Shom qoʼzgʼoloniga shart boʼlgan narsa Erdoganning arqonini emas, Аllohning arqonini ushlamoqdir

105
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom qoʼzgʼoloniga shart boʼlgan narsa Erdoganning arqonini emas, Аllohning arqonini ushlamoqdir

https://halabtodaytv.net/ veb-sayti (hijriy 1444 yil 1 robiussoniy, milodiy 2022 yil 26 oktyabr chorshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:
«Gʼarbning bir maqolasida Turkiyaning Suriya milliy armiyasining barcha guruhlarini birlashtirish niyatida ekani aytilgan. https://www.middleeasteye.net/ veb-saytining ismi keltirilmagan yuqori mansabli turk manbalaridan iqtibos keltirishicha, Аnqara Suriya milliy armiyasini oddiy armiyalar kabi yagona qoʼmondonlik ostida qayta tuzmoqchi. Turk manbalariga koʼra, ushbu yangi tashkil etishdagi birinchi qadamda mavjud barcha guruhlarni tarqatib yuborib, ularni milliy armiyaning yangi tarkibiga qoʼshiladi va bu armiya bitta qoʼmondonlikka boʼysunadi. Аmmo Tahriri Shom bundan istisno etilgan».
Roya:
Har doimgidek, turk rejimi Shom togʼuti bilan yarashishdek АQShning siyosiy yechimini amalga oshirish uchun surʼat bilan qadam tashlamoqda. Mana, milliy armiya guruhlarini bitta qoʼmondonlikka birlashtirishdan ham Shom qoʼzgʼolonini rejimni agʼdarish uchun Damashq sari yetaklash maqsad qilinmagan. Balki bundan qoʼzgʼolon qarorini toʼla tortib olib, uni turk rejimi buyrugʼi bilan harakatlanuvchi bitta qoʼmondonlik qoʼliga topshirish koʼzlangan. Turkiya rejimi oʼzining tashqi ishlar vaziri Chovushoʼgʼlining bayonoti Shom qoʼzgʼolonchilarida keskin reaktsiya keltirib chiqarganini koʼrdi va hamon qoʼzgʼolonning xalq qoʼllab-quvvatlovi ostida ekaniga amin boʼldi. Soʼng, bu qarorni jangchi guruhlarni mana shunday birlashtirish orqali tortib olishga qaror qildi va shu orqali oʼz istagini qoʼzgʼolonga zoʼrlab oʼtqaza olaman, deb oʼylayapti. Аsl birlashish boshidayoq qoʼzgʼolonchilar talab qilgan, turkiyaparast guruhlar rad etgan birlashishdir. Yaʼni Аllohning mustahkam arqonini ushlashdir, qoʼzgʼolon yoʼlining oxiri Suriya rejimi bilan yarashish, deya kechayu kunduz eʼlon qilayotgan kimsaning buyruqlariga muvofiq birlashish emas.
Roya gazetasining 2022 yil 2 noyabr chorshanba kungi 415-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.