بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut Tahrir – muborak Falastin zamini Aqso masjidi markazidan turib Aqsoni mudofaa qilishni armiyalardan talab qilmoqda
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini Aqso masjidi markazida ommaviy namoyish uyushtirdi. Namoyishda musulmon qo‘shinlariga murojaat qilib, ulardan yahudiylarning muborak Aqso masjidiga qilgan tajovuzlari, uni oyoq-osti qilib, masjid hovlisiga o‘zlarining jirkanch bayroqlarini ilishlari va Rosululloh ﷺni tahqirlashlariga javob qaytarishni talab qildi.
Hizb o‘z ma’ruzasida bunday dedi: uy-joy quruvchi yahudiy qaroqchilar Rosulingiz ﷺning Isro maskani bo‘lmish Aqsoni oyoq osti qilishayotganini ko‘rmadingizmi?! Mana shu uy-joy quruvchi yahudiy qaroqchilar Aqso maydonida Rosulullohni haqorat qilishganidan xabaringiz bo‘lmadimi?! Ular Aqso masjidini oyoq osti qilishlari chog‘ida azon aytilishini man qilishganidan xabaringiz yo‘qmi?! Aqso masjidida mag‘zubi alayhimlar bayrog‘i tikilganini ko‘rmadingizmi?! Qalbingizdagi Islom hamiyati qachon qo‘zg‘aladi?! Qachon Alloh va Rosuliga nusrat berish uchun harakatga kelasiz?!
Hizb Misr, Shom, Iordaniya, Pokiston va Turkiya qo‘shinlaridan xoin hukmdorlarni ag‘darib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishni, so‘ng Baytul Maqdis sari yurish qilib, uni ozod qilishni hamda Rosululloh ﷺni tahqirlaganliklari uchun yahudiylardan qasos olishni talab qildilar. Shuningdek, Rosululloh ﷺga va Aqso masjidiga nusrat-yordam berish Alloh va Rosuli uchun o‘z jonini qurbon qilishni yaxshi ko‘ruvchi kishilardan boshqasi erisholmaydigan buyuk sharaf ekanini ta’kidladi. Darhaqiqat, Allohga, Uning Rosuli ﷺga yordam berish hamda Aqso masjidini ozod etish buyuk sharaf bo‘lib, unga anavi rejimlardagi qo‘rqoq va rasvolar yetisha olmaydi. Bu shunday sharafki, unga faqatgina Alloh uchun malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan muttaqin azizlargina erishadi.
Namoyish chog‘ida qilingan nutq matnini quyida havola qilamiz:
Bismillahir Rohmanir Rohim
Kuch-qudrat va nusrat qo‘lida bo‘lgan Allohga hamd bo‘lsin. Rosulullohga, u kishining ahli oilalariga, as’hoblariga va yaqinlariga salotu salomlar yog‘ilsin… Ammo ba’d:
Ey musulmonlar, ey musulmon qo‘shinlar!
Alloh va Rosuliga yordam berish vaqti kelmadimi?! Hali ham Robbingizni rozi qiladigan qudrat pozitsiyasini egallashingiz uchun vaqt kelmadimi?!
Uy-joy quruvchi yahudiy qaroqchilar Rosulingiz ﷺning Isro maskani bo‘lmish Aqsoni oyoq osti qilishayotganini ko‘rmadingizmi?!
Mana shu uy-joy quruvchi yahudiy qaroqchilar Aqso maydonida Rosulullohni haqorat qilishganidan xabaringiz bo‘lmadimi?!
Ular Aqso masjidini oyoq osti qilishlari chog‘ida azon aytilishini man qilishganidan xabaringiz yo‘qmi?!
Aqso masjidida mag‘zubi alayhimlar bayrog‘i tikilganini ko‘rmadingizmi?!
Qalbingizdagi Islom hamiyati qachon qo‘zg‘aladi?! Qachon Alloh va Rosuliga nusrat berish uchun qo‘zg‘alasiz?! Alloh xayringizni bersin, qachon Alloh va Rosuliga nusrat berish uchun harakatga kelasiz?!
