Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik yaqinda Allohning izni ila barpo bo‘ladi…

258
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik yaqinda Allohning izni ila barpo bo‘ladi…

Ana shunda botillar ziyonga yuz tutadilar

Xalifalik katta ish, maqomi va mavqei juda muhim. Shuning uchun Amerika va G‘arb Islomga aloqasi yo‘q ba’zi jamoalarning qilmishlarini bahona qilib, Xalifalik nomini qora qilishga urinishdi va buni musulmonlarning Xalifalikni barpo etishga xolis harakat qilayotgan insonlarga qo‘shilmasliklari uchun qilishdi. Biroq, hargiz maqsadlariga yetisholmaydi. Chunki Xalifalik Alloh Taboraka va Taoloning va’dasi, Rosuli ﷺning bashoratlaridir. Alloh Taolo aytadi:

﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْ‌ضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْ‌تَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّن بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْناً يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِ‌كُونَ بِي شَيْئاً وَمَن كَفَرَ‌ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O‘zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so‘ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular fosiqlardir»         [Nur 55]

Imom Ahmad No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhudan Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

«تَكُونُ النُّبُوَّةُ فِيكُمْ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا، فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ يَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا. ثُمَّ تَكُونُ خِلاَفَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ. ثُمَّ سَكَتَ».

«Sizlarning orangizda Alloh xohlaganicha payg‘ambarlik davom etadi. So‘ng Alloh xohlagan paytda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng raiyatiga zulm va adolatsizliklar yetadigan podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar  sukutga cho‘mdilar».

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.