Britaniyada nimalar bo‘lyapti?

119
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Britaniyada nimalar bo‘lyapti?

Ustoz Jamol Xarvud

O‘tgan uch oy ichida Britaniyada 3ta bosh vazir, 4ta moliya vaziri kelib ketdi. Hukmron Konservatorlar partiyasining muxolafatdagi Leyboristlar partiyasidan 30 foizgacha ortda qolayotganligi ijtimoiy so‘rovlardan ma’lum bo‘ldi. Vaholanki, Leyboristlar partiyasida mamlakatga yetakchilik qilish uchun mahorat va maqom yetishmaydigan siyosatchilar o‘tiribdi. O‘ziga tegishli Kovid karantini qonunini buzgani uchun sud qilinib, aybdor deb topilib, so‘ng jarimaga tortilgan Boris Jonsonni almashtirishga qaror qilingach, Konservatorlar partiyasi yangi hukumatdagi bosh vazirlikka qobiliyatsiz Liz Trassni tanladi. Jonson o‘zining xarizmatik uslubi bilan partiya a’zolari va saylovchilar ichida xalqchillikka ega bo‘lsa-da, biroq u g‘oyat buzuq va yaroqsiz rejimni boshqardi. Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqan ekan, Jonsonning merosi buning asoratlarini «yengil» kechishini ta’minlamaydi. Chunki Shimoliy Irlandiya hamon Yevropa Ittifoqi qamalida qolmoqda. Bundan tashqari, kovid uchun 400 milliard funt sterlingdan ziyod mablag‘ sarflangan, shu jumladan 45 milliard funt sterling asosan biznesga qaytarilmas kreditlar sifatida ajratilgan bo‘lsa-da, ularning aksari firibgarlik bilan sarflandi. Himoya vositalari hamda «sinov va kuzatish» uskunalarining katta qismi siyosatchilarning «do‘stona» biznes sheriklariga qaratildi.
Jonsonning yana bir merosi inqirozga botgan iqtisodiyot bo‘ldi. Inflyatsiya darajasining 10 foizdan ortganligi, davlat qarzi rekord darajada ko‘tarilganligi va energiya narxlarining osmonga chiqib ketayotganligi, bularning barchasi ko‘pchilik uchun dolzarb savol bo‘lib qolmoqda. Keyin bosh vazirlikka Jonsonga qarshi norozilik sifatida birinchilardan bo‘lib iste’foga chiqqan moliya vaziri Rishi Sunak keldi. Holbuki, u ham kovid karantini qonunini buzgani uchun aybdor deb topilib, jarmaga tortilgan. U na mamlakat iqtisodiyotini o‘stirgan va na xalqni inflyatsiyadan qutqargan bir qator iqtisodiy siyosatlarga me’morlik qilgan. Ustiga-ustak, sudxo‘rlik stavkalarining oshishi (hozirda ipoteka kriditlarining 6 foizdan oshishi) manzarasida aholi boshqa tomondan ham azob-uqubat chekmoqda (masalan, kredit foizlari oshishidan, retsessiyaning yaqinlashib kelayotganidan va biznesning muqarrar yopilishidan qiyinchilik chekmoqda).
Boris Jonson iste’fosidan keyin Konservatorlar yangi bosh vazirlikka saylov o‘tkazishdi va unda Liz Trass g‘olib chiqdi. Bu ayol funksional siyosatchi, unda xarizmatik uslub yo‘q. Sunakkacha u o‘zining yaqin do‘sti Kvazi Kvartent bilan birgalikda maslahatchi sifatida yangi iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqqan bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham, bu rahbarlarning (soliqlarni pasaytirish, xarajatlarni ko‘paytirish, o‘sishga umid qilish kabi) rejalari muvaffaqiyatli chiqishi amri mahol bo‘lishiga qaramay, o‘zlari mamlakatning boylaridan yordam umid qilishyapti. Bunday rejalar barcha kuchli bozorlarni qo‘rqitdi va Jorj Barker kabilarni «Financial Times» gazetasiga «bu bozorlar erkin bozordan orqada qoldi», deyishga undadi.
