AQSHni vaqtincha defoltdan saqlaydigan qonun loyihasi ma’qullandi
AQSH qarz limitini, ya’ni qarz olishi mumkin bo‘lgan pul miqdorining eng yuqori chegarasini oshirish orqali mamlakatni defoltga uchrashini vaqtincha oldini oladigan qonun loyihasini ma’qulladi. Shunday qilib, qarz limitini oshirish AQSH hukumatini naqd pul yetishmaslik muammosidan va defoltga tushib qolishdan vaqtinchalik qutqargan bo‘ldi. Bayden ma’muriyati va vakillar palatasi o‘rtasidagi og‘zaki kelishuv 5 iyunga qadar qonunga ko‘chishi kerak. Aks holda, mamlakat defoltdan qutula olmaydi.
Bundan avval AQSH moliya vaziri Janet Yellen, agar kongress qarz limitini birinchi iyungacha oshirmasa, mamlakat naqd pul taqchilligiga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirib, AQSH kongressi vakillar palatasi spikeri Kevin Makkartiga maktub yozgan edi. Yellenning ta’kidlashicha, kongress imkon qadar tezroq chora ko‘rib, qarz limitini oshirmasa, bunday vaziyatda hukumat maosh, nafaqa va boshqa to‘lovlarni to‘lay olmaydi va bu holat amerikalik oilalar uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi.
“Bu kongressning ishi. Agar ular muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, o‘z qo‘limiz bilan iqtisodiy va moliyaviy falokatni yuzaga keltirgan bo‘lamiz”, degan edi Yellen.
Izoh: “Agar biz defolt bo‘lsak, butun dunyo muammoga duch keladi”, “Iqtisodiyotimiz tanazzulga yuz tutadi va xalqaro obro‘yimizga jiddiy putur yetadi”, deya jar solgan Jo Bayden xorijiy safarlarini to‘xtatib bo‘lsa ham, kongressda ko‘pchilikni tashkil qiluvchi muxolif respublikachilar bilan AQSHni vaqtinchalik defoltdan saqlab turadigan kelishuvga erishdi. Aslida Amerikada yuzaga kelgan bu inqiroz shunchaki bir davlatning inqirozi emas, balki kapitalizm hazoratining inqirozidir. Bu G‘arb mufakkirlari tarafidan ham tan olinmoqda. Chunki bu inqirozlarning barchasi kapitalizm sababli yuzaga kelmoqda.
Soha mutaxassislariga ko‘ra, hozirda AQSHning umumiy qarzi 31,4 trillion dollarga yetgan. Mazkur ko‘rsatkich mamlakat yalpi ichki mahsulotining 125 foiziga to‘g‘ri keladi. Bu esa Amerikaning real kamomadga ega ekanligini va eng yomon ahvolga tushib qolganini anglatadi.
Ko‘p hollarda bunday qarzlarning yarmi ham davlatni qulashiga kifoya qiladi. Shunga qaramay AQSHning qulamayotganining sababi shuki, dunyoda birinchilik maqomiga ega bo‘lgan hech bir davlat har qancha inqirozlarni boshdan kechirmasin, o‘z-o‘zidan qulamaydi yoki olamdagi birinchi davlat maqomidan tushib qolmaydi. Qachonki, undan ko‘ra kuchliroq hayotiy qiymatlarga ega, ya’ni fitratga mos keladigan va aqlni qanoatlantiradigan to‘g‘ri mabdaga ega boshqa bir davlat yuzaga kelsagina ichidan chirib bitgan davlatlar uning qarshisida qulashga mahkum bo‘ladi.
Bunday sifatga ega davlat yagona Islom davlatidir. Demak, Islomiy hazoratni butun olamga olib chiqadigan Islom davlati vujudga kelishi bilanoq, bugungi kunda nafaqat moliyaviy jihatdan, balki iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa jihatlardan insonlarning muammolarini hal qilishdan ojiz qolayotgan badbo‘y hazoratlar uning oldida tiz cho‘kishi muqarrardir.
Ammo shuni ham e’tibordan qochirmaslik kerak, chirib qulash arafasiga kelib qolgan G‘arb hazoratining o‘rnini egallashi kutilayotgan Islom hazorati o‘z-o‘zidan hayot maydoniga kelib qolmaydi. Balki buning uchun u o‘z sohiblaridan, ya’ni musulmonlardan fikriy-siyosiy kurashni, fidoiylikni talab qiladi. Chunki bu Rosululloh ﷺning davlat tiklash tariqatlaridir.
Zohid Zargar