Misr rejimi Islomga qarshi kurashish va musulmonlarni bostirish bilan Gʻarb roziligini soʻrayapti

436
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr rejimi Islomga qarshi kurashish va musulmonlarni bostirish bilan Gʻarb roziligini soʻrayapti

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrir – Misr viloyati

matbuot boʻlimi aʼzosi

2019 yil 6 iyul shanba kuni Arabiy 21 veb-sayti “Ekonomist” gazetasida nashr qilingan bir hisobot tarjimasini nashr qildi. Hisobotda Misr davlatining Sisiy boshqaruvi ostida qulayotgani hamda Misrning boshboshdoqlik-xaosga kirishi oqibatlari haqida soʻz yuritiladi. Maqolaga koʻra, Misr prezidenti 2015 yilda – agar Misr qulasa, butun dunyoning misli koʻrilmagan sonda “IShID” tashkiloti jangarilariga guvoh boʻlishini bashorat qilgan. Bu kabi bayonotlar Sisiyning qudratda qolish yoʻlida olib borayotgan strategiyasi doirasiga kiradi. Bu asosan, ichkarida musulmonlarni bostirish, tashqarida agar uning rejimini qoʻllab-quvvatlashmasa, buning oqibatlari Misrning xaos qurboni boʻlishiga olib borishi bilan xorijiy davlatlar hukmdorlarini ogohlantirish strategiyasidir.

Gazetada taʼkidlanishicha, “ayni strategiya oʻz samarasini berdi. Misr prezidenti AQShdan aynan Ixvon jamoasi masalasida yordam olmoqda. Biroq Yevropa bunga nisbatan salbiy pozitsiyada turibdi hamda Misr xavfsizlik idoralari ichkarisida sodir etilayotgan inson huquqlari buzilishlaridan koʻz yumyapti. Agar Misr xaosga kiradigan boʻlsa, Oʻrta Yer dengizi orqali Yevropaga millionlab qochqinlarning yogʻilib ketishidan choʻchiyotgani uchun ham bundan koʻz yumyapti. Misr yerlari hokimiyatga boʻysunmaydigan darajada keng boʻlgani bois Liviyadan chegara mintaqalariga oqib keluvchi isyonchilarga tayyor boshpana boʻlishi hamda Misr yerlarida jihodchilar yangi xalifalik davlati qurib olishlari mumkin. Buning oqibati oʻlaroq, yahudiylar vujudiga tinchlikparvar hamkor boʻlib turgan Misr uning uchun dahshatli tahdidga aylanadi”. Gazetada yana taʼkidlanadi: “Suriya va Liviyadan olingan saboq, avvalo Misr davlatining qulashiga yoʻl qoʻymaslikni talab qilmoqda. Sababi Misr yerlarini qayta tiklab, suverenitetini taʼminlash gʻoyat ogʻir boʻladi, hatto bunga oʻnlab yillar ketishi mumkin”. Biroq aftidan, Sisiy Misr xavfsizligi va birligiga qaygʻuradigan kishiga oʻxshamaydi. U holda, gazeta Misr qulashi, deganda nimani nazarda tutmoqda? Bu qanday boʻladi? Hozirgi rejim oʻz xalqiga hamda Gʻarbga nisbatan qanday munosabatda boʻladi?