JLT (Davlatning qimmatbaho qog‘ozlar bozori) pastlab ketdi, sudxo‘rlik stavkalari ko‘tarilib, funt sterling keskin tushib ketdi. Keyin bunga Angliya Bankining oltin bozorni qutqarish rejasi o‘rtaga chiqdi hamda Trass siyosatlarining sharmandali in’ikosi yuzaga keldi.
«The Economist» gazetasida Trass haqida bunday deyildi:
«Shuni esda tutish lozimki, Britaniya siyosiy tarixida bosh vazir sifatida hokimiyatda eng qisqa vaqt o‘tirgan shaxs Trass bo‘ldi. U Dauning-stritga 6 sentyabrda kirdi. Uning hukumati 23 sentyabrda «moliyalashtirilmagan soliqlarni kamaytirish va energiya narxini kafolatlash» paketi bilan sudralishni boshladi.
Liz Trass va Kvazi Kvartent hukumat rulini atigi 45 kun boshqarganidan keyin hokimiyatdan ketishga majbur bo‘lishdi. Ular iste’fo berishgach, Konservatorlarga yana boshqa bosh vazir va hukumat vazirlari gruppasini olib kelishga to‘g‘ri keldi. Rishi Sunak, hatto Boris Jonson bilan ishlagandagi muvaffaqiyatsizliklariga qaramay, «bosh irg‘ab ma’qullanish» baxtiga muvaffaq bo‘ldi. Ilgari «Goldman Sachs» bankining bankiri bo‘lgan 42 yoshi Sunak Britaniyaning zamonaviy davrida eng yosh hukmdori bo‘ldi. Biroq, mamlakatda bu iqtisodiy krizisning davom etishi kutilmoqda. Chunki inflyatsiya hamon 10 %, Ipoteka stavkalari 6 %dan yuqori bo‘lib, ko‘tarilish arafasida… Qish yaqinlashib kelgani sari mamlakat fuqarolaridan ko‘pi faqirlashib bormoqda.
Umuman olganda, Britaniya siyosati bilan uyg‘un bo‘lib, qorishib ketgan Konservatorlar partiyasi iste’dod sohiblariga, davlat arboblariga va ishonchlilikka ega emas. Liz Trass tajribasi ulkan xato bo‘ldi. Liz Trass bilan Kvazi Kvartentning ikkalasida ham asosiy moliyaviy ishlarda qobiliyat yetishmasligi va mini budjetlarida xatolar ham mavjudligi sababli ketishga majbur bo‘lishdi. Ammo sobiq bankir Sunak asosiy moliyaviy qobiliyatga ega, u endi bozorlarni rozi qilish va Amerikaning ko‘nglini olish uchun tejamkorlik siyosati olib boradi. Shunisi e’tiborliki, Bayden Trassning iqtisodiy rejalarini, shu jumladan, biznes uchun soliqlarni kamaytirish chorasini ochiq tanqid qilgan. Shuning uchun Sunakning Amerika istaklariga ko‘proq itoat qilishi hamda xarajatlarni kamaytirish va Markaziy Bankka raqamli valyutalarni jalb qilish kabi xalqqa uncha manzur bo‘lmagan qator siyosatlarga kirishishi mumkin. Chunki u ommani ko‘proq nazorat qilish va soliqlarni oshirishga yuborilgan «vakil» bo‘lib, bosh vazirlik muddati ozligiga qarmay (2024 yilgi saylovlarda Konservatorlarning ma’lum vaqt maydondan nari ketishlari kutilmoqda), zaif parokanda partiyaga yetakchilik qilyapti hamda qashshoqlikning ortishi bilan birga, tobora bo‘linib ketayotgan bir davlatni boshqaryapti.

Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.