Sudaniy gazetasi bosh muharririga

35
0

Matbuot raddiyasi

Sudaniy gazetasi bosh muharririga

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Mavzu: Hizb ut-Tahrir siyosiy hizbdir, uning kuch ishlatish faoliyatlari olib bormasligiga sabab birovdan qo‘rqqanligi emas, balki, Rosululloh ﷺdan o‘rnak olganligidir.

Biz sizning Sudaniy gazetangizda (hijriy 1444 yil 18 robiulavval, milodiy 2022 yil 12 noyabr shanba kuni) nashr qilingan jurnalist Muhammad Amin qalamiga mansub bir maqola o‘qidik. «Da’vatchilar, ekstremistlar va diniy jamoalar AQSHning Xartumdagi elchisiga tahdidli risola yo‘llashmoqda… To‘p Vashingtonning Suba elchixonasiga yumalayaptimi?!» sarlavhali maqolada muallif Hizb ut-Tahrir haqida yozar ekan, o‘quvchida Hizb ham kuch ishlatuvchi jihodiy jamoalardan biri ekan, degan tushuncha paydo qilishga uringan. U hatto «Jon Godfrining xatti-harakatlariga keskin reaksiya yuzaga keldi va Ibrohim Usmon Abu Xalil rahbarligidagi Hizb ut-Tahrir Islomiy (Sudan viloyati) Sudandagi radikal kuchlarning birinchi safida paydo bo‘ldi…», deya Hizbni radikal hizb, deya atagan.

Haqiqatni aytish va narsalarni o‘zining to‘g‘ri o‘riga qo‘yishga bo‘lgan ishonchimizdan kelib chiqqan va raddiya bildirish huquqimizga amal qilgan holda, biz sizdan maqolangizdagi uydirmalarga quyidagi raddiyani e’lon etishingizni so‘raymiz:

Birinchi: Hizb ut-Tahrir siyosiy hizb bo‘lib, mabdai Islomdir. Hizb Ummat Islomni o‘zining masalasi qilib olishi uchun hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni qayta barpo etish va Alloh nozil qilgan ahkomlar bilan hukm yuritishni qayta tiklashda Ummatga yetakchilik qilish uchun Ummat orasida va Ummat bilan birgalikda faoliyat olib boradi.

Ikkinchi: Hizb ut-Tahrir Ummatni yorqin fikr orqali to‘g‘ri ravishda uyg‘otishni maqsad qilgan. Shuning uchun uning faoliyati fikriy va siyosiy kurashga cheklangan bo‘lib, kuch ishlatish faoliyatini qo‘llamaydi. Albatta bu uning kimlardandir qo‘rqqani uchun emas, balki Nabiy ﷺning davlat tariqatlariga amal qilib, davlat barpo etishdagi muattar siyratlaridan o‘rnak olgani uchundir. Chunki ul zot davlat barpo etgunga qadar hech qanday kuch ishlatish faoliyati bilan shug‘ullanmaganlar, balki fikriy va siyosiy kurash olib borish bilan davlat barpo etganlar. Kuch ishlatish faoliyatini esa, davlat olib borgan.

Ikkinchi: Maqola muallifi Hizb ut-Tahrirning matbuot bayonoti haqida so‘z yuritgan ekan, bayonotda hech kimga hech qanday kuch ishlatish tahdidi yo‘q, na AQSH elchisiga va na boshqasiga. Balki Hizbning ushbu bayonotida Sudan hukmdorlari va Sudan ahli haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, bu uning «Sudan hukmdorlarining qo‘rqoqligi sababli AQSH elchisi Sudanning amaldagi hukmdori kabi harakat qilmoqda», degan sarlavhasidan ham yaqqol ko‘rinib turibdi. Bayonotda Sudan ahlidan Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish talab qilingan bo‘lib, Xalifalik ularning yurtini suveren qilib, mustamlakachi kofirlar qo‘lini qirqishi aytilgan. Yoki maqola muallifi AQSH va boshqa mustamlakachi davlatlarning Sudandagi ishlaridan qoyil qolyaptimi?! Masalan, Sudanning AQSHdagi yoki Britaniyadagi elchilari bu ikki mustamlakachi davlatning yurtimiz ishlariga burun suqishlarini o‘ndan birini bo‘lsa ham qilishga jur’at eta oladilarmi?! Albatta bunga jur’atlari yetmaydi, chunki AQSH ham, Britaniya ham o‘z yurtlari suverenligini saqlagan holda bunga yo‘l qo‘ymaydi va buni sudanlik elchilar juda yaxshi bilishadi.

So‘zimiz nihoyasida Robbimizdan kofirlar va ularning yurtimizdagi dumlarining makr-hiylalarini o‘zlariga qaytarib urishini va bizni Payg‘ambarimiz ﷺ bunday deya bashorat qilgan o‘zining minhojlari asosidagi roshid Xalifalik bilan siylashini so‘rab qolamiz:

«… ثُمَّ تَكُونُ مُلْكاً جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ، ثُمَّ سَكَتَ»

«So‘ng zolim-zo‘ravon podshohlik bo‘ladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. So‘ng Alloh O‘zi xohlaganda uni ko‘taradi. So‘ng payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi. Keyin Payg‘ambar ﷺ sukutga cho‘mdilar». (Musnadi Ahmad).

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.