Qozog‘iston va Rossiya gazni qayta ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

101
0

Qozog‘iston va Rossiya gazni qayta ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi

Xabar: Ostona bilan Moskva qozoq gazini Orenburg gazni qayta ishlash zavodida gazni qayta ishlash hamda Rossiya gazini Qozog‘istonga yetkazib berish masalalari yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni imzolashgan. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Roman Sklyarning “Gazprom” rahbari Aleksey Miller bilan 18 yanvar kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlariga ko‘ra ma’lumot tarqatdi.

 “Uchrashuv chog‘ida Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida tabiiy gaz sohasida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar natijalariga ko‘ra tomonlar hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini, xususan, qozoq gazini Orenburg GQIZda qayta ishlash, Rossiya gazini Qozog‘istonga yetkazib berish imkoniyati hamda hamkorlikning istiqboldagi loyihalarini belgilovchi yo‘l xaritasi imzolandi”, deyilgan matbuot xizmati xabarnomasida.

 Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Qozog‘istonning Rossiyadagi elchisi Yermek Kosherbayev, Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov va QazaqGaz milliy shirkati rayosati raisi Sanjar Jarkeshovlar ham ishtirok etishgan.

 Avvalroq vazir Akchulakov Rossiyadan xom ashyo olish yo‘li bilan Qozog‘iston shimoli va shimoliy-sharqini gazlashtirish zarurati to‘g‘risida bildirgan edi. “Bizga mamlakat shimoliy-sharqi va sharqini gazlashtirish uchun yiliga 10 milliard kub metr gaz tortib olishga imkon beruvchi quvur kerak”, degan edi u matbuot anjumanlaridan birida.

 Izoh: “Uchtomonlama gaz ittifoqi” tashkil etish masalasi 2022 yil noyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilingan edi. 9 dekabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi yakunida so‘zga chiqib, Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodlarining gazga bo‘lgan talabi, ayniqsa, eksport majburiyatlarini hisobga olganda oshib borishini ta’kidlab, YEOII doirasida yagona gaz bozorini yaratishga tayyorgarlik ko‘rilganini eslatib o‘tgan edi.

 “Bizning YevrAzES mamlakatlari oldidagi majburiyatlarimiz ham bor. O‘zbekiston hamon kuzatuvchi maqomda. Lekin O‘zbekiston uchun, albatta, bu ham YevrAzES ishiga chuqurroq nazar tashlash va bu yerda, umuman, YevrAzES bilan manfaatli nuqtalarini topish uchun yaxshi imkoniyatdir. Bu yerda yengib bo‘lmaydigan to‘siqlar yo‘q”, – degan edi Putin.

 2004-yil O‘zbekiston tog‘uti Karimov O‘zbekistondan gaz qazib olish huquqini 2046-yilgacha Rossiyaning “Lukoyl kompaniyasiga sotib yuborgan edi. Aynan shu yildan boshlab O‘zbekistonda gaz muammosi vujudga kelgan va mana qaryib 30 yildan beri o‘zbek xalqi o‘z gaziga zor bo‘lib keladi. Har yili qish kirish bilan o‘zbekistonliklarning yagona muammosi qishli-qirovli kunlardan sog‘-salomat chiqish bo‘lib kelmoqda. Hatto, O‘zbekiston “Lukoyl”dan 2018-yilda gaz yetkazib bergani uchun 600 million dollarga yaqin qarz bo‘lib qolgan edi. 2014-yilda esa “Qirg‘izgaz” Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga 1 dollar evaziga sotib yuborildi. Garchi kompaniya buning evaziga “Qirg‘izgaz”ning qarzini uzib, aholini gazlashtirishni zimmasiga olgan bo‘lsa-da, gazlashtirish ishlari ham xalq hisobidan bormoqda. Noyabr oyida esa Putin Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston o‘rtasida “uchtomonlama gaz ittifoqi”ni tuzish va Xitoyga bo‘lgan gaz eksporti huquqini Rossiyaga berishni “taklif” qildi. Ammo voqelikda bu “taklif” tahdid ko‘rinishini olib bu tahdidning asosiy “qurboni” o‘zbek xalqi bo‘lmoqda. Rossiya bosimi ostida Turkmaniston O‘zbekistonga gaz berishni qisqartirdi va o‘zbek gaziga ega chiqib olgan rus kompaniyasining gaz yetkazib berishning qisqartirish ortidan O‘zbekiston joriy yilgi qishda misli ko‘rilmagan energetik inqirozni boshidan kechirmoqda. Agar o‘zbek rahbariyatida siyosiy iroda yetishmasa yaqin kunlarda o‘zbek hukumati ham Rossiya bilan shu kabi yo‘l xaritasini imzolaydi. 

 Joriy yilning yanvar oyi boshida Qozog‘iston bosh vaziri Alixon Smailov Qozog‘istonga Rossiya va O‘zbekiston bilan o‘rtasida “uchtomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy taklif kelib tushmaganini ma’lum qilgan edi. Bugun esa gazni qayta ishlash bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi. Rossiya qozoq hukumatiga bosim o‘tkazib “uchtomonlama gaz ittifoqi”ni tuzishga erishsa bir o‘q bilan ikki kuyonni ovlagan bo‘ladi. Birinchidan, mintaqa enernetika resurslari va ta’minotini to‘liq o‘z nazoratiga oladi, ikkinchidan, AQSH boshchiligidagi g‘arb davlatlari  saksiyalarini chetlab o‘tgan holda qozoq va o‘zbek gaziga qo‘shib o‘z gazini Xitoyga ulkan hajmda eksport qilish imkoniga ega bo‘ladi. Agar Rossiya bu ishni uddasidan chiqadigan bo‘lsa, Yevropa bozoridan surib chiqarilayotgan gaz bozori o‘rnini Xitoy bilan to‘ldirib oladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.