Kichik GES qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

37
0

Kichik GES qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi

Xabar: 13-yanvar kuni Qirg‘iziston Enargetika vazirligi, Iqtisodiyot va savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Moliya-kredit jamg‘armasi va “China National Heavy Machinery Corporation” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandum quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

1) Qirg‘iziston energetika sohasini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan sheriklik munosabatlari va strategik hamkorlikni mustahkamlash:

2) Quvvati 21 Mvt. Bo‘lgan Otro-Tokoy suv omborida kichik GES qurish to‘g‘risida imzolandi.

Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev imzolangan hujjat aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash va mamlakatda energiya taqchilligini bartaraf etishga qaratilgan asosiy qadamlardan biri ekanligini ta’kidladi. Vazir, shuningdek, Energetika vazirligi Orto-Tokoy suv omborida “Chakan” GESini qurishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.

Memorandumni imzolashda Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev, Moliya-kredit jamg‘armasi rahbari Jusubali Toromamatov va “China National Heavy Machinery Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Jeng Xensong ishtirok etdi.

Izoh: Kuni kecha Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Qirg‘izistonning tashqi qarzini “yashil” loyihalar bo‘yicha tashabbuslarga almashtirish masalasini ishlab chiqishni topshirganini yozib chiqqan edi. Bu xabarida Sadir Japarov Qirg‘iziston qarzdor bo‘lgan davlatlar va moliya institutlari mamlakatdagi energetika obyektlari qurilishida ishtirok etishi va yashil iqtisodiyot obyektlarining “lentalarini” birgalikda kesishini taklif qilgan.

Ma’lumki, Qirg‘izistonning eng katta tashqi qarzi Xitoydan bo‘lib, qirg‘iz hukumati bir necha yillardan beri Xitoy hukumatidan qarz muddatini uzaytirishni so‘rab keladi. O‘z navbatida xitoy hukumati ham ma’lum shartlar evaziga qarz muddatini uzaytirishga rozi bo‘lgan edi. Bundan bir necha yil oldin xitoylik “investorlar” qirg‘iz qonunlarini mensimay, mahalliy ishchi va aholiga nisbatan qo‘llagan muomalalari oqibatida qirg‘iz jamoatchiligida Xitoyga nisbatan norozilik kayfiyati kuchayib, poytaxtda norzilik namoyishlari bir-biriga ulanib ketgan edi. Xalqning xitoylik “investorlarga” bo‘lgan nafratidan cho‘chigan rasmiy hukumat Xitoy bilan erishilgan avvalgi shartnomalarni vaqtinchalik to‘xtatib turishga majbur bo‘lgandi. Ammo, vaqt o‘tib “suvlar tingach” rasmiy hukumat avval imzolanagan shartnomalarni birin-ketin bajarish yo‘liga o‘tdi. Xitoy kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Xavfsiz shahar” loyihasi ham shulardan biridir. Sadir Japarov ilgari surgan “yashil” loyihalarda ham asosiy “investor” Xitoy bo‘lishini aytib o‘tgan edik. Shunday ekan, biz musulmonlar hukumatning xalqning manfaatlariga zid bo‘lgan va Xitoyning iqtisodiy kirib kelishiga eshiklarni keng ochib berayotgan bitim va shartnomalarga qarshi turishimiz zarur. Qirg‘iz hukumatining Rossiya changalidan qutulish uchun Xitoy tomon yuzlanishi xuddi “yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilish”dek gap.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.