Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

111
0

Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegara bitimini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

 Xabar: Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “3 noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident ma’muriyatida ma’lum qildi.

 Qonun Jogorku Kenesh tomonidan 2022 yil 17 noyabrda ma’qullangan edi.

 Xabar qilinishicha, mazkur bitim Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasining 302,29 km uzunlikdagi uchastkalariga oid bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi chegara bo‘yicha bahslarga yakun yasashda muhim o‘rin tutadi.

 Sadir Japarov, shuningdek, “Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2022 yil 3 noyabrda Bishkekda imzolangan Kampirobod suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi.

 Izoh: Chegara muammolari aniqlanmagan hududlarni belgilash, baxsli hududlarni o‘zaro ayirboshlash bilan hal bo‘lmaydi. Chunki, bizda olib borilayotgan siyosat bir shaxsning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lib, shaxs hokimiyatdan ketishi bilan siyosat ham o‘zgarishi, avval sovuq bo‘lgan munosabatlar iliqlashishi yoki aksincha iliq munosabatlar sovuqlashib ketishi mumkin. Barchamizga ma’lumki, salkam 30 yil davomida O‘zbekistonni boshqargan Karimov davrida qo‘shni davlatlar bilan aloqalar o‘ta sovuqlashgan, xavfsizlik va boshqa iddaolar bilan chegaralar bir tomonlama yopib tashlangan edi. Hatto, Karimov suv masalasida urush kelib chiqishi bilan tahdid qilib, Qirg‘izistonning “Qambarota” va Tojikistonning “Rog‘un” GEslari qurilishiga qarshilik qilib kelgandi. Karimovdan keyin esa O‘zbekiston hatto bu qurilishlarda hamkorlik va sheriklik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Hozir hokimiyat tepasida Japarov va Mirziyoyev bo‘lib turgan vaqtda bu masala hal etilgandek ko‘rinishi mumkin. Ertaga bular amaldan ketganidan keyin bu kelishuvlar o‘z ahamiyatini yo‘qotishi, yangi davlat rahbarlari yangicha shart va talablar qo‘yishi ehtimoldan uzoq emas.

 Bundan tashqari, bizdagi chegaralar kufr mustamlakachilari tomonidan belgilab berilgan bo‘lib, ular bu muammolar tinchgina xal bo‘lishini istashmaydi. Ular kerak bo‘lgan vaqtda u yoki bu respublikaga chegara muammolari orqali bosim o‘tkazishda foydalanib keladi. Demak, bu endi chegaralarda muammo bo‘lmaydi deganini anglatmaydi. Mustamlakachilar istagan vaqtda sohta vatanparvarlarni ishga solib ayirboshlangan hududlar yoki boshqa yerlarni bahona qilib yangi muammolarni keltirib chiqaraveradi.

 Chegara muammolarining xal qilishning yagona yo‘li ikki qardosh xalq imon keltirgan aqida asosida birlashish, shu aqidaga asoslangan davlatni barpo etishdan iborat. Mana shundagina kufr mustamlakachilari tomonidan o‘rtalarimizga tortgan sun’iy chegaralar yo‘q bo‘ladi va o‘zaro birodarlik hamda yagona Ummat aloqalari o‘rnatiladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.