Rohinga musulmonlari qirgʻin, xorlik va quvgʻinga duch kelmoqdalar

713
0
Ethnic Rohingya refugees arrive on dry land after being rescued by Acehnese fisherman Jan. 7, 2009 on Sabang, Island off the coast of Banda Aceh, Indonesia. 193 men of Rohingya ethnicity, 17 from Bangladesh and the others from Myanmar allege that they were mistreated by Thai soldiers and then towed to sea and left to drift with inadequate supplies.(AP Photo)

Rohinga musulmonlari qirgʻin, xorlik va quvgʻinga duch kelmoqdalar

Butun dunyo ulardan voz kechib, dushmanga tashlab qoʻydi!

Mьyanma armiyasi sodir etgan vahshiyona qirgʻin oqibatida yuzlab Rohinga musulmonlari Rohin shtatidan qochib chiqmoqda. Bu qirgʻin 9 oktyabrda chegara qoʻriqchilariga qilingan hujum ortidan sodir etilgan. Chegara qoʻriqchilariga qilingan hujumni Rohinga ekstremistlari deya nomlangan guruh sodir etgani iddio qilinmoqda. Xabarlarga qaraganda, vahshiylik shu darajaga yetganki, oʻtgan haftalar mobaynida ayollar, bolalar, emiziklik goʻdaklar doxil yuzlab musulmon oʻldirilgan, oʻtgan bir ikki kun ichida harbiy vertolyotlardan tinimsiz oʻq uzib, begunoh Rohinga musulmonlari qatli om qilingan, “etnik tozalash” amaliyoti oʻtkazilgan… Aholining taʼkidlashicha, ayollar va bolalar qirgʻindan qochib, Bangladeshga yetib olish uchun Naf daryosini kechib oʻtishga urinayotgan paytda hujumga uchraganlar va ulardan 70 nafardan ziyodi oʻldirilgan. Shuni taʼkidlash lozimki, jinoyatkor Shayxa Hasinaning chegara qoʻshinlari Bangladeshga yetib kelgan qochqinlardan koʻpchiligini yurtga kiritmay quvib solgan… Koksbozor sektori rahbari Bengal chegara kuchlari tomonidan 86 nafar Rohinga quvib yuborilganini, ulardan 40 nafari ayol, 26 nafari bolalar boʻlganini hikoya qiladi. Hasina rejimi Rohinga qochqinlarini yurtga kiritmaslik uchun chegara patrullari sonini koʻpaytirdi. Hozirda koʻplab qochqinlar qayoqqa borishni bilmay, dengizda sarson yurganlari aytilmoqda. Bulardan tashqari, oʻtgan haftalarda Rohin shtatida yashovchi oʻnlab pokiza opa-singillarimiz Birma askarlari tomonidan zoʻrlanganlari toʻgʻrisida ham xabarlar bor. Masalan, “Reyter” axborot agentligi Yushikiya qishlogʻidagi 8 nafar Rohinga ayollaridan intervьyu olgan, ayollar uylariga Birma askarlari bostirib kirishganini, mol-mulklarini talashib, qurollari bilan tahdid qilgan holda zoʻrlashganini aytib berganlar. Muslimalardan birining aytishicha, toʻrt nafar askar ularning uyiga bostirib kirib, avval ayolning oʻzini, soʻng 15 yoshli qizini jamoiy tarzda zoʻrlashgan.

Bundan tashqari, joriy yil 13 noyabrda Xьyuman Rayts Uotch tashkiloti sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlarni tarqatdi. Suratlarda Rohinga qishlogʻiga jamoiy tarzda hujum qilinib, uy-joylar yoqib yuborilgani aks etgan. 400dan ziyod uyga oʻt qoʻyish jinoyatida Birma kuchlari ayblanmoqda. Ular oʻtgan oydan beri ayni shtatni qamal qilib, u yerga insonparvarlik yuklarini kiritmayapti. Aholiga oziq-ovqat va dori-darmon yetib bormasligi oqibatida insonparvarlik yordamlariga qattiq muhtoj boʻlgan musulmonlar soni 80.000dan ortib ketgan. Bularning barchasidan tashqari, Birma politsiyasi Rohin shtatida yashovchi budparastlar va boshqa gʻayrimusulmon kimsalarni armiyaga safarbar qilib, “regional politsiya” sifatida ularni mashqdan oʻtkazayotganini eʼtirof etdi, tabiiyki, bundan Rohinga musulmonlarini qirgʻin qilishni toʻxtatmay davom ettirish koʻzlangan.

