Bekbolotov Tojikiston bilan chegarada KXShT kontingentini joylashtirishni taklif qildi

103
0

Bekbolotov Tojikiston bilan chegarada KXShT kontingentini joylashtirishni taklif qildi

Xabar: Qirgʼiziston respublikasi mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotov 4 oktyabr kuni Bishkekda boʼlib oʼtgan KXShT Bosh kotibi Stanislav Zas bilan uchrashuviga izoh berdi.
Bishkekdagi matbuot anjumanida u oʼzi bilan qirgʼiz-tojik chegarasidagi vaziyatni muhokama qilganini aytdi.
“Yaqinda men KXShT Bosh kotibi Stanislav Zas bilan uchrashdim. Qirgʼizlar bilan tojiklar oʼrtasida tinchlik boʼlmaydi, dedim. Chunki qirgʼizlarning oʼz haqiqati bor, oʼz haqiqati. Bizning oramizda arbitr turishi kerak, masalan, KXShTdan kichik bir kontingent shaklida KXShT sulhini kuzatish va davlat chegarasidan ogʼir qurollarni olib chiqish vazifalari bilan. Аgar ular bu ikki masalani hal qilsalar, qirgʼiz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʼyicha siyosiy vazifalarni muhokama qilishni boshlashimiz mumkin”, dedi Bekbolotov.

Izoh: Аslida, oʼtgan yil Qozogʼistonda sodir boʼlgan yanvar voqealaridagi ishtirokini hisobga olmaganda, KXShT siyosiy va harbiy tomondan biror vaznga ega boʼlmagan tashkilot boʼlib keldi. Аksar siyosiy tahlilchilar bu tashkilotni “oʼlik tugʼilgan chaqaloq” sifatida baholab, uning mavjud boʼlib turishi Rossiyadan boshqaga kerak emasligini aytib kelishadi. Bugunga kelib esa Rossiya bu tashkilotni jonlantirish, turli “tinchlikparvar” missiyalarga jalb qilish orqali tashkilotga aʼzo davlatlarni harbiy jihatdan oʼziga yanada koʼproq bogʼlab olishga harakat qilmoqda. Qirgʼiziston mudofaa vaziri Baktibek Bekbolotovning KXShT bosh kotibi bilan boʼlgan uchrashuvda tashkilot “tinchlikparvar kuchalarini” qirgʼiz-tojik chegarasida joylashtirish masalasini koʼtarilishi ham Rossiyaning bu maqsad yoʼlida tashlayotgan qadamlaridan biri sifatida baholash mumkin. katta ehtimol bilan bu taklif mudofaa vaziridan koʼra bosh kotib tomonidan qilingan boʼlishi mumkin. Ostonada Japarov va Rahmon bilan uchrashgan Putin ham qirgʼiz-tojik chegara muammosini hal qilishda oʼrtamchi boʼlishga tayyor ekanligini va Qirgʼiziston va Tojikistonda mavjud boʼlmagan chegara boʼyicha xaritalar Moskvada bor ekanligini aytishi ham Rossiya chegara muammosidan foydalanib mamlakat janubida ham harbiy baza barpo etishiga dalolat qiladi. Аslida bu masala anchadan beri koʼtarib kelinayotgan, ammo turli sabablar bilan ortga surilayotgan edi. Bugunga kelib esa Rossiyaga chegara muammolarini bahona qilib, Qirgʼiziston janubiga harbiy kontingent kiritishi uchun qulay fursat keldi.
Аfsuski, amaldorlarimiz mustamlakachilik quroli boʼlgan bu kabi tashkilotlarga najot koʼzi bilan qarab, ulardan umid qilishayotgan boʼlsa, gʼarbparast huquq himoyachilari esa qirgʼiz-tojik chegarasida sodir boʼlgan voqealarga “xolis” baho berishni soʼrab, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarga murojaat yoʼllashmoqda. Аslida bu tashkilotlar faqat ushbu tashkilotlarni tuzgan va yetakchilik qiladigan mustalakachi kufr davlatlarining ustimizdagi nufuzini yanada mustahkamlash va ularning manfaatlarini ustimizda joriy boʼlishigagina xizmat qiladi. Mustamlakachi kofirlar garchi biz istasakda, oʼrtalarimizda bahsli hududlar yoʼq boʼlishiga yoʼl qoʼyishmaydi.

Chegara muammolarning hal qilishning yagona yoʼli, mustamlakachi kofirlar tomonidan oʼrtalarimizga tortilgan sunʼiy chegaralarni rad etish va shu chegaralarni qonuniylashtirib bergan xalqaro qonunlarni inkor qilish, turli xalqaro va mintaqaviy tashkilot va ittifoqlardagi aʼzolikdan voz kechishdan iborat. Buning uchun esa, oʼz aqidamizdan kelib chiquvchi islomiy tuzumni hayotga tatbiq qilishga va shu orqali ikki dunyo sodatiga erishish yoʼlida harakat qilishimiz zarur.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.