«Saylovlarni masxara qilish» ayblovi bilan qamoqqa olishlar

45
0

Matbuot bayonoti

«Saylovlarni masxara qilish» ayblovi bilan qamoqqa olishlar

Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi «G‘arb doiralarining makriga va parlament saylovining masxarabozligiga qaramay, Ummat Islomiy Xalifalikni barpo etish qo‘zg‘olonini davom ettiradi» sarlavhasi ostida matbuot bayonoti nashr qildi. Hizb bayonotda 2010 yil 17 dekabrda tunisliklarning qo‘zg‘oloniga uchragan rejimning G‘arbga tobe ilmoniy rejim bo‘lganini ta’kidlab, o‘sha paytdagi parlament saylovlarini «masxarabozlik», deb atadi va uni Tunis xalqiga qarshi navbatdagi fitna ekanini ochiqladi. Shuningdek, bugungi prezident Qays Saidning ketayotgan xavfli yo‘lidan ogohlikka chaqirib, uning Fransiya siyosatiga itoat qilib, yurtimiz ustidan bo‘lgan hukmronligiga rozi bo‘layotganini hamda ilmoniy tuzumini himoya qilib, Islomni boshqaruv va qonunchilikdan uzib qo‘yganini bayon qildi.

Hizb ut-Tahrirning Tunis viloyatidagi a’zolari bir haftadan buyon mazkur matbuot bayonotini tarqatish kampaniyasini olib borayotgan edilar. Bayonotni tarqatish asnosida 15 dekabr payshanba kuni Manzil-Tamim shahri adliya politsiyasi guruhi Muhammadamin Dabibiyni qamoqqa olib, haligacha hibsda saqlab kelmoqda. Shu paytga qadar hibsga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmayapti. Keyin uning ishini «Respublika prezidentini haqorat qilish» ayblovi bilan sudga oshirdi!

O‘sha kuni (15 dekabr payshanba) politsiya xodimlari Hizb a’zolaridan Yusuf Mansurning poytaxt Tunisdagi do‘koniga bostirib kirib, matbuot bayonoti varaqalarini musodara qilishdi va o‘sha kunning o‘zida Yusuf Mansurni «saylov tinchligini buzdi», deya sudga tortishdi! Keyinroq ayblov isbotlanmagani uchun qo‘yib yuborishdi!

Ertasiga 16 dekabr juma kuni qo‘zg‘olon beshigi bo‘lmish Sidi Buzid shahrida Hizb ut-Tahrir a’zosi Zahir Abdulloh «varaqa tarqatish va g‘arazli ma’ruza qilish» ayblovi bilan qamoqqa olindi! Birodarimiz Zahir haligacha hibsda qolmoqda, hibsga olinganligi to‘g‘risida ma’lumot berilmayapti.

Biz Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi a’zolari ushbu qamoqqa olishlarga nisbatan quyidagilarni ta’kidlaymiz:

1 –       Davlat prezidentiga eslatib qo‘yaylik, Tunis qo‘zg‘olonining shiori rejimni ag‘darish bo‘lgan, bas, ushbu shiorni ko‘tarib chiqib, xalqqa Islom aqidasi asosida tub o‘zgarish qilishni talab qilishga chaqirgan insonlarni qamoqqa olish qo‘zg‘olonga xiyonatdir.

2 –       Yigitlarni siyosiy bir bayonotni tarqatganlari uchun qamoqqa olish davlat uchun sharmandalikdir. Bu rahbarlarning beboshligini hamda o‘z qo‘llari bilan tuzgan qonun va dastur ustuvorligiga amal qilish haqidagi da’volarining yolg‘onligini ochib bermoqda.

Biroq, aftidan, Hizb chiqargan mazkur bayonot xorijiy elchixonalarning halovatini buzgan ko‘rinadi. Shuning uchun mansab uchun bir-birlariga qarshi kurashib yotgan hukmron sinfga Hizbning ovozini o‘chirish yoki pasaytirish maqsadida yigitlarini qamoqqa olishni buyurishgan… Demakki, prezidentning «fikr bildirgan insonlarni hech qachon qamoqqa olmaslik» to‘g‘risida tinimsiz qilgan da’volari g‘irt yolg‘ondir!

3 –       Ushbu qator qamoqqa olishlardan shu narsa yana bir bir tasdiqlanmoqdaki, «25 iyul hokimiyati» ham Hizb ut-Tahrirga nisbatan o‘zidan oldingi hokimiyat kabi muomala qilmoqda. Chunki u hujjatga qarshi hujjat bilan, mafkuraga qarshi mafkura bilan kurasha olmaydi. Bil’aks, biz bu hokimiyatning tahdid qilish, xonadonlarga bostirib kirish va adovat qilishda o‘ziga politsiya davlatidan nusxa ko‘chirayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Go‘yo u diktatorlikni qayta boshlash uchun zamon bilan musobaqalashayotgandek. Zero, odamlarga ushbu buzuq tizimning haqiqatini ko‘rsatib berish uchun fikriy kurash olib borayotgan yigitlar zulm tayoqlariga aylangan xavfsizlik kuchlari tomonidan nishonga olinmoqda. Rejim krizisni hokimiyat o‘rindiqlari uchun olib borilayotgan behuda kurashdan iborat qilib ko‘rsatayotgan ekan, aslida krizis ancha murakkab bo‘lib, asosan, hozirgi buzuq tizimda gavdalanadi. Zero, bu tizim mustamlakachilik va uning malaylariga moslashish uchun ishlab chiqilgan hamda hokimiyat, qonunchilik va insonlar aloqalarini tartibga solishdan Islomni chetlatgan tizimdir.

Xulosa sifatida shuni ta’kidlaymizki, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati a’zolari ilgari Burqiba va Ibn Ali rejimlarini ham ko‘rganlar, ammo ularning hibsga va qamoqqa olishlari g‘oyalaridan qaytara olmagan. Bas, bugungi kunda ularning yurtdagi G‘arb hamda uning qonunchilik tizimlari va mahalliy malaylarining hukmronligiga chek qo‘yishga va Islom asosidagi roshid boshqaruvni barpo etishga bo‘lgan ahd-paymonlari avvalgidan ham qat’iy va mustahkamdir. Shu bois, zolimlar qamoqlari ularga hargiz ta’sir o‘tkazolmaydi.

Alloh Taolo bunday degan.

﴿يُرِيدُونَ أَنْ يُطْفِئُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَيَأْبَى اللَّهُ إِلاَّ أَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ﴾

«Ular Allohning nurini og‘izlari bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamasalar-da, faqat O‘z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi»        [Tavba 32]

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi

matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.