Gap shundaki, “Ekonomist” gazetasi kapitalistik Gʻarb nuqtai nazarini qabul qilgan va u ishlarga shu nuqtai nazar asosida qaraydi. U soʻz yuritayotgan va ogohlantirayotgan qulash kapitalistik sistemaning qulashidir. Bu bilan Misr ahlining bu sistemani yoʻq qilishi va Islomni hokimiyatga kelishi haqida gapirmoqda. Haqiqatdan ham, guvoh boʻlayotganimizdek, Misr ahli Islomni hokimiyatga kelishi uchun tayyor turibdi. Xususan, demokratiya ustidan harbiy toʻntarish amalga oshirilganidan keyin Misr ahlida shu holat kuzatilmoqda. Agar, endi Islom hokimiyatga kelsa Misr ahli bunday yoʻl bilan (yaʼni harbiy toʻntarish yoʻli bilan) Islomning hokimiyatdan chetlatilishiga aslo rozi boʻlmaydilar. Bu esa, Gʻarb hargiz yoʻl qoʻymaydigan holdir. U Misrda ozgina erkinlik boʻlishini ham istamaydi. Chunki bu Paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatida Islomni toʻla tatbiq etuvchi davlatni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun Misr ahli qanday harakatni boshlamasin, rejim uni vahshiyona bostirish bilan qarshi oladi. Demakki, Sisiy rejimi oʻzining nafaqat muxoliflari, balki malaylikdagi raqiblari bilan bogʻliq sobiq muammolarini ham shunday hal qilmoqda. Uning armiyasi, politsiyasi, tish tirnogʻigacha zirhli kiyim kiyib, qurol ushlagan kuchlari ham haqoratomuz shaklda xalqqa qarshi qaratilgan. Ular joylashgan binolar ham xuddi qalʼalarning oʻziga aylangan. Masala musulmonlar haq-huquqiga taalluqli ekan, Gʻarb oʻz manfaatlarini va boyliklarimiz ustidagi hukmronligini saqlab qolib, istagancha talab ketaverishda davom etaverar ekan, shuningdek, yahudiylar vujudi ham xavfsizlik imkoniyatidan keng foydalanaverar ekan, Gʻarb odatdagidek, Sisiy rejimining qonunbuzarliklariga koʻz yumishda davom etaveradi.

Har qanday qulash oldidan “portlash” boʻladi. Rejim halokatli qarorlarini chiqarib, birorta ham muxolif eʼtiroz bildirmasligi uchun oʻzining repressiya mashinasi bilan Misr ahlini bostirishda davom etayotgan bunday vaziyatda, xalqning portlab koʻtarilishi mumkin narsa. Biroq odamlar haqiqiy alьternativni koʻrmaslikda davom etaversalar, oʻzgarishga qaratilgan bu alьternativ va unga daʼvat qilayotganlar koʻrsatilmaslikka mahkum boʻlib qolaversalar, bu portlash kechikadi. Agar odamlar muammolarini yechib berishga qodir haqiqiy alьternativ loyiha mavjudligini bilsalar edi, uni bagʻrilariga olgan boʻlur edilar, loyiha egalarini oʻzlariga yetakchi qilib, rejim va rejim ortida Oq uyda oʻtirgan xoʻjayinlari istashmasa-da, bu yetakchilarni hokimiyatga albatta olib kelardilar. Shu bois Misr rahbarining faoliyati ikki qismga boʻlinadi: Birinchi: Misr rahbari Gʻarb hazorati alьternativi boʻlgan Islomga qarshi kurashda oʻtkir qilich vazifasini oʻtaydi. Buni rejim boshchisi diniy inqilob eʼlon qilish va diniy maʼruzalarni yangilashga chaqirishi orqali amalga oshiryapti. Ikkinchi: Misr rahbari oʻzining gʻarblik xoʻjayinlarining qoʻriqchisiga, yahudiylar vujudini himoyachisiga aylanadi. Haqiqatdan ham, Misr rejimi ularning xavfsizliklari mudofaachisidir. Agar u boʻlmasa, Xalifalik armiyalari toʻlqini Yevropani yuvib ketadi, yahudiylar vujudidan asar ham qoldirmaydi. Garchi bu vujud ayni rejim orqali Gʻarbdan yordam olib, Islomga boʻlgan ularning dushmanligidan foydalanayotgan boʻlsa-da, biroq haqiqatdan ham shunday boʻladi. Chunki agar Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo boʻlsa, yahudiylar vujudi, degan narsa qolmasligi aniq… Gʻarb yurtlarining musulmon yurtlariga seldek yopirilib, boyliklarini talon-toroj qilishlariga mutlaq chek qoʻyadi. Chek qoʻyibgina qolmay, hatto Gʻarbdan tashib ketgan boyliklari badalini talab qiladi. Yevropa oʻrta asrdagi ahvoliga qaytadi, Amerika dengiz ortiga joʻnab qoladi, Gʻarb oʻz hovlisida ham xavfsizligini topolmay qoladi, agar uning hovlisi salomat qolsa.

