Amerika o‘zining zahri qotil rejasi pishib yetilguniga qadar, qayta-qayta sulh tuzish siyosatini qo‘llab, kurash muddatining cho‘zilishiga ishora qilyapti
Saudiya Arabistonining rasmiy axborot agentligi Jidda shahrida Sudan Qurolli kuchlari bilan Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar o‘rtasida imzolangan «qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi»ning to‘liq matnini e’lon qildi. Kelishuvning 2023 yil 22 may dushanba kuni tunda kuchga kirishi aytilgan. Kelishuvga ko‘ra, «har ikki tomon ham bir hafta davomida tinch aholining harakatlanish erkinligini ta’minlash hamda insonparvarlik va gumanitar yordamlar oqimi orqali insonparvarlik faoliyatlarini osonlashtirish majburiyatini oladilar».
Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari mamlakatdagi ushbu halokatli vaziyat, qayta-qayta tuzilayotgan sulhlar hamda urushni atayin to‘xtatmaslik qarshisida quyidagilarni ta’kidlaymiz:
Birinchi: Arab davlatlari Ligasi Sudanda sodir bo‘layotgan ishlar uning ichki masalasi ekanini, tashqi davlatlarning aralashishi joizmasligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, biroq Jidda shahrida sodir bo‘layotgan ishlarni kuzatgan kishi Sudandagi vaziyatni boshqarayotgan ham, u yerdagi muzokaralarni nazorat qilayotgan ham Amerika ekaniga guvoh bo‘ladi. Masalan, AQSH Davlat kotibining Afrika masalalari bo‘yicha yordamchisi Molli Fi 2023 yil 14-16 may kunlari o‘zining Addis-Abebadagi uchrashuvida ikki tomon o‘rtasida imzolangan hujjat haqida so‘z yuritib, gumanitar yordamlarga ruxsat beruvchi qisqa muddatli otashkesimga erishish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar haqida ma’lumot berib o‘tdi». (Hakim net, 2023 yil 16 may). Bundan tashqari, AQSH davlat kotibi kurashayotgan har ikki taraf bilan ham aloqa qilib turibdi.
Ikkinchi: Amerika qayta-qayta tuzilayotgan sulhlar bilan kurash muddatini uzaytirmoqchi bo‘lyapti. Zero, bu birinchi sulh emas va oxirgisi ham bo‘lmaydi. Chunki ushbu kelishuvning «d» bandida bunday deyilgan: «Tomonlar ayni kelishuvni qo‘shimcha muddatlarga uzaytirish yoki yangilash to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin».
Uchinchi: bu mojarodan birinchi va oxirgi foyda ko‘ruvchi taraf kofir Amerikadir. U ayni behuda urush orqali o‘z odamlari (armiya)ning hokimiyatdagi mavqeini Britaniyaning fuqarolik tuzilmadagi odamlariga qarshi mustahkamlamoqda. Mana, masalan, jamoatchilik armiya atrofida to‘planib, uni qo‘llab-quvvatladi va bu Amerikaning istagidir. Shunday qilib, Amerika fuqarolik tuzilmani haqiqiy boshqaruvdan uzoqlashtirishni yoki kelajakda uning kuchini zaiflashtirishni ta’minladi.
Xulosa: Urushni cho‘zayotgan sulhlar yechim emas. Aksincha, urushni darhol to‘xtatish, Allohga qaytib, tavba qilish va Islomni hokimiyatga olib chiqish to‘g‘ri yechimdir. Bunga Hizb ut-Tahrirga nusrat berib, buyuk Islom qal’asi bo‘lgan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilan erishiladi. Zero, Xalifalik qurolli kuchlardan uning o‘zini yo‘q qilish va mustamlakachi kofirlarning yurtimizdagi qirg‘inbarot loyihalariga xizmat qilish uchun emas, balki kofir dushmanlarga qarshi foydalanadi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا للهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]
Hizb ut-Tahrirning
Sudan viloyatidagi
matbuot bo‘limi