Ayting, bularni ko‘rib qachon izzat-nafsingiz portlaydi?!
Nahotki, Rosululloh ﷺ sizning ko‘z oldingizda tahqirlansa?!
Ey Misr, Shom, Iordaniya, Pokiston va Turkiya qo‘shinlari! Alloh va Rosuliga yordam berish uchun fi sabilillah jihod qilishni nahotki sog‘inmadingiz?! Biz sizga Alloh Taoloning ushbu nidosi bilan nido qilamiz:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انْفِرُوا فِي سَبِيلِ اللهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الْأَرْضِ أَرَضِيتُمْ بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الْآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ * إِلَّا تَنْفِرُوا يُعَذِّبْكُمْ عَذَاباً أَلِيماً وَيَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّوهُ شَيْئاً وَاللهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ
«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 38-39]
Ey musulmonlar!
Mag‘zubi alayhimlar qadr-qimmatimizni toptashdi, dinimiz, Rosulimiz, izzatimiz hamda Rosululloh ﷺning Isro maskanlari bo‘lmish Aqso masjidimizni tahqirlashdi. Sizlar yana nimani kutyapsizlar?! Alloh uchun bizga shuni aytingchi, hamiyatingizni qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan yana qaysi gaplarni gapiraylik?!
Xoin ruvaybiza hukmdorlar sizni bo‘lib tashlashni, xorlashni hamda sizni qirg‘in qilish va boyliklaringizni talon-toroj etish uchun dushmanlaringiz bilan til biriktirishni ta’kidlash uchun musulmonlarning eng muqaddas tuprog‘i bo‘lgan Hijozda to‘planishdi. Sizlar esa, nima qilyapsizlar?! Nahotki, ana shularning hukmronligi ostida xorlik va xo‘rlikni qabul qilsangiz?!
Ey musulmonlar, ey zobit, qo‘mondon va shtab boshliqlari!
Aqso masjididan turib, sizdan Alloh va Rosuli uchun nusrat talab qilyapmiz, qabul qilasizmi?!
Aqso masjididan turib, sizdan Xalifalikni barpo etish va Rosulullohning Isro maskanini ozod etish uchun yordam so‘rayapmiz.
Aqso masjididan turib, sizdagi Islom hamiyatini qo‘zg‘ayapmiz, zora orangizdan biror rabboniy qo‘mondon chiqib, mujohid va fotih Salohiddin Ayyubiylar va Xolid ibn Validlar tarixini takrorlasa.
Rosululloh ﷺga va Aqso masjidiga nusrat-yordam berish Alloh va Rosuli uchun o‘z jonini qurbon qilishni yaxshi ko‘ruvchi kishilardan boshqasi erisholmaydigan buyuk sharafdir… Darhaqiqat, Allohga, Uning Rosuli ﷺga yordam berish hamda Aqso masjidini ozod etish buyuk sharaf bo‘lib, unga anavi rejimlardagi qo‘rqoq va rasvolar yetisha olmaydi. Bu shunday sharafki, unga faqatgina Alloh uchun malomatchining malomatidan qo‘rqmaydigan muttaqin azizlargina erishadi.
Sizga murojaatimiz mana shu. Ushbu murojaatimizni sizga yetkazib, unga qalblaringizni ochib berishini hamda sizlarni Aqso masjidi maydonida takbir sadolari ila kutib olishimizni, sizlar Rosululloh ﷺ Makka fathida takrorlagan
وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقاً
Ayting: «Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o‘chib-yo‘qoldi. Chunki botil yo‘qolguvchi narsadir» [Isro 81]
oyatini takrorlab turishingizni Alloh Taolodan so‘rab qolamiz.
Butun olamlar Parvardigori Allohga hamd bo‘lsin.
Hizb ut-Tahrir Muborak Falastin zamini
29 shavvol 1444h
19 may 2023m
Roya gazetasining 2023 yil 24 may chorshanba kungi 444-sonidan