Misr ahliga kelsak, bugun ularni qashshoq va och ahvolda qoldirish uchun qarorlar chiqarilyapti. Boyliklaridan esa, Gʻarb va uning korchalonlari boʻkayotgan ekan… Buning barobarida, oʻz huquqini talab qilgan har bir misrlikni bostirish uchun doim Misr rejimidan gurzi sifatida foydalanishayotgan ekan, bu holat bir portlash yuz berajagidan darak bermoqda. Bu portlashning bir oz kechikayotganiga esa, odamlarning haqiqiy alьternativni koʻra bilmayotganliklari sabab boʻlyapti. Agar buni anglab yetsalar, ularda yana bir fikr dunyoga keladi. Bu Gʻarb juda yaxshi anglab yetib, albatta keladi, deya qoʻrqayotgan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik fikridir. Rejim boshchisini takliflar kiritishga undagan narsa ham mana shu.

Taʼkidlash lozimki, Sisiy ayni bosqich uchun munosib figura emas. U soʻnggi paytda qabul qilayotgan oʻzining halokatli qarorlari bilan ayni bosqichdan keyin voqeni qay ahvolga olib kelishi dargumon. Goʻyo bu qarorlardan uning xoʻjayinlari tezroq uni boshqa basharaga almashtirishimiz kerak, degan qarorga kelishayotgandek. Ehtimol, u yillab yoki oʻn yillab odamlarni aldar. Biroq bu hech qanday foyda bergan emas. Chunki krizis sababchisi omadsizligi isbot boʻlgan kapitalizm tuzumidir. Bu tuzumning joni uzilmay turishi uchun xalqlarni repressiya qilib, bostirib, boyliklarini talab turishlari kerak, aks holda joni uziladi. Shuning uchun kapitalizm tuzumini saqlab qolib, undagi basharalarni oʻzgartirish yechim emas va bu hargiz uzoq davom etmaydi. Faqat yurtlarimizni emas, balki butun olamni barobar qutqaradigan yagona yechim kapitalizmni ildizi bilan qoʻporib, Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tuzumini barpo etishdir.

Gʻarb bizga kechayu kunduz makr qilyapti. Uning til biriktirayotgani hech kimga sir boʻlmay qoldi, har qanday aqliraso inson buni yaqqol koʻrib turibdi. Bugun Ummat toʻlgʻoq holatida, yangi mavlud tugʻilishini kutmoqda. Ummatga kuch-qudrat va sharafini qayta tiklaydigan ushbu mavlud dunyo yuzini koʻrishi bilanoq hech narsaga muhtoj boʻlmaydi. Chunki unga Ummat farzandlari orasidagi mard qoʻshinlar yordam beradi. Buni qoʻshinlar oʻzlari bilan Gʻarb va uning malaylari oʻrtasidagi aloqani butkul uzish, saflarini xoin va yuvindixoʻrlardan tozalash, ularga sogʻ-salomat yetakchilik qiladigan zotlarni oʻzlariga yetakchi qilish, shu orqali roshid Xalifalikni barpo etish bilan amalga oshiradilar. Roshid Xalifalik esa, Gʻarbni shayton vasvasasiga solib qoʻyib, jinoyatchilar ildiziga bolta uradi… Oʻsha kunda Allohning nusratidan moʻminlar qalbi shodlikka toʻladi, ogoh boʻlingkim, Allohning nusrati yaqindir.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ

“Ey moʻminlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar” [Anfol 24]

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.