OʼZGАRTIRIShNING XАTO USLUBLАRI

33
0

بسم الله الرحمن الرحيم

YOʼL

5 fasl

OʼZGАRTIRIShNING XАTO USLUBLАRI

Maʼlumki, katta oʼzgartirish talab qilinayotgan boʼlsa va oʼzgartirishdan koʼzlangan maqsad buyuk boʼlsa bunday oʼzgartirishni mustahkam, umri uzoq boʼlishiga ehtiyoj ham shunchalik katta boʼladi.
Biz amalga oshirishga intilayotgan oʼzgarish Ummatni oʼzgartirish va uni tubanlikdan yuksaklik choʼqqisiga olib chiqish boʼlgani uchun bu oʼzgartirishni qanday amalga oshirishni jiddiy, chuqur, yaxshilab oʼrganishimiz zarur. Аdashish, muvaffaqiyatsizlik jarligiga tushib ketishdan ehtiyot boʼlish kerak. Shu sababli oʼzgartirishning baʼzi muvaffaqiyatsiz uslublarini koʼrib chiqamiz.
Oʼzgartirishning muvaffaqiyatsiz uslublarini muhimlari:
1. Moddiy ragʼbatlantirish (mukofotlash) uslubi.
Bu insonni oʼzgarishi yoki oʼzgartirish jarayoniga qoʼshilishi evaziga biror moddiy narsa berish bilan qiziqtirish uslubidir. Bu uslub muvaffaqiyatsizdir. Chunki uning taʼsiri vaqtinchalik boʼlib mukofot berilishi tugashi bilanoq bu inson oʼzgartirishni toʼxtatadi. Masalan, ota oʼkuvchi oʼgʼlini tirishib oʼqishi yoki baʼzi yomon odatlarini tashlashi uchun yoki odob-axloqli boʼlishi uchun mukofotlab tursa, bu holda oʼgʼli oʼzgaradi. Lekin uning bu oʼzgarishi vaqtinchalik boʼlib oʼzgartirishga undayotgan omil yoʼqolishi bilan u barham topadi. Bu omil yaʼni mukofot yoki moddiy ragʼbatlantirish tabiiyki doim ham boʼlavermaydi. Buni oqibatida olishga oʼrganib qolingan mukofot yoki moddiy ragʼbatni olinmay qolinsa, undan mahrum boʼlinsa ish teskarisiga qarab ketadi. Shuning uchun bunday uslublardan chetlanish kerak. Chunki uni bir kun emas bir kun muvaffaqiyatsizlikka uchrashi aniq.
2. Moddiy yoki maʼnaviy jazolash uslubi.
Bu «qamchi va qand» yoki «qiziqtirish va qoʼrqitish siyosati» nomi bilan mashhur boʼlgan uslubdir. Maʼlumki bu uslub inson maslaklarini (ishonch hosil qilgan fikrlarini) va shu maslaklarga asoslangan yashash tarzini oʼzgartirishga majbur qilish uchun maʼnaviy yoki moddiy zoʼravonlikni ishga solishda gavdalanadi. Bu uslubning natijasi ham yuqoridagi uslub kabi vaqtinchalik va xatarlidir. Chunki bunday asosda oʼzgartirilgan shaxs qamchi koʼtarilishi bilan yoki berilayotgan moddiy neʼmat tugashi bilanoq darhol, koʼpincha yomonroq suratda qaytadi. Biz intilayotgan maqsadga muvofiq boʼlmagani uchun bu uslubdan ham voz kechishimiz kerak.
3. Maktab uslubi.
Bu uslubni yuqoridagi ikki uslubga koʼra yaroqsizligi aniq. Chunki talaba imtihon tugashi bilanoq oʼqigan narsasini esdan chiqaradi. Bunga sabab: madrasa uslubi «tushunib olish uchun emas, imtihonni yaxshi topshirish uchun oʼqib-oʼrgan» deydigan uslubdir.
4. Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari uslubi.
Ommaviy axborot vositalari maʼlum bir oʼzgartirishga olib borsada, bu oʼzgartirish uzoq muddatda roʼy beradi. Shu tufayli biz koʼzlayotgan oʼzgartirish uchun yaramaydi.
Bunday muvaffaqiyatsiz uslublar koʼp boʼlsada oʼzgartirishga harakat qilishda ularga tayanib qolishdan saqlanish uchun ayrimlarini misol tariqasida keltirdim. Lekin ularning baʼzilaridan keyingi faslda bayon qilinadigan eng toʼgʼri yoʼlga yordamchi omil sifatida foydalanish mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.