Nodavlat tashkilotlar va ularning musulmonlarga qarshi til biriktiruvlari

127
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Nodavlat tashkilotlar va ularning musulmonlarga qarshi til biriktiruvlari

2022 yil 13 noyabrda Livanning sobiq ichki ishlar vaziri Muhammad Fahmiy Jadid telekanalining «Riyosat» dasturida hamda telekanal veb-saytida va bir qancha axborot veb-saytlarida e’lon qilingan o‘zining maqolasida bunday dedi: «Xalqaro razvedka xizmatlari ayrim nodavlat tashkilotlar yordamida Livan tuprog‘iga kirdi… Bu tashkilotlar soni Livanda 11500 jamiyatni tashkil qiladi! Ularning yarmi xorij davlatlari razvedka idoralari himoyasida Livanga qarshi ishlamoqda… Bu tasdiqlangan xabar».

Shunga ko‘ra, Hizb ut-Tahrir – Livan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, bunday dedi:

«Livanga Fransiya asos solib, uni Ummatdan ajratib olgan… O‘shandan beri bu yurt na mustaqillikni biladi, na suverenlikni va na erkinlikni. Bil’aks, bosqinchilik, qullik va urushlarni boshdan kechirib kelmoqda. Mana, o‘zi neft va gazga boy yurt bo‘la turib, ularni qazib olish uchun Amerikadan ruxsat so‘raydigan yurtga aylanib qoldi! Bir vaqtning o‘zida, iqtisodiyoti vayron bo‘lib, Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Bankidan iborat ikki ajdaho orqali G‘arbdan yechim kutyapti. Shuningdek, prezidentlik o‘rni bo‘sh bo‘lib, uni tayinlashda xorijga, AQSH va uning elchixonasiga intizor!».

Matbuot bayonotida quyidagicha qo‘shimcha qilindi:

«Livanda hech narsada davlatni topib bo‘lmaydi. Biroq yahudiy vujudi bilan chegaralarni demarkatsiya qilishda hamda Livan suv boyligining chorak qismi (2500 km2)dan va milliardlab kub metr gazdan bu vujud uchun voz kechishda davlat hoziru nozir. Bundan tashqari, o‘zlarini qarshilik harakati, deya da’vo qiluvchilar yahudiy vujudi chegaralarini faqat bugundan boshlab mudofaa qilayotganlari yo‘q, balki 2006 yil iyul urushi boshlanganidan va urushni tugatish bo‘yicha 1701-shartnoma imzolanganidan beri mudofaa qilib kelishyapti. Bu yurtda hech narsada davlatni topib bo‘lmasa-da, ammo musulmonlarga qarshi kurashda hozir va nozir… Bu kurash musulmonlarni sud qilmasdan, soxta ayblovlar bilan uzoq yillarga qamoqlarda ushlab turish, odamlarga soliq solib, tranzaksiya to‘lovlarini oshirish, bank rahbariga valyuta kursini biror qonun va farmoyishlar bilan emas, shunchaki aylanmalar orqali ko‘tarib-tushirish huquqini berib qo‘yish, qonxo‘r Asad rejimidan livanlik birodarlari oldiga boshpana so‘rab kelgan suriyalik musulmonlarni quvg‘in qilish, bolalari va oilalariga tajovuz qilinishiga ko‘z yumib turish kabilardan iboratdir».

Bayonotda Livandagi musulmonlarga xitoban bunday deyildi:

«Ey musulmonlar! Bu yomon niyatli va shubhali jamiyatlar Islom va uning ahkomlariga qarshi kurashning bir qismidir. Hozirgi yovuz hujumda diningiz, nomusingiz va oilangiz nishonga olindi… Bas, Alloh Azza va Jalla buyurgan pozitsiyani egallang va bu jamiyatlarning basharasini va yo‘nalishini ochiq-oydin fosh etishga qaratilgan ongli kampaniya yetakchiligida botilga qarshi turib, uni yanchib tashlang. Bu jamiyatlar gemoseksuallik kabi Lut qavmining fahshiga va fuqarolik nikohi kabi buzuqlik va razolatga chaqirishyapti. Sizning iqtisodiy qiyinchiliklaringizdan foydalanib, xorij valyutasi orqali, ayniqsa yosh yigit-qizlar va nufuzli faol ayollar orasidan o‘zlariga odam yollashmoqda… Bas, ularning pullariga uchmang, shiorlariga aldanmang, xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkak va ayol tengligi, demokratiya, erkinliklar va boshqa shiorlari sizni aldab qo‘ymasin, bu soxta yolg‘on shiorlari o‘zlarining yurtlarini ham ko‘rib turganingizdek ahvolga olib keldi. Siz gender tengligi, ijtimoiy jins, streotiplar va oila streotiplari kabi atamalardan hushyor bo‘ling. Chunki bu narsalar Alloh Taolo yaratgan jinsdan boshqa tiplarni yaratmoqchi:

﴿وَأَنَّهُ خَلَقَ الزَّوْجَيْنِ الذَّكَرَ وَالْأُنثَى﴾

«Albatta U ikki erkak va ayol (doxil) juftlarni yaratdi»  [Najm 46]

G‘arb kofirlari sizga o‘zlarining yashash tarzlarini tiqishtirib, o‘z musibatlarini xonadonlaringizga olib kirishga, so‘ng sizdagi eng qimmatli bo‘lmish nomus va hurmatlaringizni poymol etishga harkat qilishyapti. Shunday ekan, ularga aldanmay, yuzingizni bizga qarating va jamoatchilikka ularning asl basharalarini shunday fosh etingki, yurtlarimizdan ortlariga qaramay qochib qolsinlar.

Bizning sizga aytar xushxabarimiz shuki, yaqinda – Allohning izni ila – albatta davlatingiz barpo bo‘ladi. Zotan, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik bo‘lmish ushbu davlatingiz asl mustaqillik, buyuk suverenlik, Alloh va Rosulidan boshqasiga qaram bo‘lmaslik qanday bo‘lishini sizga namoyish etajakdir. Sizga diningiz, millat va mazhabingizdan qat’iy nazar, muammolaringizni hal etish va ishlaringizga g‘amxo‘rlik qilishi bilan haqiqiy davlat ma’nosini ko‘rsatadi. Yurtingizga burun suqayotgan bunday saraton illati bo‘lmish ichki razvedka jamiyatlarini kulini ko‘kka sovurib, aql egalari uchun ibratga aylantiradi. Bas, sizni, diningizni va nomusingizni qizg‘anayotganlar bilan birga bo‘ling.

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَكُونُوا مَعَ الصَّادِقِينَ﴾

«Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqing va iymonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘ling!»

       [Tavba 119]

Roya gazetasining 2022 yil 28 dekabr chorshanba kungi 423-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.