Falastin ahliga qilinayotgan zulm jahon chempionati kameralaridan uzoqda

92
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin ahliga qilinayotgan zulm jahon chempionati kameralaridan uzoqda

Al-Va’y uyushmasi Quddus universitetida «Falastin ahliga qilinayotgan zulm jahon chempionati kameralaridan uzoqda» nomli ma’ruza tadbiri o‘tkazdi.

Uyushma a’zolaridan biri o‘z ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi:

«Butun musulmon yurtlaridagi rejimlar va ularning axborot vositalari jahon chempionati o‘yinlari bilan butunlay mashg‘ul bo‘lib yotgan bir paytda, yaqinda bosqinchi yahudiy kuchlari bir nechta falastinlik yigitlarni shahid qildi. Zero, bugun Falastin ahlining qoni oqizilayotgan bir paytda, futbol o‘yinlari va arab jamoalarining g‘alabalari bilan xalqlarni chalg‘itish siyosati olib borilmoqda.

Falastin ahli Qatardagi futbol muxlislarining tribunadan turib ularga hamdardlik bildirishlariga, mustamlakachilar zo‘rlab tiqishtirgan Falastin bayroqlarini ko‘tarib, falastinliklarni olqishlashlariga muhtoj emaslar. Ular juda muhtoj bo‘lib turgan narsa son-sanoqsiz armiyalarning kazarmalarda o‘tirib olib, jahon chempionati o‘yinlari va xabarlari bilan band bo‘lish o‘rniga, harakatga kelib, bunday vaziyatni ostin-ustun qilish va muborak Falastin zaminini ozod etishdan iboratdir!

Modomiki, islomiy yurtlar armiyalarini harakatga keltirishga qodir tomon Ummat ekan, demak, agar bu Ummat oyoqqa turib, fanatlik va xoinlikdan boshqa narsani bilmaydigan bu xoin rejimlarni qulatsa va o‘z qo‘shinlari bilan birgalikda buyuk ma’rakaga sho‘ng‘isa, albatta Aqsoni ozod etadi va Falastin ahlini qatl va vayrona mashinasidan qutqaradi.

Roya gazetasining 2022 yil 14 dekabr chorshanba kungi 421-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.