Dar’a ahli yarashuvga qarshi norozilik namoyishlari bilan band

185
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dar’a ahli yarashuvga qarshi norozilik namoyishlari bilan band

Ozod etilgan yerlardagi jangchi guruhlar esa, stadion va maydonlar ochish bilan band!

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2022 yil 24 dekabr shanba kungi xabariga ko‘ra, juma kuni Dar’adagi Josim va Doil shaharchalari ahli rejimning ag‘darilishini va qamoqqa olinganlarning ozod etilishini talab qilib namoyish o‘tkazdi. Mahalliy manbalarning aytishicha, Josimning o‘nlab farzandlari juma namozidan so‘ng namoyish qilib, Asad rejimining ag‘darilishini va uning qamoqlaridagi birodarlarning ozod etishini, Eron jangarilarining yurtdan quvib chiqarilishini talab qilib hayqirganlar. Mazkur manbalarning qo‘shimcha qilishicha, madaniyat markazidagi harbiy xavfsizlik xodimlari namoyishchilarni tarqatish uchun o‘t ochgan. Manbalar, shuningdek, Doildagi o‘nlab namoyishchilarning xuddi shunday talablar bilan norozilik namoyishlarini o‘tkazganini xabar berdi. Demak, Dar’a yarashuvga norozilik sifatida namoyish qilib, rejimni ag‘darilishini va qamoqqa olinganlarning ozod etilishini talab qilayotgan bir paytda, Idlib va boshqa ozod etilgan hududlardagi jangchi guruhlar qonxo‘r rejim bilan yarashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ya’ni o‘tish yo‘llarini ochish, rejimga qarshi bo‘lgan har qanday jangni oldini olish, uni ag‘darishni istagan har bir qo‘zg‘olonchi, faol, mujohid va muhojirni qamash, stadionlar va maydonlar ochib odamlarni chalg‘itish bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda. Holbuki, odamlar narx-navo va monopoliya sababli hamda hukumatlar tomonidan solinayotgan soliq va yig‘imlar tufayli kunlik yemish topolmay qiynalmoqdalar.

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.