Da’vatchi birodarimiz vafot etgani to‘g‘risida xabar

145
0

TA’ZIYA

Da’vatchi birodarimiz vafot etgani to‘g‘risida xabar

 Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi da’vat yukini zimmasiga olib, uzoq yillar bu yo‘lda harakat qilgan birodarimiz Qo‘ziyev Mahmud Abdumannapovich vafot etganini chuqur qayg‘u bilan ma’lum qiladi.

 Qo‘ziyev Mahmud Abdumannapovich 1973-yil 3-fevralda O‘sh viloyati Qorasuv tumani Narimon qishloq hukumatiga qarashli Nurdor uchastkasida tug‘ilgan. U ikki o‘g‘il, ikki qizning otasi edi.  Mahmud birodarimiz Hizb fikrlari bilan tanishib, ushbu fikrlardan to‘la qanoat xosil qilgach, 2004-yili Hizb ut-Tahrir safiga qo‘shildi. Birodarimiz Hizb safida turli mas’uliyatli vazifalarni bajarib keldi. O‘z faoliyat davomida u zolimning zulmi, malomatchining malomatiga zarracha parvo qilmadi. Ma’lumki, Hizb ut-Tahrir – Qirg‘iziston xalq ichida unut bo‘lib ketgan Islomdagi ikki muborak bayram – Ramazon va Qurbon hayitlarini nishonlashni urfga kiritish uchun qattiq harakat qilgan. Va bu faoliyat o‘z samarasini berib, musulmonlar ikki hayitni haqiqiy bayram kabi keng nishonlashi urfga aylandi. Ammo, rasmiy hukumat Islom va islomiy qadriyatlar tarqalishi va musulmonlar o‘z e’tiqodlaridan kelib chiqib Hayitni bayram qilishlariga toqat qila olmas edi. Shu sababli ham hukumat turli bahona va usullar bilan bayramni nishonlashga to‘siqlar qo‘yib keldi. Bu yo‘lda hatto provakatsiyalar uyushtirib, bayram ishtiroqchilariga qarshi kuch qo‘llashgacha borib yetdi. Shu jumladan birodarimiz Mahmud 2007-yili Hizb tomonidan uyushtirilgan Hayit bayramiga faol qatnashib, kuch organlari tomonidan qattiq kaltaklandi va Olloh yo‘lida qon oqizgan yigitlardan bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda birodarimiz nafas qisishi (astma) bilan og‘rigan bo‘lishiga qaramay o‘z faoliyatini davom ettirdi va bugun, 1-fevral kuni dorul fanodan dorul baqoga rihlat qildi.

 Birodarimizning janozasi 2-fevral soat 14:00da o‘qiladi.

 Biz Rohman va Rohim Allohdan birodarimiz Qo‘ziyev Mahmudning xolis qilgan amallarini qabul qilishini, uni payg‘ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga qilishini so‘raymiz.

 Birodarimizning oila a’zolariga, qarindosh-urug‘lari va oilaga yaqin bo‘lgan barcha do‘stlariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

 Mahmud birodarimizning vafoti bizlarni chuqur qayg‘uga solgan bo‘lsada, Allohni rozi qiluvchi so‘znigina aytamiz:

إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

 “Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz”  [Baqara 156]

 Hizb ut-Tahrirning Qirg‘izistondagi matbuot bo‘limi

  1. 2. 2023

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.