Allohning arqonini mahkam ushlash Allohning dushmanlari buyrug‘ini qabul qilish bilan emas, balki Allohning amrini qabul qilish bilan bo‘ladi!

125
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Allohning arqonini mahkam ushlash Allohning dushmanlari buyrug‘ini qabul qilish bilan emas, balki Allohning amrini qabul qilish bilan bo‘ladi!

Doktor Muhammad Hivroniy

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati

markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi

Islom Ummatini boshqa ummatlardan mumtoz yagona qilgan narsa – bu aqidadir. Bu aqidadan shariat ahkomlari va turli hayot tuzumlari balqib chiqqan. Xalifalikda gavdalanuvchi siyosiy tuzum ham shu aqidadan kelib chiqqan. Shuningdek, ushbu ko‘hna Ummat o‘zi tashkil topgandan boshlab, to yahudiy Mustafo Kamol va uning ortida turgan o‘tgan asr boshlaridagi faol kofir davlatlari qo‘li bilan Xalifalik ag‘darilguniga qadar o‘sha asosda toblanib shakllangan tuzumlar ham, barchasi aqidadan kelib chiqqan.

Xalifalik ag‘darilgandan boshlab, Ummat bo‘linish, xorlik va ixtilofda yashamoqda, dushmanlari uni istaganicha manipulyatsiya qilyapti… Ummat esa o‘zining bunday alamli holatidan qutulishga intiq. Shuning uchun ham o‘zingiz guvoh bo‘layotganingizdek, uni ayni achchiq voqeligidan qutqarishga kim harakat qilayotgan bo‘lsa, ularning barchasidan juda xursand, bor imkoni bilan ularni qo‘llab-quvvatlamoqda, buning uchun molu jonini ham ayamayapti… Biroq, natija avvalgidan ham ko‘proq umidsizlik, ko‘proq alam va yanada dahshatli tartibsizlikka olib kelyapti!

Alloh Azza va Jallaning

﴿وَاعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللهِ جَمِيعاً وَلَا تَفَرَّقُوا﴾

«Barchangiz Allohning arqonini mahkam ushlang va bo‘linmang»            [Oli Imron 103]

degan kalomi Ummatning birligini tartiblashtiruvchi asosdir. Alloh Subhanahu va Taolo Ummatga

﴿وَإِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاتَّقُونِ﴾

«Shak-shubhasiz, (barchangizning) millatingiz bir Ummatdir va Men sizning Robbingizman, bas, Mendangina qo‘rqingiz»                [Mo‘minun 52]

deya yagona Ummat sifatini berdi.

Ammo Ummat to Allohning arqonini haqiqiy ravishda mahkam ushlamaguncha talab etilgan to‘g‘ri birlashish aslo amalga oshmaydi. Avvalgi oyatdagi «جَمِيعاً barchangiz» so‘zi haqiqiy ma’noga ega: Allohning amri ostiga birlashish ushbu Ummat farzandlaridan har biriga qilingan buyruq bo‘lib, hammani o‘z ichiga olayotganiga dalolat qiladi. Agar ba’zi kimsalar bo‘yin tovlab, Allohning arqonini mahkam ushlashni buzsalar, ular ozchilikni tashkil etsalar ham, ulkan buzg‘unchilikka eshik ochgan bo‘lishadi. Chunki ushbu buzilish bir kishi tarafidan bo‘lgan taqdirda ham Ummatning halokatiga muqaddima bo‘ladi. Shuning uchun arqonni bir necha kishining ushlashining o‘zi yetmaydi, hamma birgalikda mahkam ushlamog‘i darkor.

Biroq, Ummat birlashishga muhtoj bo‘lib, shunga intilar ekan, dushmanlari ayni intilish harakatini adashtirib, bundan o‘z maqsad va rejalarini amalga oshirishda foydalanishdi… Ularning maqsad va rejalari esa Ummatni xoru zor va bo‘lingan ahvolda qoldirishdir. Chunki Ummat shunday qolsa, uning boyliklarini talash hamda kechayu kunduz orzu qilayotgan ulug‘ligiga qaytishi va rivojlanishiga qarshi kurashish dushman uchun osonlashadi.

