«The Sunday Telegraph» gazetasining mutaassiblikdan kelib chiqib qilgan tuhmatiga raddiya

62
0

Matbuot bayonoti

«The Sunday Telegraph» gazetasining mutaassiblikdan kelib chiqib qilgan tuhmatiga raddiya

«The Sunday Telegraph» gazetasi jurnalisti Hizb ut-Tahrirning Britaniyadagi matbuot bo‘limi bilan bog‘lanib, Hizb faoliyati haqida hamda bir deputatning «Hizb ut-Tahrir bizning shahardagi boshpana izlovchilarga juda yaqin, bundan xavotirdamiz», degan so‘zlariga izoh so‘radi.

Hozirda Britaniya axborot vositalari va tor fikrlovchi deputatlar shuhrat qozonish umidida ekstremizmga oid yolg‘onlarni to‘qib chiqarishmoqda. Bu aslida o‘z darvozalariga urilgan goldir. Chunki Britaniyaning muhojirlarga nisbatan shafqatsiz pozitsiya hech qanday isbot talab qilmaydigan oshkor narsa. Bunday siyosatchilarning yengil-yelpi siyosatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, ular o‘nlab yillar mobaynida birin-ketin kelayotgan Britaniya hukumatlarining mustamlakachilik tashqi siyosatini emas, balki muhojirlarni muammo sifatida ko‘rishyapti.

Darhaqiqat, Britaniyadagi qochqinlar mana shu Britaniya himoya qilib, qo‘llab-quvvatlagan diktator rejimlar qo‘lida azob-uqubatlar chekkanlar. Shuning uchun bu qochqinlar musulmon yurtlaridagi Hizb ut-Tahrirning mohiyatini, uning mustamlakachilar hukmronligiga chek qo‘yish va Payg‘ambarlik minhoji asosida islomiy hayotni qayta boshlashga jiddiy faoliyat qiluvchi partiya ekanini yaxshi biladilar.

Britaniya ommaviy axborot vositalari va siyosatchilarining ekstremist ayblovini chaplashlari ularning mutaassib mutakabbir ekanliklarini fosh etish bilan birga, o‘z-o‘zidan quyidagi kulgili savolni keltirib chiqarmoqda: ular Rosululloh ﷺni ham Alloh Taolodan vahiy bo‘lib kelgan o‘zgarmas ahkomlar va odob-axloq me’yorlariga cheklangani uchun ekstremist, deb hisoblaydilarmi?! Yoki Rosululloh olib kelgan ahkomlarga mahkam amal qilgani uchun sahobai kiromlarni ham ekstremist, deb bilishadimi?! Bu qanday ham jirkanch ayblov!

Shunga qaramay, bu munofiq mutaassiblar Britaniyaning shafqatsiz mustamlakachiligini yo‘q qilishni istagan insonlarni ekstremist qilib ko‘rsata olamiz deb o‘ylashyapti. Shu bois, bunday botil ayblovlari fosh bo‘ldi-qoldi. Zero, mutaassib «oliy» elitaning injiqliklariga qarshi kurashgan har bir insonga ekstremist tamg‘asi yopishtirilayotgan bo‘lsa, ularning ovozini o‘chirishga urinayotgan nomard laganbardorlarga nisbatan esa, bunday qilinmaydi.

Yahyo Nisbat

Hizb ut-Tahrirning

Britaniyadagi matbuot voizi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.