Yahudiylarning Afrikadagi ochko‘zligini Xalifalik davlatidan boshqasi to‘xtata olmaydi!

90
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yahudiylarning Afrikadagi ochko‘zligini Xalifalik davlatidan boshqasi to‘xtata olmaydi!

(Ikkinchi halqa)

Ustoz Abdulxoliq Ebdun Ali

Hizb ut-Tahrirning Sudan

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

«Albawabhnews» veb-saytining 2021 yil 19 oktyabrda «i24news»ga tayanib nashr qilgan xabariga ko‘ra, Tel-Aviv aslida 54ta davlatdan hozirda 46tasi bilan aloqa o‘rnatgan, ulardan 11tasida Tel-Avivning elchixonasi bor. Ular Ruanda, Janbiy Afrika, Keniya, Nigeriya, Kamerun, Angola, Efiopiya, Eritreya, Gana, Kot-d’Ivuar va Senegal davlatlaridir. Shuningdek, Afrika davlatlaridan 15tasining Tel-Avivda elchixonalari bor.

Ibroniy ommaviy axborot vositalarining xabar qilishicha, yahudiy armiyasi qo‘mondonlari hozirda mazkur davlatlar, ayniqsa, Efiopiya, Zambiya va Kot-d’Ivuarga ularning armiyalariga harbiy ta’lim berish uchun bemalol boradigan bo‘lib qolgan. Ushbu axborot vositalari ularning harbiy hamkorligini «harbiy diplomatiya» nomi bilan ta’rifladi. Hozir bu hamkorlik, xususan, Afrika davlatlarida doimiy yahudiy harbiy attashelarini tayinlashni ham o‘z ichiga olmoqda. Bundan tashqari, Afrika davlatlarining, ayniqsa, fuqarolar urushlari va qatli om operatsiyalari ko‘p bo‘layotgan Ruanda, Janubiy Sudan va Kongo armiyalarining aksar qurollari yahudiy vujudining qurollarini tashkil qiladi. Ibroniy tilda chiqadigan «Gaares» gazetasi xabariga ko‘ra, yahudiy vujudi Afrikaga 170 million dollarlik qurol-yarog‘ sotgan va bu raqam har yili 2.5 foizga oshib bormoqda.

Yahudiy vujudi tashqi ishlar vazirligi 2021 yil 22 iyulda o‘zining Yevropa Ittifoqidagi elchisi Admas Alaliga Afrika Ittifoqining kuzatuvchi a’zosi sifatida ishonch yorlig‘ini topshirganini e’lon qildi. Biz Efiopiya haqida so‘z yuritar ekanmiz, bu vujudning ayni davlatdagi xatti-harakatlari u yerda Nahza (Xidase) to‘g‘oni mavjudligiga, shuningdek, Nil suvlarini o‘z nazoratiga olish maqsadiga qaratilganini ham ta’kidlamoqchimiz. Chunki aholi punktlarini suv bilan ta’minlash masalasi yahudiy vujudi uchun asosiy ehtiyoj sanaladi. So‘ng o‘nlab yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar yahudiy vujudining suv resurslari bo‘yicha krizisni boshdan kechirayotganini ko‘rsatmoqda. Yahudiy mutaxassislarining tili bilan g‘oyat xavfli, deya aytilgan bu krizis yahudiylar iqtisodiyotiga misli ko‘rilmagan darajada tahdid solmoqda.

So‘nggi yillarda yahudiy ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Falastinning ishg‘ol ostidagi yerlaridagi ko‘llar, daryo havzalari va yer osti suvlari so‘nggi 100 yil ichida misli ko‘rilmagan darajaga tushib ketgan hamda Tveriya ko‘li xavfli ravishda «qizil chiziq»qa yaqinlashib qolgan. Bu degani suv ozayib ketib, boshqa shaharlarga ko‘l suvini yuborib turuvchi nasoslar tortadigan chiziqdan ham pastga tushib ketganini anglatadi.