Zotan, o‘ziga «واعتصموا Allohning arqonini mahkam ushlang) oyatini shior qilgan «Islom Konferensiyasi Tashkiloti» ham mustamlakachi kofirning buyrug‘i bilan tuzilgan bo‘lib, keyinchalik uning nomi «Islom Hamkorlik Tashkiloti» nomiga o‘zgartirilgan. Arab davlatlari Ligasi ham kofir buyrug‘i bilan xuddi shunday tuzilgan. Bu kabi tashkilotlar Ummatning bo‘linishi va qoloqlashishini yanada ziyodalashtirishdan boshqa narsaga yaramadi. Chunki ularning barchasi Ummatni bitta Xalifalik davlati soyasida haqiqiy birlashish sari harakatlanishidan adashtirish maqsadida tuzildi.

Falastin Ozodlik Tashkiloti ham Ummat dushmanlarining Falastin masalasini yo‘q qilish maqsadidagi buyrug‘i bilan tuzildi. U Falastinni ozod etish uchun tuzilmadi. Aksincha, unga xiyonat qilishni hamda yahudiy vujudini tan olib, bu vujud uchun Falastin yerlarining aksar qismidan voz kechishni imzolaydigan yagona vakil tashkilotga aylandi.

Falastindagi fraksiyalarni birlashtirish chaqiriqlari ham shu nuqtai nazardan kelib chiqdi. Maqsad mutlaqo aniq. U ham bo‘lsa, Falastindagi ahlimizni tis cho‘ktirib, «birlashish» niqobi ostida yahudiylar boshqaruviga rozi qilish hamda Falastin, shu jumladan Quddus masalasiga qonuniylik tusini berish, so‘ng bira to‘la yo‘qqa chiqarish.

Shom ahli qo‘zg‘olonida ham xuddi shunday bo‘lganiga guvoh bo‘ldik. Zero, ushbu qo‘zg‘olon eng mustabid va qonxo‘r rejimga qarshi boshlanib, xalq rejimning nufuzini katta shaharlarning xavfsizlik kvartallariga cheklab qo‘ya oldi. Biroq ushbu Ummatga qarshi payt poylagan dushmanning mutasaddiligida jangchilar bilan qo‘zg‘olonchilarni rota va armiyalarga to‘plash da’vosi bilan holat butunlay teskariga o‘zgardi. Oqibatda rejim kuchga to‘lib, qo‘zg‘olon uch mintaqaga cheklanib qoldi. Bu mintaqalar taqdirlari Ostona va Sochi shartnomalari orqali belgilanmoqda. Zohirda guruhlar tomonidan boshqarilayotgan bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida «kafil» Turkiya har bir jangchi guruhni o‘z nazorati ostiga olib olgan.

Turk rejimining ayni jangchi guruhlarni qonxo‘r rejim bilan yarashtirishga harakat qilayotgani to‘g‘risidagi bayonoti bir ssenariy bo‘lib, xuddi Falastin Ozodlik Tashkiloti bilan bo‘lgan ssenariyga o‘xshadi. Vaqti-vaqti bilan «birlashish», to‘g‘risidagi ovozlar ko‘tarilib, mazkur «واعتصموا» shiori ostida bo‘lib o‘tdi… Unisi bitta harbiy kengash doirasida birlashishga chaqirsa, yana boshqasi bitta hukumat ma’muriyati ostida birlashishga chaqirdi. Ammo bu chaqiriqlardagi asl maqsad Shom ahli uchun yaqqol ma’lum edi: ularning qo‘zg‘olonini tiz cho‘ktirish va yo‘q qilish hamda odamlarni millionlab shahidlarga, yaradorlarga va qochqinlarga aylantirganlaridan so‘ng qayta 2011 yildan oldingi ahvolga – agar undan ham battar ahvolga bo‘lmasa – qaytarish.

