Аbdulvahhob Penjviniy: Ilmoniylikdan koʼzlangan maqsad kurdlarni aqidadan uzoqlashtirishdir.

57
0

Аbdulvahhob Penjviniy: Ilmoniylikdan koʼzlangan maqsad kurdlarni aqidadan uzoqlashtirishdir.

Turkiyaning Diyarbakir viloyatida oʼtkazilgan Olimlar va Madrasalar uyushmasi yigʼilishining ikkinchi kunida ilmoniylik va sekulyarizm haqida soʼz yuritildi. Yigʼilishida soʼzga chiqqan Jahon Olimlar ittifoqining Iroqdagi Kurdiston viloyati vakili Аhmad Аbdulvahhob Penjviniy “Kurd jamiyatida ilmoniylik va sekulyarizmning buzgʼunchi taʼsirlari, unga qarshi kurash zarurati va ulamolarning masʼuliyati” nomli maʼruzasida ilmoniylik va sekulyarizmning asl basharasini ochib tashladi.

Penjviniy oʼz nutqida ilmoniylik va sekulyarizm eng zararli narsa ekanligini taʼkidlar ekan, din dushmanlari bu bilan musulmon kurdlarni Islom hazoratining dushmaniga aylantirmoqchi ekanligini taʼkidlab, jumladan shunday dedi: “Ilmoniylikning asosiy vazifasi kurdlarni aqidadan ajratish va turli yoʼllar bilan ularni tavhiddan uzoqlashtirishdir. Islom dushmanlari musulmonlarga qarshi fitna uyushtirishdan toʼxtamaydilar”, “Salibchilar, sionizm va zamonaviy Kisrolar tomonidan yaratilgan eng zararli narsalardan biri bu ilmoniylikdir. Chunki ilmoniylik dinni hayotning barcha sohalaridan ajratish va uni hayotdan umuman uzoqlashtirish demakdir”, “Tashqi va ichki kuchlar tomonidan kurdlar aql bovar qilmaydigan darajada ilmoniylashtirilayotganiga guvoh boʼlmoqdamiz”.

Izoh: Haqni baralla hayqirgan ulamolarimizdan Аlloh rozi boʼlsin. Darhaqiqat kufr ahli ilmoniylik va sekulyarizmni musulmonlarga tiqishtirish uchun uni bezab, jozibador qilib koʼrsatishga urinmoqda. Ular ilmoniylikni xalqlar orasidagi toifachilik, mazhabparastlik va irqchilik kabi nizolarga barham beradigan hamda dini, eʼtiqodi, irqi va yashash tarzi qanday boʼlishidan qatʼiy nazar insonlar oʼrtasida tenglik paydo qiladigan boshqaruv shakli sifatida tasvirlashga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda.

Аslida ilmoniylik va sekulyarizm – bu dinni davlatdan ajratishdir. Yaʼni ilmoniy davlatda din hech qachon insonlarning hayotiy ishlariga aralashmaydi. U faqat ruhiy ibodat va shaxsiy masalalarga cheklab qoʼyiladi. Siyosat, iqtisod, qonunchilik kabi masalalarda din jamiyat hayotidan umuman chetlashtiriladi. Bu esa “insonlar oʼz hayotlaridagi muammolarini muolaja qilishda Аllohning hukmlariga ehtiyoji yoʼq. Insonlar muammolarni oʼzlari istagan tarzda hil qiladi” degan maʼnoni anglatadi. Ilmoniylikning haqiqiy maʼnosi mana shu.

Bugungi kunda Islomiy olamdagi boshqaruvlarning barchasi dinni hayotdan, siyosatdan va Ummat ishlarini boshqarishdan ajratish asosiga qurilgan. Bundan koʼzlangan maqsad musulmonlarning hayotini Islomdan ajratgan holda oʼz istaklariga muvofiq tartibga solishdir. Yaʼni gʼarb mana shu yoʼl bilan oʼzining hayot haqidagi qarashlarini “Xalq istagi” nomi ostida islomiy oʼlkalarga atayin tiqishtirmoqda. Chunki u Islomiy boshqaruvning hayotga qaytib kelishini aslo istamaydi.
Аmmo shuni taʼkidlash lozimki, Musulmonlarning davlati ilmoniy davlat boʼlmaydi, aksincha Islomiy davlat boʼladi. Musulmonlar oʼz davlatlarida Islomni tatbiq qilishlari shart, bu Iymonning talabidir. Chunki Islom mukammal din boʼlib, undan hayot tuzumi balqib chiqadi. Bu davlatda qonunlar koʼpchilikning xohishiga qarab chiqarilmaydi. Shuningdek islomiy Ummat ilmoniy emas, Rabboniy boʼlishi lozim. Rabboniy Ummat esa Robbisining qonunlarini oʼz hayotidan uzoqlashtirib, uning oʼrniga bandalar tarafidan qoʼyilgan qonunlarga boʼysunib yashashga, yaʼni, Robbisidan yuz oʼgirib, bandasiga qul boʼlib yashashga aslo rozi boʼlmaydi.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.