Yahudiy vujudi tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, turmush darajasini yaxshilash va aholi punktlarini qurish suvni har yili 600 million kubometrga ko‘paytirishni talab qiladi. Agar bunga erishishning iloji bo‘lmasa, u holda, uning uchdan bir qismini qishloq xo‘jalik loyihalari hisobidan ta’minlash kerak bo‘ladi, bu esa, «aholi taqsimoti» dasturidan kelib chiquvchi zararlarga qo‘shimcha, iqtisodiy krizisni keltirib chiqaradi.

Mana shu omillarning barchasi yahudiy vujudini Nil daryosiga oid Nahza to‘g‘oni masalasida qatnashishga bevosita majbur qilmoqda. Chunki u o‘zining Falastindagi siyosiy va xavfsizlik jihatidan joylashuvini mustahkamlashi kerak, uni mustahkamlash bilan esa, keyingi bosqichdagi loyihalarni, ya’ni Nil suvlarini aholi punktlariga yetkazish rejasini jonlantirishga muvaffaq bo‘ladi. Chunki u o‘zining kengaytirish va ko‘chmanchi yahudiylarni ko‘proq olib kelish istagi ortib borayotgan bir paytda, suv xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarning jiddiyligini anglamoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, Nil suvlarini bosib olingan Falastinga olib kelish 1992 yil Venada o‘tkazilgan ko‘p tomonlama muzokaralarda o‘rtaga tashlangan eng muhim loyihalardan biri sanaladi. O‘shanda yahudiy muzokarachilari ayni maqsaddan aslo voz kechmaslikda qattiq turib, buni o‘z «davlat»larining kelajakda suvga, shu jumladan Nil suvlariga muhtojligi bilan dastaklashgan. Buni Den Salazevski ismli bir yahudiy «kimning maqsadi tinchlik bo‘lsa, suv masalasida biz bilan tortishmasin», deya ochiq aytgan.

Yahudiy vujudining Nahza to‘g‘oni masalasidagi geosiyosiy ko‘lami 60-yillarga borib taqaluvchi g‘oyaning kelib chiqishi bilan bog‘liq. Chunki Misr Jamol Abdunnosir boshchiligida Asvon Oliy to‘g‘onining qo‘rilishiga rahbarlik qilishi ortidan, o‘sha yillardayoq AQSH ma’muriyati bu to‘g‘onni yahudiylar foydasiga tadqiq qilgan. O‘sha paytlarda AQSH Qishloq xo‘jaligini melioratsiya qilish byurosi 1954-1956 yillar oralig‘ida Efiopiyada to‘g‘on qurish uchun bir necha tadqiqotlar o‘tkazib, 26ta joyni aniqladi va ulardan eng muhimi asosiy Moviy Nildagi to‘rtta to‘g‘on bo‘ldi: Karadubi to‘g‘oni, Mobil to‘g‘oni, Mandaya to‘g‘oni va Buondari (Nahza) to‘g‘oni. Tadqiqotda to‘g‘on qurilishidan so‘ng qishloq xo‘jalik yerlarini qayta tiklash ham o‘rganib chiqildi. Amerikaning bu tadqiqotlari 1957 yil Vashington bilan Addis-Abeba o‘rtasida imzolangan rasmiy kelishuv ortidan boshlandi, so‘ng bu orada Jamol Abdunnosir Nil daryosi mamlakatlari o‘rtasida bir qo‘shma texnik mutaxassislar hay’ati tuzish taklifini kiritdi, ammo Efiopiya uni rad qildi.

Yahudiy vujudi Efiopiyani Afrikaga chiqish joyi va strategik yo‘lak qilib olmoqchi. Bu yo‘lak unga Afrika shoxida siyosiy, xavfsizlik va harbiy kanallarni ochishga imkon beradi. O‘z navbatida, Efiopiya, Eritreya va Jibuti davlatlari bilan hamkorlik qilish orqali uning Yaqin Sharqda davom etayotgan kurashi uchun dastak bo‘ladi. Darhaqiqat, uning bu maqsadi Qizil dengiz mintaqasidagi, xususan Yamandagi o‘zgarishlar orqali yanada mustahkamlandi.

