Xalifalik davlati yo‘qligi sababli Nigeriya bolalari ochlikdan qirilmoqda

73
0

Xalifalik davlati yo‘qligi sababli Nigeriya bolalari ochlikdan qirilmoqda

Nigeriyaga o‘z ta’sirini o‘tkazayotgan ocharchilik krizisi, ayniqsa, yurtning shimoli-sharqida kuchayib bormoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Borno, Adamava va Yobe shtatlarida aholining 42 foizidan ortig‘i yetarli oziq-ovqatga ega emas. Xuddi shu shtatlarda gumanitar yordamga muhtoj odamlarning 80 foizidan ortig‘ini ayollar va bolalar tashkil qiladi. Hisobotda yurtning shimoli-sharqida bolalardagi to‘yib ovqatlanmaslik holatining kuchayib borayotgani «soatli bomba», deya baholandi hamda mamlakatda 2 million bolaning o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani qayd etildi. Axborot va madaniyat vazirligi kotibasi Lidiya Shexu Jafiyaning ta’kidlashicha, Nigeriya to‘yib ovqatlanmaydigan bolalar soni bo‘yicha Afrikada birinchi, dunyo bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi. Besh yoshgacha bo‘lgan taxminan 14,7 million bola o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. YUNISЕFning oziq-ovqat bo‘yicha Nigeriyadagi bosh direktori Ne’mat Hojibahiy mamlakatdagi bolalarning uchdan bir qismi oziq-ovqat juda ham tanqis bo‘lgan holatda hayot kechirishlarini ta’kidladi. Sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlanmaslik natijasida yuzaga kelgan ovqatlanishdagi buzilish holati bolalarda o‘smay yoki rivojlanmay qolish hamda immunitetning zaiflashishi kabi jiddiy sog‘liq muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Immunitetning zaiflashishi ularni o‘limga olib keluvchi yuqumli kasalliklarga ko‘proq moyil qilmoqda. YUNISЕF ma’lumotiga ko‘ra, Nigeriyada 5 yoshgacha bo‘lgan 36 million bolaning 15 millioni (42 foizi) bo‘yi o‘smaslikdan, 2,8 millioni g‘oyat ozg‘inlikdan, 30 millioni (83 foizi) kamqonlikdan aziyat chekmoqda. Bundan tashqari, YUNISЕF Nigeriyada har soatda 5 yoshgacha bo‘lgan 100ga yaqin bola to‘yib ovqatlanmaslik tufayli vafot etayotganini, bu kuniga 2400 o‘limga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.

Bolalarni ocharchilik balosiga giriftor qilgan narsalar giperinflyatsiya, oziq-ovqat mahsulotlari narxining yuqoriligi, o‘ta qashshoqlik hamda ichki urush sababli yuzaga kelgan xavfsizlikning izdan chiqishidir. Zero, bu ichki urushlar 2 milliondan ziyod insonning o‘z uyini tark etishiga olib kelib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘xtatib qo‘ydi. O‘tgan yili hukumat organlari tomonidan ba’zi qochqinlar lagerlarining yopilishi muammoni yanada kuchaytirdi. Ayni vaqtda hukumat vazirlari, BMT rasmiylari va boshqa xalqaro tashkilotlar quruq bayonotlar berish va foydasiz tashabbuslar ko‘rsatishdan boshqa narsa qilishmayapti. Zotan, bu tashabbuslarda oziq-ovqatga yetishishni yaxshilashga va’da berilgan esa-da, aslida ular odamlarning nochor hayotida hech qanday real o‘zgarishlarni olib kelmaydi. Bu esa ularning odamlar muammolari uchun hech qanday yechimga ega emasliklarini qayta-qayta isbotlamoqda.

Darhaqiqat, Nabiy ﷺ har bir inson o‘zining asosiy ehtiyojlarini qondirish huquqiga ega ekanini ta’kidlab, bunday marhamat qilganlar:

«لَيْسَ لِابْنِ آدَمَ حَقٌّ فِي سِوَى هَذِهِ الْخِصَالِ بَيْتٌ يَسْكُنُهُ وَثَوْبٌ يُوَارِي عَوْرَتَهُ وَجِلْفُ الْخُبْزِ وَالْمَاءِ»

«Odam bolasining yashaydigan uy, avratini yopgudek kiyim, bir burda non va suvdan iborat uchta asosiy ehtiyojidan boshqa narsalarga haqqi yo‘q». Biroq, Islom boshqaruvi, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik yo‘qligi sababli biz Ummatimiz farzandlarini yetarlicha qornini to‘yg‘aza olmayapmiz. Islomiy tuzum yo‘q bo‘lgani uchun Ummatdagi millionlab onalarning eng katta orzusi farzandlarini tirik saqlab qolish bo‘lib qolmoqda. Bir paytlar, Alloh Subhanahu va Taoloning hokimiyati bor zamonda Afrika dunyo oziq-ovqatining savati edi. Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu hukmronligi davrida ocharchilik yuz bergan paytda, Shimoliy Afrika Arab yarim oroli xalqini oziq-ovqat bilan ta’minlagan. O‘sha paytlarda musulmonlar yurtlari boyliklar bilan to‘lib toshgan edi. Hatto sakkizinchi asrda xalifa Umar ibn Abdulaziz hukmronligi davrida Islomning iqtisodiy siyosati va boyliklarning adolatli taqsimlanishi sababli Xalifalikning turli viloyatlarida zakotga muhtoj odam topilmay qolgan. Musulmon yurtlarining gullab-yashnaganiga, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasi jahonda birinchi o‘rinda bo‘lganiga, texnologik yutuqlarga hamda dunyodagi eng buyuk universitetlarning ba’zilari Afrikada bunyod etilganiga butun dunyo hasad qilgan paytlar bo‘lgan. Ammo bugungi kunda Afrika mintaqasini zulmat va umidsizlik qamrab olgan. Davlatlar inson tomonidan yaratilgan nuqsonli va buzuq tuzumlar ostida hamda o‘z xalqi haqida qayg‘urishni bilmaydigan xudbin hukmdorlar va rejimlar zamonida faqatgina kelajak avlodlarini tirik saqlab qolish uchun kurashmoqdalar.

Shubhasiz, Xalifalik davlati Ummatning himoyachisi bo‘lib, Islom shariati ostida Ummatni xavfsizlik va farovonlik bilan ta’minlay oladigan yagona tuzumdir. Islom Ummatining farzandlari qoldiq ovqatlardan ko‘ra yaxshiroq narsaga haqlidirlar. Ular, shuningdek, barcha ehtiyojlarini qondiradigan, yovuzliklardan saqlaydigan va insoniyatga o‘rnak, ziyoli avlod qilib yetishtiradigan tuzumga loyiqdirlar!

وَمَا أَصَابَكُمْ مِنْ مُصِيبَةٍ فَبِمَا كَسَبَتْ أَيْدِيكُمْ وَيَعْفُو عَنْ كَثِيرٍ

«(Ey insonlar) sizlarga ne bir musibat yetsa, bas o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa-gunoh sababli (yetur). Yana U ko‘p (gunohlarning jazosini bermasdan) afv qilib yuborur» [Sho‘ro 30]

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot

bo‘limi ayollar qanoti mudirasi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.