Mьyanmadagi jinoyatkor harbiy kuchlar Rohinga musulmonlariga qarshi qatli om va vahshiylarcha etnik tozalash amaliyotlarini davom ettirishda ekstremizmga qarshi kurash, degan yolgʻondan foydalanishmoqda. Bugun rohingalik musulmon va muslimalar doxil bizning birodarlarimiz butunlay qirib yoʻq qilib tashlashdek ehtimoliy xavf yoqasiga kelib qolganlar. Biroq bunga butun dunyo lom-mim demayapti, ularni himoya qilish uchun birorta ham davlat qimir etmayapti!

Aun San Su Chji xonim ham, uning hukumatni boshqarayotgan “Demokratiya sari Milliy Assotsiatsiya”si ham, BMT ham, Aun San Su Chji oʻz manfaatidan boshqa narsaga parvo qilmaydigan kapitalistik Gʻarb hukumatlari ham, barchasi ayni qatli om qarshisida sukut saqlamoqqa qaror qilishgan. Ular aybsiz musulmon ayollar va bolalarni saqlab qolish, oʻz siyosiy manfaatlarini, xudbin iqtisodiyotlarini xavf ostiga qoʻyishga arzimaydi, deb hisoblashadi. Bu esa yanada koʻproq narsaga, yaʼni mazlumlarni himoya qilishda demokratiyaga mutlaqo ishonib, tayanib boʻlmaydi, degan narsaga dalolat qilmoqda. Bir vaqtning oʻzida, islomiy yurtlardagi nomard rejimlar, musulmonlarning qirgʻin qilinayotgani va dengizlarga choʻkib halok boʻlayotganlarini tomosha qilish ularni xavfsizlik bilan taʼminlashdan va mudofaa qilish uchun armiyalarini safarbar qilishdan afzal, deb bilishmoqda. Bunga ularning millatchilikka asoslangan qabih tuzumlari sabab, albatta.

U holda, fuqarolikdan mahrum Mьyanma musulmonlarini kim himoya qiladi? Bugun dunyoda jinoyatkor kapitalistik tuzum hukmronligi ostida begunoh ayollar va bolalar hayvondek ovlanmoqda, qirib tashlanmoqda… Bu bechoralarni oʻz himoyasiga oladigan yer topilmayapti, iflos jinoyatchilar pokiza dugonalarimizni tahqirlashmoqda, islomiy yurtlar rahbarlari esa bularni qoralab, norozilik bildirishdan nariga oʻtishmayapti, hatto koʻpchiligi musulmonlarni dushman qoʻliga topshirishni afzal sanashmoqda… Biroq Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati Allohning izni ila, yaqinda barpo etilib, musulmon va muslima Rohinga musulmonlariga albatta yordam berishga shoshiladi. Ushbu davlatning xalifasi ham, armiyasi ham ularni qutqarib, tinch xavfsiz hayot bilan taʼminlab, dushmanlaridan intiqom olmagunlaricha mutlaqo uyqulari kelmaydi. Chunki roshid Xalifalik davlati, Islom bayon qilganidek, musulmonlar qonini daxlsiz, deb biladi. Shu bois musulmon qonining bir tomchi boʻlsa ham nohaq toʻkilishiga yoʻl qoʻymaydi. Shuning uchun biz barcha musulmonlarni mana shunday buyuk davlatni barpo qilish uchun ildam odim tashlab harakat qilishga daʼvat qilamiz, uning dunyodagi – musulmon va gʻayrimusulmonmi farqsiz – barcha mazlum insonlarni qutqaruvchi davlat boʻlgani uchun ham zudlik bilan barpo etishga daʼvat qilamiz!781

D. Nasrin Navoz

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi ayollar qismi mudirasi

telefon-faks: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: ws-cmo@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.