Yahudiy bosh vaziri Netanyaxu 2016 yil iyuldagi Efiopiya safari chog‘ida Efiopiya parlamenti oldida qilgan nutqida «Biz Efiopiyani suv resurslaridan foydalanishi uchun texnologiya bilan qo‘llab-quvvatlaymiz», dedi. Uning bu bayonoti Efiopiyani Nahza to‘g‘oni masalasida Misr bilan bo‘layotgan mojarosida ochiq qo‘llab-quvvatlash sifatida qabul qilindi. Ayniqsa, uning ushbu Efiopiya safari o‘sha oyda Efiopiyaning Nahza to‘g‘onini Moviy Nil suvlari bilan birinchi bosqichdagi to‘ldirishni amalga oshirgan paytiga to‘g‘ri keldi. Yahudiy vujudining Efiopiyani qo‘llab-quvvatlovchi bayonotlari davom etdi. Masalan, 2019 yil dekabr oyida yahudiy vujudi tashqi ishlar vazirining Afrika masalalari bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Eynat Shelin Tel-Avivning «suvni boshqarish bo‘yicha o‘zining ulkan tajribasini Addis-Abeba bilan baham ko‘rish»ga tayyorligini bildirdi. Undan oldin esa, yahudiylarning Efiopiyadagi elchisi Rafael Morav yahudiy vujudining Efiopiyada zamonaviy sug‘orish tizimini joriy etish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan edi.

Siyosiy qo‘llab-quvvatlovga qo‘shimcha, 2019 yil iyulda ibroniy Debka veb-sayti yahudiy vujudining Efiopiyadagi Nahza to‘g‘oni yaqiniga «Spyder-MR» raketa tizimini joylashtirish ishlarini tamomlagani to‘g‘risida xabar nashr qilgan. Yahudiy vujudi bu ma’lumotni inkor qilgan esa-da, biroq Efiopiyaning «Isroil»dagi sobiq elchisi Yosef Xilavi yahudiylar qo‘lida Efiopiyadagi GESlarni, shu jumladan Nahza to‘g‘onini boshqarish bo‘yicha shartnomalar mavjudligi haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Yahudiy vujudining Efiopiyada sug‘orish, elektr va suv sohalarida 240 nafar investori ishlamoqda. Shuningdek, to‘g‘on qurilishi tugaganidan so‘ng bu vujud Efiopiya suvlari orqali ulkan sug‘orish loyihalarini amalga oshirish bilan bir qatorda sug‘orish tizimlarini rivojlantirish uchun 200 million dollar mablag‘ ajratgan.

Ko‘pgina ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, yahudiy vujudi tashqi ishlar vazirligidagi muzokaralar guruhi Efiopiyaning Misr bilan olib borayotgan muzokaralari uchun mexanizm ishlab chiqib bergan va guruhda sobiq tashqi ishlar vaziri Shaul Mofaz, «Mossad» sobiq razvedkachisi David Kimxi kabilar bo‘lgan. Bundan tashqari, yahudiy hukumati Markaziy bankda Nahza to‘g‘oniga xizmat ko‘rsatish uchun obligatsiyalar va veksellarga yo‘naltirilgan xayriyalarni yig‘uvchi fond ochgan. O‘z navbatida, Efiopiya hukumati ham eksperimental bosqichlarda ishlash uchun yahudiy ekspertlari va texniklarini jalb qildi. Bir vaqtning o‘zida, Sudan irrigatsiya vazirligining sobiq maslahatchisi Haydar Yusuf Efiopiya suv vazirligida yahudiy suv mutaxassislarining maxsus bo‘limi mavjudligini ochiqladi.

Yahudiy vujudining Sudandagi ochko‘zligiga kelsak, buni har ikkala tomon rasmiylarining bo‘zchining mokisidek tinimsiz olib borayotgan bordi-keldilaridan yaqqol ko‘rish mumkin. Ularning yaqindagisi yahudiy tashqi ishlar vaziri Eli Koenning Sudanga kelishi bo‘ldi. Uni Sudan suveren kengash raisi kutib olib, uning Falastin ahli qoniga botgan qo‘lini ushlab ko‘rishdi. (Davomi bor).

Roya gazetasining 2023 yil 22 mart chorshanba kungi 435-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.