O‘zbekiston qamog‘idan navbatdagi shahid

136
0

O‘zbekiston qamog‘idan navbatdagi shahid

بسم الله الرحمن الرحيم

Kecha Andijon viloyati Qorasuv shahrida 1970 yil 26 mayda tug‘ilgan Mamajonov Isroiljon Abdumuxtorovich Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumanidagi 17 sonli maxsus tartibli koloniyasida shahid bo‘ldilar.

Alloh Subhanahu va Taolo bu birodarimiz shahodatini qabul qilsin, solih amallarini hasanotlari tarozusiga qo‘ysin, Firdavs Jannatlaridan joy berib, Payg‘ambarlar, Siddiqlar, Shahidlar, Solihlar bilan birga qilsin, tortgan aziyatlari uchun Jannat ne’matlari bilan munosib mukofotlasin! Oilasiga, yaqinlariga sabru jamil bersin!

Darhaqiqat, birodarimiz Allohga bergan va’dasida sobit turdi:

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلًا

– “Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q”. (Ahzob:23)

Birodarimiz Hizb ut-Tahrir safida faoliyat qilib, Allohning Kalimasini oliy qilishga harakat qilganligi uchun ozodlikdan mahrum qilingan edi. Hayotining 25 yilini O‘zbekiston zindonlarida o‘tkazib, Alloh Taolo xuzuriga U Zotning izni ila shahid sifatida rihlat qildi. Biz birodarimizning ortida qolgan to‘rt nafar farzandlariga, sadoqatli ayoliga va barcha oila a’zolariga Robbul A’lamindan sabru jamil tilab, ta’ziya izhor qilamiz.

Birodarimizning janozasi bugun 20 yanvar Juma kuni o‘qiladi.

So‘zimiz yakunida Robbimizni rozi qiladigan so‘zlarni aytamiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

– “Ularga biror musibat kelganda aytadilar: “Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz””. (Baqara:156)

Hizb ut-Tahrirning O‘zbekistondagi matbuot bo‘limi

20.01.2023y

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.