“O‘sh fojeasi”ga oid ayrim vaziyatlarning haqiqatlari

82
0

“O‘sh fojeasi”ga oid ayrim vaziyatlarning haqiqatlari

Bizning boshimizga kulfatlar yog‘dirayotgan millatlararo yoki chegaraviy nizolar yuzaga kelganda, xalqaro va mahalliy siyosatchilar tomonidan ko‘plab bayonotlar beriladi va bir qancha chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Ammo o‘sha bayonotlar va chora-tadbirlar voqeaning asl haqiqatini buzib ko‘rsatish va o‘z manfaatlariga aylantirishdan iboratdir.

Shu munosabatga ko‘ra “O‘sh fojeasi” bilan bog‘liq yashirin haqiqatlarni qisqacha sanab o‘tmoqchimiz:

  1. Qonli qirg‘inni kim boshladi?

Odamlar orasida nizolarni rus ofitserlari va yollanma askarlari amalga oshirgan. Voqea vaqtida bir rossiyalik ofitser va yollangan snayperlar ayrim fuqarolar tomonidan qo‘lga olinib, hukumat kuchlariga topshirilgan edi. Biroq keyinchalik ular sirli tarzda g‘oyib bo‘ldi, ularga nisbatan hech qanday qonuniy choralar ko‘rilmadi, hatto ular haqidagi ma’lumotlar ham ataylab unuttirildi. Bu haqda o‘sha paytdagi Muvaqqat hukumat a’zosi Azimbek Beknazarovning gaplari bor. Qonli mojaroni rus generallari uyushtirganini haqida Sobiq prezident Almazbek Atambayevning ham aytgan gaplari mavjud.

2. Komissiyalar va ularning maqsadlari qanday edi?

Mojaro paytida Jenevada BMTning navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi va unda rezolyutsiya qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiya doirasida voqeani tekshirish uchun Qirg‘izistonda bir qancha komissiyalar ish olib bordi.

A) Milliy komissiya. O‘sha paytda prezident Roza Otunboyeva Milliy komissiyaning ish olib borishi to‘g‘risida farmon chiqargan edi. Komissiyaning asl maqsadi bu voqea Rossiya tomonidan uyushtirilganini yashirish va odamlarni bu fojea “xalqaro mojaro” ekaniga ishontirish hamda bu bilan yangi hukumatni Rossiya tarafidan qo‘llab-quvvatlanishiga hissa qo‘shish edi.

B) Xalqaro komissiya. Xalqaro komissiyaning ishi asosan Rossiya tomonidan uyushtirilgan voqeani fosh qilish orqali rus mustamlakachiligiga hujum qilish bo‘lgan. Bundan ko‘zlangan maqsad Qirg‘izistondagi yangi hukumatning g‘arbparast bo‘lishiga yordam berish edi. Shuning uchun uning ishi AQSH, BMT, Yevropa Ittifoqi va boshqa G‘arb tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

V) Parlament komissiyasi. Ushbu komissiya fojea Rossiya tomonidan uyushtirilganligini yashirish hamda G‘arb aralashuvini qaytarish uchun tashkil etilgan edi. Shuning uchun bu komissiya xalqaro komissiya rahbarini “persona non-grata”ga aylantirdi. Qolaversa, ichki siyosatda yangi muxolifat sifatida yangi tuzulgan hukumatni zaiflashtirish ko‘zda tutilgan edi, chunki o‘sha paytdagi parlament deputatlarining aksariyati yangi hukumatni tan olishni istamagan edi.

3. “O‘sh fojeasi”ning asosiy o‘yinchisi kim edi?

“O‘sh voqeasi”ning asosiy o‘yinchisi Rossiya edi. Uning maqsadi O‘zbekistonni ODKB tuzog‘iga ilintirish edi.

4. Fojeani amalga oshiruvchisi kim edi?

Bu fojea Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi yangi hukumati, ya’ni Muvaqqat hukumat tomonidan amalga oshirildi. Zero, Rossiyaning bu hukumatni tan olishi va qo‘llab-quvvatlashi ham ushbu fojeaga bog‘liq edi.

Qolgan voqealar esa, mana shu tamoyillardan kelib chiqadigan tafsilotlar hisoblanadi.

Abdulhakim Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.