T.Sariev: BIga a’zo bo’lish, undan voz kechishdan ko’ra foydaliroq

381
0

1400593847_49615700 “Qirg’izistonni Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lishi: foyda va ziyonlari” masalasi bo’yicha 20 may kuni bo’lib o’tgan parlament yig’ilishida Qirg’iziston iqtisod vaziri Temir Sariev, “Bojxona ittifoqiga a’zo bo’lishni asosiy salbiy oqibatlari uzoq xorijdan olib kelinayotgan maxsulot narhlarini oshishidir”, – dedi.

 Uning so’zlariga ko’ra, Rossiya, Belorus va Qozog’istondan olib kelinadigan maxsulotlar narhini oshishi kutilmadi. “Shuningdek, Xitoy bilan bo’layotgan savdo ko’lami qisqarishi mumkin. Ammo shu bilan birga tikuvchilik sanoatimizni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar paydo bo’ladi, yangi iste’mol bozorlari ochiladi. Yana mehnat muhojirlarimizga ham engillik bo’ladi” – dedi iqtisod vaziri.

 Iqtisod vazirining qayd qilishicha, BI a’zo bo’lmagan mamlakatlar uchun bojxona jarayonini murakkablashishi sababli, tashkilotga a’zo bo’lishni rad etish birinchi navbatda kichik va o’rta biznesga ta’sir ko’rsatadi. “Savdogarlar ishdan ayriladi, ko’plab tadbirkorlar iste’mol bozorini yo’qotadi. Bularni barchasi davlat byudjetiga soliqlar kelib tushishini kamaytiradi va undagi kamomadni o’sishiga olib keladi. Bundan tashqari benzinga 348 dollar, dizel yoqilg’isi uchun 251 dollar miqdorida eksport boji kiritiladi, bu esa yoqilg’i moylash maxsulotlari narhini oshishiga olib keladi va iqtisodni boshqa sohalariga ham ta’sir ko’rsatadi”, – deb xulosaladi Temir Sariev.

 Turiston:

 Rossiya Qirg’izistonga hech qanday ixtiyor bermay BIga a’zo bo’lishi uchun prezident va hukumatga to’g’ridan-to’g’ri bosim o’tkazmoqda. Bu haqida prezident Atambaev 2013 yil 16 dekabr kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida, “Naxotki sizlar meni shu vaqtga qadar bilmaysizlar? Mamlakat ziyoniga biror bir amalga borishlikka majburlash maqsadida menga bosim o’tkazishlik befoyda. Biz Bojxona Ittifoqiga bizning talablar bajarilgan taqdirdagina qo’shilamiz. Atambaevni shantaj qilishning esa imkoniyati yo’q, men obdon toblanib bo’lganman. Bizda tanlov imkoni kam, ammo biz faqat qirg’izlarni qanoatlantiradigan va bizning manfaatlarimizni himoya qiladigan yo’ldan yuramiz”, – degan edi.

 Prezidentning bu bayonotidan hech qancha vaqt o’tmay, 2014 yil 11 yanvar kuni Botken viloyati orqali o’tgan qirg’iz-tojik chegarasida ikki davlat chegarachilari o’rtasida o’qotar qurol va hatto granatomyotlardan foydalangan holda otishma bo’lib o’tdi. Shundan so’ng ikki davlat o’rtasidagi chegaralar uzoq vaqt berkitib qo’yildi. Bu narsa esa asosan Xitoydan tovar olib kelib qo’shni respublikalarga sotishga ixtisoslashgan Qirg’iziston iqtisodiga jiddiy ta’sir ko’rsatdi.

 Keyinchalik Qirg’iziston Bosh vaziri Jo’mart O’tarboev 7 may kuni bergan bayonotida, ayni vaqtda iqtisod vaziri o’rinbosari Daniil Ibraev boshchiligidagi delegatsiya Moskva shahrida Qirg’izistonni BI a’zo bo’lish muddatini bir yilga kechiktirish uchun rus hukumati vakillari bilan muzokara olib borayotganini ma’lum qildi.

 Bu bayonot ortidan 7 may kuni tahminan soat 19: 20da Botken viloyati Botken tumanida jaylashgan Yakka o’rik qishlog’ida Qirg’iziston va Tojikiston fuqarolari o’rtasida mojaro bo’lib o’tdi. 7 soat davom etgan tartibsizliklarda har ikki tomondan 1500 odam ishtirok etgan va o’zaro bir-birlarini toshbo’ron qilganlar. Mojaro natijasida Qirg’iziston fuqarolaridan kamida 14 kishi jarohat olgani, ulardan 9 nafari Botken viloyat kasalxonasiga yotqizilgan xabar qilindi. Bundan tashqari qirg’iz rasmiylari 12 militsiya xodimi toshbo’ronda qolib jarohatlangani, Botken tuman militsiyasi boshlig’ining o’rinbosari Duyshen Niyazqulov boshidan jarohatlanib kasalxonaga yotqizilganini bildirishdi. Shundan so’ng Qirg’iziston hukumati garchi bu tashkilotga a’zo bo’lishni foydasidan ko’ra ziyoni ko’p bo’lsada unga a’zo bo’lish uchun harakatlarni qaytadan jonlantirib yuborishdi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.