Covid-19 vaksinalari sinovdan o‘tkazilmay sotuvga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi

131
0

Covid-19 vaksinalari sinovdan o‘tkazilmay sotuvga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi

Yevropada faoliyat yurituvchi ko‘plab farmasevtika shirkatlarining yuqori lavozimli mas’ullari ishtirokida Yevropa Parlamentida sessiya tashkil etildi. Mazkur sessiyada Yevropa Parlamenti a’zolari tomonidan farmasevtika shirkat vakillariga savollar berildi. AQShning Pfizer shirkatining yuqori lavozimli mas’uli Janin Smoll o‘z bayonotida Pfizer shirkati Kovid-19 vaksinalarini sinovdan o‘tkazmagan holda, ya’ni u virus yuqishining oldini olish yoki olmasligini aniqlamay turib sotuvga chiqarib yuborganligini tan oldi.

Yevropa Parlamenti a’zosi gollandiyalik Rob Ross sessiyada Smollga “Kovid-19 vaksinasi bozorga chiqarilishidan avval virus tarqalishining oldini olishi yoki olmasligi borasida Pfizer shirkati uni sinovdan o‘tkazganmi? iltimos ha yoki yo‘q deb aniq javob ayting” deya savol berdi. Pfizer farmasevtika shirkatining bosh direktori Al’bert Burlaning o‘rnidan yig‘ilishda ishtirok etayotgan Smoll, bu nozik savolga barchani hayratga solgan e’tirof bilan javob berdi. Pfizer shirkatining vakili Kovid-19 vaksinalari sinovdan o‘tkazilmaganini tan olar ekan, “Vaksinalar sotuvga chiqarilishidan oldin kasallik yuqishining oldini olishi yoki olmasligini bilmas edik. Biz ilm-fandan ortda qolmasligimiz va bozor qanday tortishini o‘rganishimiz kerak edi”, deya javob berdi.

Ammo Pfizer farmasevtika shirkati vaksinani bozorga chiqarayotganda kasallik yuqishining oldini oladi, deb sotuvga chiqargan edi. Shuningdek, ba’zi olimlar ham “hamma insonlar jamiyat sog‘ligini o‘ylagan holda vaksina olishga majbur” ekanligini olg‘a surishgan edi. Pfizer shirkati virusga qarshi ishlab chiqqan ushbu vaksina biznesidan 2021 yildan beri 10 milliard dollar foyda ko‘rgani qayd etilgan.

Izoh: Kapitalizmda moddiy manfaatlar asosiy o‘rinni egallashi hech kimga sir emas. U qaerga kirib bormasin, u yerda oddiy aholi halokatga mahkumdir, faqat kapitalist puldorlargagina omad kulib boqadi. Kapitalizm hazoratiga ko‘ra, agar foyda keltirsa ilmiy tadqiqotlarni ham o‘zlariga xizmat qiladigan qilib soxtalashtirishga mone’lik yo‘q, garchi bundan insoniyat hayoti xavf ostida qolsa ham. Shuning uchun ko‘plab kapitalistik loyihalar insoniyat uchun aniq zararli bo‘lsa ham, moddiy foyda keltirganligi sababli barcha zararlardan ko‘z yumiladi.

Afsuski, hatto tibbiyot sohasi ham kapitalizmning manfaat botqog‘idan va ochko‘zligidan omon qolmadi. Bugungi kunda farmasevtika shirkatlarining eng birinchi maqsadi doim moddiy foydani qo‘lga kiritish bo‘lib qoldi. Ayniqsa kovid-19 pandemiyasi kabi ommaviy kasallik vahimasi tarqalgan paytda kapitalistlar ochko‘z istaklarini qondirish uchun tibbiyot sohasini manfaat manbasiga aylantirib olishdi. Kapitalizmning manfaatparastligi tufayli tibbiyotning qariyb barcha sohalarida korrupsiya keng tarqalgan.

Pfizer farmasevtika shirkati avval ham artrit (bo‘g‘inlar shamollashi) kasalligiga qarshi selebrex preparati ustida to‘rt yil tadqiqot olib borgan va ushbu preparatni iste’mol qilgan ko‘p bemorlar yurak xuruji va qon tomir kasalligidan aziyat chekkanligini aniqlagandan keyin ham, uni sotuvga chiqarib yuborgan edi. Hatto bu preparatni qabul qilish natijasida yurak xuruji va qon quyuqlashishga mubtalo bo‘lganlarning soni kundan kunga ortganligi aniqlangan bo‘lsa-da Pfizer shirkati celebrex preparatini reklama qilishni davom ettiraverdi. Agar preparatlar ustidan nazorat qiluvchi tashkilot bu shirkatni to‘xtashga majbur qilmaganda, shirkat reklama qilishni davom ettiraverardi.

Bularning barchasi kapitalizmning hayot haqidagi qarashining tabiiy natijasidir. Kapitalizm hazoratidagi bunday holatga hayron bo‘lishga hojat yo‘q. Chunki bu hazorat faqat moddiy boylik orttirish uchun har qanday yo‘lni o‘ziga muboh qilib olgan. Shunday ekan chirib qolgan bunday hazoratni tag-tubi bilan qo‘porib tashlab, uning o‘rniga Insoniyatga hayot baxshida etadigan Islom hazoratini tiklash lozimdir.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.