Bas, Shom ahli bunday chaqiriqlardan ehtiyot bo‘lsinlar. Chunki ular sirti haq, ichi botil bo‘lmish zahri qotil chaqiriqlardir. Unutmasinlar, butun Ummatdan, xususan Shom ahlidan talab etilgan birlashish donorlar arqonini ushlash ham, boshqa biror arqonni ushlash emas, balki faqat Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlash bilan bo‘ladi. Toki, ushbu birlashish aniq mazmunga ega bo‘lmagan yaltiroq shiorlar bilan bo‘lmasin, balki Allohning shariatidan ishlab chiqilgan va Ummatning aqidasidan balqib chiqqan keng miqyosli ochiq loyihani mahkam ushlamoq va uning atrofiga yig‘ilmoq bilan bo‘lsin.

To‘g‘ri birlashish va Allohning arqonini mahkam ushlash mana shu bo‘lib, u Ummatning parokanda energiyalarini birlashtirib, o‘zini ochiq nusrat sari yetaklaydi. Zero, Allohning mustahkam arqonini mahkam ushlash musulmonlar oldidagi tanlov emas, balki ularga buyurilgan farzdir. Zotan, mustamlakachi kofir musulmon yurtlarga kirishda Ummat tanasiga o‘rnatgan mana shu bo‘linish ko‘prigidan foydalanib, shu orqali hukmron bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Alloh Azza va Jalla ushbu Ummatni bo‘linishdan va uning sabablaridan qaytardi. Chunki Ummatni zavolga olib borish yo‘li mana shu bo‘linishdir. Alloh Taolo bunday dedi:

﴿وَلَا تَنَـازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيـحُكُمْ﴾

«Va (o‘zaro) nizolashmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur»       [Anfol 46]

Oyatdagi nizolashish ixtilof bo‘lib, bo‘linishning boshlanishidir.

Alloh Azza va Jalla bizni yaxshilik va taqvoda hamkorlik qilishga buyurdi, gunoh va dushmanlikda hamkorlik qilishdan qaytardi.

Shuning uchun shuni ongli ravishda ochiq tushunib olaylikki, birlashishga qilinayotgan barcha chaqiriqlar ham maqtovga loyiq va talab qilingan chaqiriq emas. Balki talab qilingan narsa aqidamizdan balqib chiqqan aniq tiniq loyiha atrofida birlashishdir. Bu Ummat imkoniyatlarini barcha qatlami bilan qo‘shib to‘plab, sa’y-harakatini Alloh Azza va Jalla rozi bo‘ladigan ishga birlashtiradigan, qonxo‘r rejimni ag‘darib, Islom boshqaruvini barpo etishga yo‘llaydigan loyihadir.

Buni amalga oshirishning yagona yo‘li anavi til biriktiruvchilar va qo‘zg‘olonimizni manipulyatsiya qilayotganlarning qo‘llarini qirqib tashlash va muayyan-aniq loyihaga ega rostgo‘y-xolis siyosiy yetakchiga ergashish bo‘lib, bu yo‘lda g‘oyamiz va o‘zgarmas maqsadimizga yetish sari shaxdam qadam tashlamog‘imiz darkor.

Hizb ut-Tahrir – Ummat undan har doim guvohi bo‘lganidek – o‘z ahlini aslo aldamaydigan yetakchi bo‘lib davom etmoqda. U Ummat uchun buyuk Islom loyihasini tayyorlab qo‘ygan va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish uchun Ummat bilan birgalikda faoliyat olib bormoqda. Ummatdan birdan-bir talab qilingan narsa Hizbga qo‘l berib, uni o‘ziga yetakchi qilib, u bilan birga yurishidir, xolos. Toki, shu bilan Ummat birlashsin hamda kuch-qudratining, ulug‘ligining, xalos bo‘lishining va ikki dunyo baxtiga noil bo‘lishining ramzi bo‘lmish davlati barpo bo‘lsin.

Alloh Taolo aytadi:

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنصُرُوا اللهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ﴾

«Ey mo‘minlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi»                [Muhammad 7]

Roya gazetasining 2022 yil 9 noyabr chorshanba kungi 416-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.