Marokash hukmdorlari yahudiylarni jinoyatlari uchun mukofot sifatida ular bilan munosabatlarni normallashtirishmoqda

43
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Marokash hukmdorlari yahudiylarni jinoyatlari uchun mukofot sifatida ular bilan munosabatlarni normallashtirishmoqda

Marokash maslahat kengashi yahudiy vujudi bilan bo‘ladigan ikki shartnomani ma’qulladi. Buni kengashdagi 167 a’zo ma’qullagan bo‘lsa, 15 a’zo qarshi chiqdi. Birinchi shartnoma Marokash bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi savdo ayirboshlash hajmini oshirishga va buning uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga qaratilgan bo‘lib, ikki tomon o‘rtasidagi normal iqtisodiy munosabatlardagi barcha to‘siqlarni, jumladan, qonunlar, qoidalar yoki kamsituvchi protseduralarni olib tashlashni nazarda tutadi. Marokash bilan yahudiy vujudi o‘rtasidagi havo qatnovlari xizmatlariga oid yana bir shartnoma esa, ikki tomon o‘rtasidagi parvozlarni tartibga solishga qaratilgan.

Bunga Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z saytida quyidagicha izoh berdi:

«Shubhasiz, Marokash hukmdorlari hamda u yerdagi isqirt siyosiy elita inglizlar malaylaridir. Ular Ummat dushmanlarini yaqin do‘st tutishda qat’iy turib, buning harom ekaniga ham, Ummatning bunga qarshiligiga ham e’tibor berishmayapti.

Marokash, Turkiya, Qatar, Amirliklar, Iordaniya, Sudan, Bahrayn, Misr va boshqa islomiy yurtlardagi hukmdorlar yahudiy vujudiga mana shunday xizmatlarni taqdim etishda, ular bilan munosabatlarni normallashtirishda davom etishmoqda, bunga nisbatan Ummatning noroziligini e’tiborga olishmayapti. Ular, shuningdek, yahudiylarning har kuni falastinlik ayollar, bolalar va qariyalarga nisbatan hamda Aqso va muqaddas dargohlarga qarshi sodir etayotgan jinoyatlaridan ko‘z yumishmoqda. Aftidan, bu hukmdorlar yahudiylar va ularning rahbarlarining har kuni sodir etayotgan jinoyatlari, qilayotgan niyatlari va bu niyatlarini tez orada amalga oshirishga bergan ochiq va’dalarini o‘zlarining mana shunday normallashuv qilmishlari bilan qarshilashayotgan ko‘ranadi».

Matbuot izohi so‘nggida bunday deyildi:

«Haqiqatdan, bu hukmdorlar yahudiylarning tirgaklari va jirkanch vujudlarining himoyachilaridir… Shu bois, avvalo bu hukmdorlar taxtdan yiqitilmaguncha Falastin uchun ozodlik yo‘q.

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.