Jahon kubogimi yoki begunoh insonlar qoni?!

98
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Jahon kubogimi yoki begunoh insonlar qoni?!

2022 yil 29 noyabr seshanba kuni yahudiy vujudining G‘arbiy Sohilda o‘tkazgan navbatdagi keng ko‘lamli operatsiyasida muborak zamin ahlidan besh yigit shahid bo‘ldi, 20 nafari jarohatlandi.

Falastin ma’muriyati sog‘liqni saqlash vazirligi shahid bo‘lganlardan ikkitasi 21-22 yoshdagi aka-uka Zofir bilan Javod Raymoviylar ekanini, ular Ramalloh shahri shimolidagi Kufr Ayn qishlog‘ida o‘sha kuni ertalab shahid bo‘lganliklarini e’lon qildi.

Navbatdagi shahid 22 yoshli yigit Roid Na’son bo‘lib, u Mug‘ir qishlog‘iga yahudiy qo‘shinlari bostirib kirgan paytda o‘ldirildi.

Yana biri Mufid Ixlayil ismli yigit olgan jarohati ortidan shahid bo‘ldi.

Yana biri yigit Ramalloh yaqinida yahudiylarga qarata mashina haydab yuborganidan keyin shahid etildi. O‘sha kuni tongda boshqa 20 nafar inson Xalil shimolidagi Bayt Umr shaharchasida bosqinchi kuchlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda jarohat oldi.

Yahudiylarning ushbu jinoyatlari ortidan izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘zining veb-saytida quyidagilarni ta’kidladi:

«Bugungi kunda butun dunyo, ayniqsa, arab davlatlari rejimlari futbol bo‘yicha Jahon chempionati to‘g‘risida qaysi jamoat boshqa qaysi jamoa bilan uchrashishi, kim kimni mag‘lub qilishi to‘g‘risidagi gaplar bilan ovora… Ommaviy axborot vositalari sport sharhlovchisiga mezbonlik qilish, boshqa biri kim g‘alaba qozonishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘cha fikrlarini o‘rganish, futbol sharhlovchilari bor ovozi bilan yer-u ko‘kni titratib baqirishlari, xalqlarni futbol ko‘rish uchun ekranlar qarshisida o‘tqazib, chalg‘itish… kabi ishlar sodir bo‘layotgan bir vaqtda, bu yoqda muborak Falastin zaminida G‘arbiy Sohilning u chetidan bu chetiga qadar begunoh insonlar qoni oqizilyapti. Masalan, 24 soat mobaynida 5 kishi shahid bo‘ldi!

Aftidan, yahudiy vujudi so‘nggi paytlarda har qachongidan ko‘proq Falastin ahli qonini to‘kyapti. Chunki u o‘zining bu jinoyatlarining musulmon yurtlaridagi davlatlar bilan bo‘lgan aloqalariga hech qanday ta’sir qilmayotganidan xotirjam. Hatto islomiy yurtlardagi Erdogan kabi hukmdorlarning musulmonlar his-tuyg‘ularini qitiqlash uchun vaysayotgan shiorlari hamda yahudiy vujudiga yuqoridagi kabi vaziyatni ortiqcha keskinlashtirib yubormaslik uchun go‘yo bosim qilish maqsadida aytayotgan balandparvoz bayonotlari sababli yahudiylar bilan bo‘lgan aloqalar – ular har qancha qon oqizsa ham, muqaddas dargohlarni har qancha toptasa ham – tegib bo‘lmas muqaddas aloqaga aylandi».

Matbuot izohida yana bunday deyildi:

«Yahudiy vujudi shuncha jinoyatlarni sodir etsa ham, Falastin ma’muriyati, uning rahbari va yetakchilari xavfsizlik bo‘yicha u bilan bo‘lgan sharmandali muvofiqlashuvlarida sodiq turishibdi. Ular hatto bu vujud ichkarisidagi siyosiy o‘zgarishlardan tashvishlanadigan va yahudiylar bizning shuncha ko‘rsatgan sadoqatli xizmatlarimizdan endi voz kechishlari mumkin, deya qo‘rqadigan bo‘lib qolishdi. Bir-birlarini shundan ogohlikka chaqirib, o‘z vazifalarini mujohidlar va qurolli guruhlarni yo‘q qilish uchun rejalar ishlab chiqish orqali amalda isbotlashga tirishishyapti, xuddi Nablus, Janin va boshqa yerlarda bo‘layotgani kabi. Falastin ma’muriyatidagilar yahudiy vujudi xavfsizligiga bo‘lgan har qanday tahdidni oldini olishda o‘zlari uchun eng zarur narsa shu vujudning ishonchini yo‘qotmaslik, deb bilishyapti…».

Izoh quyidagicha yakunlandi:

«Falastin ahli Qatarda bildirilayotgan hamdardliklarga, mustamlakachilar yasab bergan Falastin bayrog‘ining ko‘tarib chiqilishiga, stadionlarda odamlarning ular uchun hayqirishlariga muhtoj emas. Yo‘q, balki Falastin ahli muhtoj bo‘lgan narsa son-sanoqsiz musulmon qo‘shinlarning kazarmalarda FIFA va xabarlarini kuzatib yotish o‘rniga, harakatga kelib, bunday vaziyatni ostin-ustun qilib, muborak zaminni ozod etishlaridir. Ushbu qo‘shinlarni harakatga keltirishga faqat Islom Ummati qodirdir. Musulmon qo‘shinlari qachon harakatga kelsa, futbol fanatlari bo‘lgan bu xoin rejimlarni qulatib, ularning armiyalari bilan qo‘shilgan holda, Aqsoni ozod etadigan va Falastin ahlini qatl va vayrona mashinasidan qutqaradigan buyuk ma’rakaga kirishadi».

Roya gazetasining 2022 yil 7 dekabr chorshanba kungi 420-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.