya, lazer terapiyasi, robot terapiyasi va boshqalar shular jumlasidandir.

  Shar’iy nasslarda qayd etilgan muolajalarning  eng yaxshi namunalridan biri  asaldir. Alloh ta’olo “Nahl” surasining 69-oyatida marhamat qiladi:

ثُمَّ كُلِی مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَ ٰ⁠تِ فَٱسۡلُكِی سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلࣰاۚ یَخۡرُجُ مِنۢ بُطُونِهَا شَرَابࣱ مُّخۡتَلِفٌ أَلۡوَ ٰ⁠نُهُۥ فِیهِ شِفَاۤءࣱ لِّلنَّاسِۚ إِنَّ فِی ذَ ٰ⁠لِكَ لَـَٔایَةࣰ لِّقَوۡمࣲ یَتَفَكَّرُونَ

“So‘ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoring (sen uchun) oson-qulay qilib qo‘ygan yo‘llardan yurgin!”. Uning qornidan odamlar uchun shifo bo‘lgan alvon rangli ichimlik – asal chiqur. Albatta, bu ishda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibrat bordir”. [16:69].

  Asalning shifobaxshligi Sunnatda ham kelgan. Abu Said raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, aytadilarki;

جاءَ رجلٌ إلى النَّبيِّ صلَّى اللَّهُ علَيهِ وسلَّمَ فقالَ إنَّ أخي استَطلقَ بطنُهُ فقالَ اسقِهِ عسلًا ، فسقاهُ ثمَّ جاءَ فقالَ : يا رسولَ اللَّهِ قد سقيتُهُ عسلًا فلم يَزدْهُ إلَّا استِطلاقًا ؟ قالَ : فقالَ رسولُ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ علَيهِ وسلَّمَ : صدقَ اللَّهُ وَكذبَ بطنُ أخيكَ ، اسقِهِ عسلًا فسقاهُ فبرأَ

 “Bir kishi Nabi sallollohu alayhi va sallam xuzurlariga kelib;

  – “Ukamning qorni og‘riyapti, – dedi. Rasululloh sallollu alayhi va sallam unga;

Unga asal yedir, – dedilar.

Xaligi kishi ukasiga asal yedirdi. Keyin kelib;

Asal yedirdim. Lekin uning qorni battar og‘riyapti, – dedi.

Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam;

“Alloh haq so‘zladi, ukangni qorni yolg‘on so‘zladi”, – dedilar. Shundan keyin unga asal yedirdilar va u sog‘ayib ketdi. Buxoriy o‘z “Sahih”ida rivoyat qilgan.

Shuningdek, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam sog‘liqqa aloqador o‘rinda oziq-ovqat tizimiga ham to‘xtalib o‘tganlar. Aytganlarki;

ما ملأ ابنُ آدمَ وعاءً شرًّا من بطنِ بحسْب ابنِ آدمَ أُكلاتٌ يُقمْنَ صلبَه فإن كان لا محالةَ فثُلثٌ لطعامِه وثلثٌ لشرابِه وثلثٌ لنفسِه

  “Odamzot qorindan ham ko‘ra yomonroq idishni to‘ldirmagan. Odam bolasiga qaddini tiklab oladigan luqmalar kifoyadir. Zarur bo‘lsa, qornini uchdan birini taomga, uchdan birini suvga va uchdan birini nafas olishga qoldirsin”. Termiziy rivoyat qilgan va uni hasan, sahih hadis degan. Abu Dovud o‘z sunanida Ummul Munzir binti Qays al-Ansoriyadan rivoyat qiladi, Ummul Munzir aytadi;

دخل علي رسول الله صلى الله عليه وسلم ومعه علي عليه السلام، وعلي ناقه ولنا دوالي معلقة، فقام رسول الله صلى الله عليه وسلم يأكل منها وقام علي ليأكل، فطفق رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول لعلي: «مه إنك ناقه» حتى كف علي عليه السلام، قالت: وصنعت شعيرا وسلقا، فجئت به، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم «يا علي أصب من هذا فهو أنفع لك»

  “Mening oldimga Rasululloh sallollohu alayhi va sallam keldilar. U kishi bilan birga Aliy raziyalloh anxu bor edilar. Aliy raziyallohu anhu kasallikdan endi tuzalayotgan edilar. Bizlarni osilgan xurmo shodalarimiz bo‘lardi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam turib ulardan yeya boshladilar. Ulardan  Aliy ham yemoqchi bo‘ldilar. Shunda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Aliyga; “To‘xta! Sen kasaldan endi tuzalayapsan”, degandilar, Aliy raziyalloh anhu ulardan o‘zini tiydilar. Ummul Munzir so‘zida davom etadi; men arpadan yarma qaynatib qo‘ygandim. Uni olib keldim. Rasululloh sallohu alayhi va sallam Aliyga; “Ey Aliy mana shundan ichib ko‘r. Senga shu foydaliroq”, – dedilar.

 Rasululloh sallollohu alayhi va sallam qora sedana xaqida ham to‘xtalganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning mana so‘zlarini eshitgan edi;

 في الْحَبَّةِ السَّوْدَاءِ شِفَاءٌ مِنْ كُلِّ دَاءٍ إِلَّا السَّامَ

“Qor sedanada o‘limdan boshqa barcha dardga davo bordir”. Sahihul Buxoriydan.

  Hijoma xaqida ham gapirganlar. Ibn Abbos raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam marhamat qildilar:

الشفاء في ثلاثة: في شرطة محجم، أو شربة عسل، أو كيَّة بنار، وأنا أنهى أمتي عن الكي

“Shifo uchta narsadadir; hijomada, asal sharbatida va o‘tda kuydirishda. Men ummatimni o‘t bilan kuydirib davolanishdan qaytardim”. Sahihul Buxoriy.

 Shuning uchun musulmonlar nasslarda kelgan  muolaja turlaridan foydalanadilar. Bundan tashqari, Xalifalik davlati kasalliklarni muolaja qilish maqsadida shariat ruxsat bergan zamonaviy davolash metodlarini va muolaja usullarini tabanniy qilishi va ularni taraqqiy ettirishi vojib bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.